Tayanch a’zolarining boshlang’ich somitlarini shakllanishi
Darsning maqsadi: Talabalarga tayanch a’zolarining boshlang’ich somitlarini shakllanishi to’g’risida tushuncha berish.
Kerakli materiallar. Tayanch a’zolarining boshlang’ich somitlarini shakllanishi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar, tablitsalar, sxemalar, animatsiya va adabiyotlar.
Mashg‘ulotning borishi. O'q skeletning rivojlanishi. Bunda eng muhimi xordaning paydo bo'lishidir. Undan keyin tog'ay tuzilmalari rivojlanadi va u to'garak og'izlilar hamda tog'ayli baliqlar uchun doimiydir. Ko'pchilik umurtqalilar rivojlanishining keying! bosqichlarida tog'ay suyak bilan almashinadi.
O'q skelet sklerotomdan rivojlanadi. Sklerotom somitlari mezenxima hujayralaridan paydo bo'ladi. Sklerotom mezenximasi rivojianayotgan orqa miyaning atrofini o'rab olib, umurtqa prog'onasini hosil qiladi.
Tog'ayli qovurg'alar umurtqalar bilan bog'liq bo'lmagan holda rivojlanib, ko'krak qafasini hosil qiladi. Bosh suyaklarning hosil bo'lishi murakkab bo'lib, xordaning yuqori qismidan paydo bo'ladi. Dastlab bosh miyani o'rab turadigan biriktiruvchi to'qima hamda eshitish, ko'rish va hid bilish organlari rivojlanadi. Bosh suyaklari dastlab tog'aydan iborat bo'lib, keyin u suyakka aylanadi.
Umurtqalilar embrionining dastlabki bosqichlarida boshning tog'aylari bir necha bo'laklardan, ya'ni trabekuldan, paraxordal tog'ay va eshitish, kp'rish, hid bilish organlari atrofidagi tog'ay kapsula bo'laklaridan iborat bo'ladi. Trabekul ganglioz plastinkadan, tog'ay kapsulalar mezenximadan paydo bo'ladi.
Qoi-oyoqlarning rivojlanishi. Klassik embriologiya namoyondalari amfibiyalar, qushlar va sut emizuvchilarda qo'l va oyoq rivojlanishining qanday sodir bo'lishini dumli amfibiyalar misolida, eksperimental embriologiya namoyondalari esa bu jarayonda hujayra va to'qimalarning o'zaro munosabatini aniqladilar.
Qo'1-oyoq mezodermaning lateral plastinkasi yuqori qismining kengayishidan hosil bo'ladi. Ular mezenximaga migrasiya qiladi va to'planadi. Bu to'planish orqa va oldingi oyoqlarda bir vaqtda sodir bo'ladi. Repteliyalar, qushlar va sut emizuvchilarda butun gavdasi bo'ylab bu hujayralar to'planadi. Ammo ular so'rilib ketadi va faqat qo'1-oyoqlar hosil bo'ladigan joylarda qoladi. Mezenxima qoplab turgan epidermis qalinlashadi. Shunday qilib, qo'1-oyoqni hosil qiluvchi hujayralar mezoderma va epidermisdan kelib chiqadi. Bunda asosiy vazifani mezenxima hujayralaribajaradi. 1931 yilda B.I.Balinskiy o'tkazgan tajribaga ko'ra, nerv nayi hosil bo'igandan keyin mezodermadan bir bo'iagini kesib olib, epidermisning ostiga ko'chirib o'tkazilganda oyoq-qo'l hosil bo'lmagan. Agar epidermis ko'chirib o'tkazilsa, u oyoq-qo'l tarkibiga kirib ketadi.
Oyoq-qo'l hosil bo'lishida mezenxima epidermisni stimullovchi funksiyani ham bajaradi. O'z navbatida ektodermal hujayralar mezodermaning dm%rensiaUam^hini stimullaydi. 1948 yilda J. Sonders o'tkazgan tajribaga ko'ra, agar 3 kunlik tovuq embrionidan ektoderma hujayralari mezodermani zararlamasdan olib tashlansa, qanotiarining distal qismi hosil bo'lmaydi. Ammo oyoq-qo'l hosil bo'lishida asosiy vazifani mezoderma hujayralari"'* bajaradi.
Bahnskiy tajribalariga ko'ra, agar embrionning oldingi va orqa oyoq urtaklari orasiga eshitish, Mdlash xaltalaii ko'chirib o'tkazilsa, qo'shimcha oyoqlar hosil bo'lganligi kuzatilgan.
Morfologik jihatdan oyoq-qo'l o'simtalari eniga nisbatan bo'yiga ko'proq o'sadi, uchlari bir tekis bo'lmaydi. Ammo oyoq-qo'l bo'limlari va bo'g'imlarining hosil bo'lish sabablari hozircha noma'lum. Mezenxima hujayralari zichlashib, suyaklar hosil bo'ladi. Dastlab tog'ay hosil bo'ladi, keyinchalik u suyaklaiga aylanadi. Qo'1-oyoq qon tomirlari ular rivojlanishining dastlabki davrlarida paydo bo'ladi.
Shunday qilib, qo'1-oyoq mezenximadan rivojianadi. Ammo qo'1-oyoq muskullari miotomdan paydo bo'ladi. xumdonda tuxum hujayraning paydo bo'iishi, o'sishi va ovarial follikulaning yorilish bosqichlanning ketma-ketligi hamda sariq tananing paydo bo'iishi va aks.taraqqiyoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |