Rasm 3.9.
Ekzokrin bezlarning sekretsiya turlari (sxema).
I - merokrin,
II - mikroapokrin,
III - makroapokrin,
IV - golokrin
Ekzokrin bezlarda ishlanayotgan sekret shilliq, oqsil, aralash
yoki lipid tabiatli boMishi mumkin. Bez hujayralarining sekret
ishlash jarayoni
sekretor sikl
deb yuritiladi. Uni quyidagi 5 fazaga
bo'lish mumkin: I) hujayraga sekret ishlash uchun kerak bo'lgan
moddalarning kirishi; 2) hujayra ichidagi strukturalar ishtirokida
sekretning sintezlanishi; 3) sekretor moddaning etilishi; 4) etilgan
sekretor moddaning to‘planishi; 5) sekretor moddaning ajralib
chiqishi.
Birinchi fazada qon va limfadan hujayraning bazal plazmatik
qobigM orqali sekret ishlash uchun kerakli bo'lgan turli moddalar
uning sitoplazmasiga kiradi. So‘ng ulardan hujayralarning
endoplazmatik to‘rida organik birikmalar hosil boMib, ular Golji
kompleksida etiladi va shakllanadi. Golji kompleksidan ajralgan
sekret donachalari hujayraning apikal qismida to‘p!anadi va bez
oxirgi boMimlari bo‘shlig‘iga ajraladi.
112
IV BOB
BIR IK TIR U V CH I TO ‘ Q IM ALAR.
Q O N, LIM FA VA G EM O PO EZ
Mezenximadan hosil bo‘lib, tayanch-trofik vazifani bajaruvchi,
lekin tuzilishi bilan farqlanuvchi to‘qimalar (tayanch-trofik, ichki
muhit to‘qimalari)
biriktiruvchi to'qimalar
guruhini tashkil etadi.
Bu guruh barcha to'qimalar ichida o'zining xilm a-xilligi bilan
ajralib turadi va tarkibiga qon, limfa, siyrak va zich biriktiruvchi
to'qima, retikulyar,yog', pigment va shilliq to'qima, tog'ay va
Do'stlaringiz bilan baham: |