morfometriya
usuli keng qo'llaniladi. Tasvirlami
avtomatik o'rganish sistemasi ham gistologiyada keng o'rin
olmoqda. Bu usul o'rganilayotgan gistologik ob’ektlami hajmiy
xususiyatlari to'g'risida ob’ektiv ma’lumot olishga yordam beradi.
Yuqorida keltirilgan fikr va dalillardan ko'rinib turibdiki.
zamonaviy gistologiya ko‘p va turli xil tadqiqot usullarn bilan
qurollangan. Ular hujayra, to'qim a, organlaming tuzilishini har
tomonlama mukammal o ’rganishga yordam beradi. Matemati-
kaning aniq analiz usullari, miqdoriy analiz usuli bu bilimla-
rimizni toMdiradi. Elektron mikroskop ostida ko'rish, elektron
sitokimyo va radioavtografiyaning qo'llanishi metabolik jara-
yonning kechishi to'g'risida to*liq bilim olishimizga yordam
beradi. Umuman olganda. bu usullarning barchasi hujayrani,
hujayra tuzilmalarini, makromolekulalaming tuziiishi to'g 'risid a
aniq bir fikrga kelishimizga, differensirovka, regeneratsiya va irsiy
belgilarning nasldan-naslga o'tishini chuqurroq o'rganishimizga
yordam beradi. Ikkinchi tarafdan, bu usullar molekulyar biologi-
yaning rivojlanishida muhim vosita bo'la oladi.
23
II
BOB
S IT O L O G IY A
Hujayra (lot. cell, cellula,
yu non.
kytos ) - organizmlar
tuzilishining asosini tashkil eluvchi eng kichik tirik birlik
hisoblanadi. Sitologiya (ko‘pincha hujayra biologiyasi deb ham
ataladi) - hujayralarning takomillashishi, tuziiishi va faoliyatini
(yunoncha. kytos - hujayra, logos - ta ’limot) o ‘rganadigan fandir.
Bu fan alohida hujayralarning tuzilishini, ularning organizmda
umumiy fiziologik jarayonlarda va ushbu jarayonlarni boshqa-
rishda ishtirok etishini, yangi hujayralarning hosil bo‘lishini (hu
jayralar reproduksiyasi), hujayralarning atrof-muhit sharoitlariga
moslashuvini (adaptatsiya), ularning turli fiziologik va patologik
omillarga nisbatan javob reaksiyasini va hujayralardagi patologik
o ‘zgarishlami o ‘rganadi. Sitologiya asoslarini bilish tibbiyot
uchun juda muhim ahamiyatga ega, chunki deyarli barcha kasal-
liklaming asosida hujayralarning shikastlanishi va shu tufayli
kelib chiqadigan to'qim a va a ’zolar faoliyatining buzilishi yotadi.
Hujayralarning ikki, bir-biridan tubdan farqlanovchi - prokariot va
eukariot turlari mavjud. Prokariot (yunon. pro - ilgari, oldin + karyon -
yadro) hujayralar faqat bakteriyalar va ba’zi suv o‘tlari orasida
topilgan. Bu hujayralar mayda (uzunligi 1-5 mkm) bo‘lib„ ularda
genetik materialni (DNKni) hujayraning boshqa tuzilmalaridan ajratib
turuvchi yadro qobig‘i bo‘lmaydi. Bundan tashqari, prokariot
hujayralarda DNK gistonlar (maxsus asosiy oqsillar) bilan bog‘lan-
magan va odatda membranali organellalar bo‘lmaydi.
Prokariotlardan farqli o ‘laroq, eukariot (yunon. eu - yaxshi +
karyon - yadro) hujayralar yirikroq bo‘lib, o‘zida qobiq bilan
o ‘ralgan va aniq ifodalangan yadro saqlaydi. Hujayraning genetik
materiali gistonlar bilan b o g iiq b o iib , sitoplazmasida k o ‘plab
membrana bilan qoplangan (membranali) organellalar uchraydi.
Gistologiyada "hujayra" deganda to ‘qimalar, a ’zolar va yaxlit
organizmning
asosiy
elementi
bo‘lgan
faqatgina
eukariot
hujayralar nazarda tutiladi. Shunday qilib, hujayra qobiq bilan
chegaralangan, sitoplazma va yadrodan iborat tirik tizim bo‘lib,
o ‘simlik va hayvonlar hayotining asosini tashkil qiiadi.
24
Ko'p hmayrali organizm,
Do'stlaringiz bilan baham: |