G`ishtni plastik usulda ishlab chiqarish texnalogiyasi
Reja:
Qovushqoq usulda g’isht ishlab chiqarish texnologik jarayoni
G`ishtni plastik usulda ishlab chiqarish texnalogiyasi
Yarim quruq usulda g’isht ishlab chiqarishning texnologik jarayoni.
Devorbop keramik materiallar quyidagi belgilar bilan tasniflanadi. SHakllash usuli bo’yicha:
1. Qovushqoq usulda shakllangan buyumlar.
2. Yarim quruq presslangan buyumlar.
Plastik presslangan buyumlarga qo’yidagilar kiradi:
A) oddiy, to’liq g’isht.
B) texnologik teshikli g’isht
(bo’shlig’i-3, 5,7, 10 ta teshikli.)
Yarim quruq usulda presslangan buyumlarda:
a) oddiy texnologik to’liq teshik bo’lmagan g’ishtlar.
b) bo’shliqli g’isht.
Bo’shliqli g’ishtda bo’shliqlar hajmi 9-30 % atrofida bo’ladi. Suv yutuvchanligi 8 % kam emas.
Plastik usulda shakllanadigan g’ishtni ishlab chiqarish tizimi
Tuproq
Yashikli ta’minlovchi
Tasmali konveyr
Dag’al maydalash vallari
Tasmali konveyr
Namlovchi ikki vallik lopastlik aralashtirgich
Tasmali vakuumpress
Avtomat kesuvchi
Avtomat taxlovchi
Pishirish
Tayyor mahsulot.
Birinchi maydalash jarayoni uchun SMK-194 tosh ajratuvchi vallar qo’llaniladi, u sochiluvchan tuproqni maydalash bilan birga tuproqdagi 30-180 mm o’lchamli toshsimonlarni ham ajratadi.
Mayda maydalash uchun vallarni orasidagi teshik 2 mm bo’lgan vallik maydalagich qo’llaniladi. Maydalangan tuproqni namlovchi aralashtirgichga solinadi. Aralashtirgichdan namligi 18-23% bo’lgan massa olinadi.
SHakllash (presslash) jarayonini bir tekisda normal ketish uchun, massaning namligi kerakli foizda bo’lishi juda muhumdir, bunda qattiq bo’laklarda gidrat qavatlarda ikki molekula suvga teng miqdorda namlik paydo bo’ladi.
Namlik miqdori oshib ketsa, kontakt sonlari ortadi, tez va sekin elastik deformatsiya moduli oshadi, shartli statik oquvchanlik chegarasi, qovushqoqlikni ko’proq yopishtiruvchanligi va strukturani mustahkamlash oshadi.
Namlik 6,5-9 % bo’lganda qatlamning gidrat plyonkalaridagi kontaktlar soni imkoniyat qadar kamayadi, natijada struktura mexanik kontakt va shartli deformatsiya moduli kattalashadi. Namligini yanada oshish gidrat qavatlardagi bo’laklarning o’sishiga, bu esa molekulalarning o’ziga ta’sir kuchini kamaytiradi.
Mayin maydalangan tuproq bo’lakli tuproqga nisbatan suvni 5-6 martta ko’p shimadi. Bo’kish jarayoni 0,5 -4 soat davom etish hisobiga olsak, unda massaning issiq suv (60-70oS) yoki par bilan namlash maqsadga muvofiq. Par bilan namlash jarayonida massaning temperaturasi oshadi, natijada tuproqning dispresisatsiyasi tezlashadi va massaning namligi massa namligi bo’yicha tenglashadi. Par bilan namlash pressning ishlab chiqarish quvvatining 8-10 % oshiradi va mahsulotni qurish jarayoni tezlashtiradi.
Mahsulotni qovushqoq usulda shakillashga gorizontal lentali presslar qo’laniladi. Tuproqli massa gorizontal pressning boshchasidan siqib chiqariladi, siqib chiqarilayotgan maxsus munshtuk orqali o’tadi.
Mundshtuk massa brusning qo’shimcha ravishda zichlashtiradi, shakl uchun aniq o’lchamli qilib beradi. Mundshtukning konstruktsiyasi shakllanayotgan buyumning turi va xom ashyoning xossasi bilan aniqlanadi. Mundshtuklar ko’pincha metalldan ba’zi hollarda yog’ochdan ishlangan bo’ladi. SHakllashda massaning mundshtuk orqali itarish uchun pressning 25-50 % quvvati sarflanadi.
Hozirgi vaqtda neylon mundshtuklar tayyorlanmoqda, ular ishqalanishga bardoshlidir. Bunday mundshtuklarning og’irligi 50 kg. Mundshtuklarning yuzasi silliq bo’lib, u qo’shimcha ishlov talab qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |