«G‘isht teruvchi» kasbi bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma toshkent-2021 kirish


Tuproq betondan (paxsadan) devor qurish



Download 6,33 Mb.
bet36/38
Sana13.06.2022
Hajmi6,33 Mb.
#660532
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
«G‘isht teruvchi» kasbi bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma toshken (1)

Tuproq betondan (paxsadan) devor qurish. Qadimdan ota-bobolarimiz tuproq-loydan pishiq va mustahkam devorlar qurib kelgan. Shu kunlarda ham bunday devorlardan uy qurish o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Paxsa uchun O‘zbekiston xududlarida asosan toza soz tuproq ishlatiladi. Paxsa uchun loy tayyorlashda, avval yer yumshatilib, so‘ng suv quyib tuproq ivitiladi. 2—3 kun loy tindiriladi, so‘ngra bir necha marta ag‘darilib, loy sozlanadi. Nihoyat tayyor bo‘lgan loyni pishitib, poydevor ustiga bo‘lak-bo‘lak qilib, yotqiza boshlanadi. Ma’lum balandlikka ko‘tarilgandan so‘ng paxsa devorlarining tashqari va ichkari tomonlari belkurak yordamida tekislanadi. Albatta, poydevor va devor orasida suvdan saqlaydigan qatlam bo‘lishi shart. Devorlarning ustivorligini ta’minlash uchun devor qalinligi kamida 50 sm bo‘lgani ma’qul hisoblanadi. Tuproq blokdan qurilgan binolar unchalik chidamli, ya’ni umrboqiy bo‘lmaydi. Shu ko‘rsatkichni ko‘tarish uchun turli tadbirlar (kuydirib pishirish, turli materiallar bilan armatura vazifasini bajarish) joriy qilingan. Paxsani yomg‘irdan saqlash maqsadida somonli loy bilan suvaladi.



3.Mayda blok va tabiiy toshdan terilgan devorlar

Devor materiali sifatida g‘ishtlar bilan bir qatorda sopol va mayda, yengil beton bloklar keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Sopol blok toshlar mayin loydan quyiladi va ichi g‘ovak (7, 15, 21va 28 g‘ovakli) bo‘ladi. Ularning o‘lchamlari: turiga qarab, oddiysi 250x 120x 138 mm; yiriklashtirilgani 250x250x 138 mm; modulli 288x 138x138 mm bo‘ladi. Mazkur bloklarning markasi 75—300, zichligi 1400 kg/m3 ga teng bo‘ladi. Bunday sopol bloklarning g‘ovaklari ochiq yoki bir tomoni berk bo‘lishi mumkin va ular g‘ishtga nisbatan issiqlikni kam o‘tkazadi. Shu sababli devor qalinligini kamaytirishga imkon beradi.


Ichi g‘ovak sopol toshlardan devor qurishda choklar bir qatorli sistemada bog‘lanadi. Bunda toshlar g‘ovaklarini yuqoriga qarab yotqiziladi. Terilgan bloklarning g‘ovaklari issiqlik oqimiga nisbatan tik, ya’ni devor o‘qi bo‘ylab joylashishi zarur. Ular ham kam qavatli, ham ko‘p qavatli binolar uchun yaroqlidir. Yengil beton mayda bloklardan terilgan devor, g‘ishtli devorlardan yengilligi va issiqlikni kam o‘tkazishi bilan farqlanadi. Bu xususiyatlar devor qalinligini kamaytirishga olib keladi. O‘lchamlari 390x 190x 188 mm bo‘lgan uch g‘ovakli (ochiq yoki berk) yoki yaxlit bloklar ko‘proq ishlatilib, uch qatorli sistemada teriladi. Qoliplanadigan sirtki yuzasiga rang berilgan yoki naqshlar solingan bo‘lib, ularning markasi 25—250 ga teng bo‘ladi. Devor qurish ishlari qo‘lda bajarilishi mo‘ljallangan hollarda bloklarning massalari 32 kg dan ortiq bo‘lmasligi maqsadga muvofiqdir. Qurilishda boshqacha yengil beton bloklar, ya’ni g

‘ovaklari tirqishsimon va birboshi ochiq bo‘lgan bloklar ham uchrab turadi. Bunday bloklardan terilgan devorlar blok tirqishlari bir-biri bilan tutashmaganligi va tirqishlardan havo almashinuvi bo‘lmaganligi sababli, uch g‘ovakli bloklardan terilgan devorlarga nisbatan iqtisodiy jihatdan samaraliroq bo‘ladi. Bunda tirqishlar yuqori tomondan yopiq bo‘lib, bloklarni o‘zaro bog‘lash uchun qorishma yaxlit toshlarni terishdagi kabi yoyiladi. Uch g‘ovakli blokni terishdagi qiyinchilik bu yerda uchramaydi. Mexanik ishlov berish oson, g‘ovak strukturaga ega va zichligi kam yengil tog‘ jinslari bor xududlarda bino devorlarini tabiiy toshlardan terish maqsadga muvofiqdir.
Tabiiy g‘ovak toshlardan bloklar o‘lchamlari yengil beton bloklari kabi, ya’ni 390x 190x 188 mm qilib arralab olinadi. Bu bloklarni terish ikki va uch qatorli sistemada olib boriladi. Bu toshlarning tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lganligi uchun qo‘shimcha pardozlash ishlariga hojat qolmaydi. Noto‘g‘ri shakldagi ohaktosh, qumtosh va boshqa zich tog‘ jinslari bo‘laklari xo‘jalik binolarni qurishda asosan harsangtosh plita sifatida ishlatiladi.

Download 6,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish