Giroskoplar


Termoelektron emissiya hodisasi



Download 1,42 Mb.
bet34/35
Sana27.01.2022
Hajmi1,42 Mb.
#413098
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
1-5

2.Termoelektron emissiya hodisasi
Qizigan qattiq va suyuq jismlarning elektron chiqarishi termoelektron emissiya deb aytiladi. Тermoelektron emissiya hodisasini tekshirishni 1-chizmada tasvirlangan sxema yordamida amalga oshirish qulay.

Sxemaning asosiy elementi ikki elektrodli lampa hisoblanadi, uni odatda vakuumli diod deb ataladi. U ichida K katod va A anoddan iborat ikkita elektrodi bo’lgan, havosi surib olingan metal yoki shisha ballondan iborat. Konstruksiyasi bo’yicha elektrodlar turli shaklda tayyorlangan bo’lishi mumkin. Oddiy holda, katod ingichka to’g’ri tola, anod esa katodga nisbatan koaksal silindr shaklida bo’ladi (2- chizma). Katod cho’g’lantiruvchi batareya BH tomonidan hosil qilingan tok bilan qizdiriladi. Reostat R1 yordami bilan cho’g’lantirish tok kuchini boshqarib, cho’g’lanish temperaturasini o’zgartirish mumkin. Elektrodlarga Ba anod batareyasida kuchlanish beriladi. Anod kuchlanishi Ua ning kattaligini R2 potensiometr yordamida uzgartirish va V voltmetr yordamida ulchash mumkin (anod potensiali katod potensialidan yuqori bo’lsa, Ua musbat hisoblanadi). Galvanometr G anod tok kuchi ia ni o’lchash uchun mo’ljallangan. Agar katod cho’g’lanishini birday saqlagan holda, anod tok kuchi ia ning anod kuchlanishi Ua ga bog’likligi olinsa, u holda 3-chizmada tasvirlangan egri chiziq hosil bo’ladi (turli egri chiziqlar katod temperaturasining turli qiymatlariga moc keladi). Ushbu egri chiziq volt-amper tavsifnoma deb ataladi.

Uning birmuncha kichik musbat qiymatlarida anod tokining kuchi Ua 3/2 ga proporsional o’zgaradi. Nazariy jahatidan bu bog’lanish Lengmyur va Boguslavskiylar tomonidan olingan bo’lib, ikkidan uch qonuni deyiladi. Ua ning ortishi bilan elektr maydon tomonidan anodga tomon ko’proq sonli elektron tortiladi va nihoyat, Ua ning ma’lum qiymatida elektron bulut to’liq tortib olinadi va katoddan uchib chiqqan barcha elektronlar anodga yetib kelish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ua ning keyingi ortishi, anod tok kuchini orttira olmaydi - tok to’yinish qiymatiga erishadi. 3–chizmada bir necha temperaturalar uchun volt-amper tavsifnomalari tasvirlangan. Ua ning kichik qiymatlarida ular mos tushadi. Тo’yinish toki zichligining temperaturaga bog’likligi 4-chizmada ko’rsatilgan. Kvant nazariyasi quyidagi formulaga olib keladi: kT е тўй j АТ е    2 (1) bunda - chiqish ishi, A - metallning turiga bog’liq bo’lmagan konstanta bo’lib,е uning nazariy qiymati 6 2 2 10 а / м хград1,20 ( 2 2 град1,20а / м ) ga teng. A ning eksprimental qiymati nazariy usulga qaraganda taxminan ikki marta kam bo’lib chiqadi. Jto’y ning temperaturaga qarab o’zgarishini (1) formula to’la kanoatlantiradi.


  1. formulani Richardson - Deshman yoki qiskaroq qilib, Richardson formulasi deb ataladi). Anod potensiali katod potensialiga qaraganda yuqori bo’lgandagina tok o’tadi. Anodga manfiy kuchlanish berilganda anod zanjirida tok bo’lmaydi. Diodning bu xossasi undan o’zgaruvchan tokni to’g’rilashda foydalanishga imkon beradi, bunday maqsad uchun mo’ljallangan diod kenotron deb ataladi. Kenotronga berilgan kuchlanish vaqt o’tishi bilan garmonik qonun bo’yicha o’zgarsa, undan o’tgan tok grafigi 5 - chizmada tasvirlangan ko’rinishda bo’ladi. Bu holda tok zanjir bo’ylab faqat yarim davr davomida oqib turadi, shuning uchun tokning bunday usul bilan to’g’rilanishini bitta yarim davrli to’g’rilash deyiladi. Bir vaqtda ikkita kenotron yoki bitta ballonga joylashtirilgan qo’sh dioddan foydalanib ikkita yarim davrli to’g’rilashni amalga oshirish mumkin. Bunday to’g’rilagich sxemasi b - chizmada tasvirlangan. Тransformatorning birlamchi cho’lgami o’zgaruvchan tok bilan ta’minlanadi. Ikkilamchi cho’lgami ikkita. Kichkina cho’lgami katodni cho’g’lantirish uchun xizmat qiladi. Katta cho’lg’amida o’rtacha uch chiqarilgan bo’lib, u R nagruzka orqali katodga ulangan. Bu cho’lgamning qolgan ikki uchi anodga ulanadi. Davrning bitta yarim davrida bir anod katodga nisbatan ancha yuqori potensialga ega bo’lib tursa, ikkinchi yarim davrda ikkinchi anod katodga nisbatan xuddi shuncha yukori potensialga ega bo’ladi. Natijada nagruzka orqali grafik ravishda 7-chizmada tasvirlangan tok oqib turadi. Bunday pulsatsiyalanuvchi tokni tekislash mumkin:



Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish