Akrobatika mashqlarining yozilishi. Akrobatika mashqlarini yozishda ba’zi xususiyatlami hisobga olib, yuqorida ko‘rsatilgan qoidalarning o‘zi qo‘llaniladi:
To‘liq aylanilmaydigan elementlami (masalan, umbalo oshishlami) bajarishda pirovard holat ko‘rsatilishi kerak.
Ba’zan bir holatdan ikkinchisiga o‘tish maxsus termin qo‘lla-nilishini talab qilmaydi. Masalan, o‘ng oyoqdagi muvozanatdan-boshda turish yoki qo‘llarda turishdan-boshda turish va hokazo.
Ijrochining biror elementdan (harakatdan) keyingi holati shundan keyingi elementning bajarilish usulini belgilab berishi hisobga olinadi. Masalan, tizzalarda turishdan dumalanib yelkada turish yoki cho‘kkalab tayanishdan orqaga dumalab, kuraklarda turish va hokazo.
Pirovard holat harakatning o‘zidan ravshan bolmagan taqdirdagina yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |