Mashqlarning almashinishi. Darsning tayyorgarlik qismi ko‘pincha saflanish mashqlarini bajarish bilan boshlanadi. H arakat - lanishlaming turlari yoki saflanish mashqlari bilan almashtiriladi yoki bevosita ulardan keyin bajariladi. Darsning tayyorgarlik qismi, odatda, umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuasi bilan yakun-lanadi. Biroq, ayrim hollarda, darsning asosiy qismi mazmuniga qarab, umumrivojlantiruvchi mashqlar turli xildagi harakatlanish-lardan oldin qo‘llanilishi mumkin.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuada shiddatining ortib borishiga qarab taqsimlanadi hamda mo'ljallanganligiga qarab almashinadi. Majmua oldidan past shiddatli, sekin maromda bajariladigan, ine’yori cheklangan mashqlarni berish zarur. Majmuani bajarish davomida harakatlar amplitudasi, sur’ati va me’yorlanishi ortib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |