Gimnastika (yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari)


Gimnastikaning teksbiniv talab etuvchi savollari



Download 9,51 Mb.
bet370/511
Sana17.09.2021
Hajmi9,51 Mb.
#177338
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   511
Bog'liq
4gimnastikapdf

12.1. Gimnastikaning teksbiniv talab etuvchi savollari
Gimnastikaning tekshiruv talab qiluvchi masalalari shu qadar ko‘p va xilma-xilki, ularning hammasini sanab o‘tish mumkin emas. Gimnastikani sport pedagogik fan sifatida, bilish va amaliy faoliyat predmeti sifatida o‘rganish quyidagi masalalaming tadqiq etilishini ko‘zda tutadi:

Gimnastika vositalari yordamida shug‘ullanuvchilaming yoshi, jinsi, ma’lumot darajasi, turmush tarzi, o‘quv-mehnat faoliyatiga ko‘ra turli toifalariga sog‘lomlashtiruvchi, ta’limiy va tatbiyaviy ta’sir ko‘rsatish asosiy vazifalar qatoriga kiradi.

Mashqlaming sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishini tadqiq etishda turli yosh guruhlaridagi bolalar organizmi funksiyalari, ruhiya-tining tabiiy yetilishini jadallashtirish uslublarini takomiilashtirish; t o ‘s ‘ri qomatni shakllantirish; umumiy jismoniy tayyorgarlikni, tashqi muhit ta s>bi8a mmqvkasalliklarda gimnastika mashg‘ulotlanir.„s imko-niyatlaridan foydalanish; umrai uzaytirish muhim ahamiyat ц ,(, etishini anglash darkor.
Gimnastika vositalari va usullarining yo‘nalishida: shug‘ulla-nayotganlami gimnastika va unga yaqin fanlar sohasida nazariy bilimlar bilan boyitish usuli, ulami harakat, estetik, hissiy, irodaviy, muloqot, ma’naviy tajribasi bilan boyitish, shug'ullanuvchilami o‘z-o‘zini bilishga, o‘zlarining qobiliyatlarini, fazilat va kamchilik-larini ko'rishga o‘rganish, gimnastika mashg‘ulotlariga, o‘qishga, mehnat faoliyati va boshqalarga chuqur ongli va faol munosabatni rag‘batlantirish katta qiziqish uyg‘otadi. Qadimgi Sharq, Yunonis-ton, Rim, Misr, Kavkazorti va boshqa xalqlar gimnastikasini o‘r-ganish, turli davlat va qit’alar xalqlarining zamonaviy gimnastika yutuqlarini umumlashtirish bugungi zamon talabidir.
Gimnastikadagi vosita va usullarning tarbiyaviy imkoniyatlarini tadqiq qilishda shug‘ullanuvchilar shaxsini tarbiyalash uslubiyati ilmiy ishlanmalami talab etadi. Bu gimnastika mashg‘ulotiariga, o‘qitishga, mehnatga, o‘z qadrini bilish hissiga, kamtarlik, intiluv-chanlik, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lidagi qat’iyatlilik, jasurlik, murakkab harakat faoliyatlarini bajarish yo‘llarini awaldan o‘ylab chiqish odatiga ijobiy munosabatni tarbiyalash bilan bog'liq.
Gimnastikaning amaliy yo‘nalishdagi vosita va usullarini o‘rga-nish alohida ahamiyatga ega. Shug‘ullanayotganlarda qobiliyatni baholash va shu tariqa ularga maktab o‘quv dasturini, sport va kasbiy mahoratni hamda armiyada xizmat qilish jarayonida jangovar tayyorgarlikni egallashga yordam berish uslubiyati ilmiy jihatdan ishlab chiqilishi kerak.
Gimnastika vositalarini aqliy, jismoniy hamda hissiy zo‘riqish-lardan so‘ng faol dam olish, ish qobiliyatini tiklash, o‘quv uslubiyati va kasbiy faoliyatga asta-sekin kirishish uslubiyati Kam ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqazo etadi.

Bolalami maktabda o‘qishga, o'rta maktab bitiruvchilarni kasb egallashga, yigitlami armiya xizmatiga, qizlami farzand ko‘rish funksiyasiga va ona bo‘lishga tayyorlash maqsadida gimnastika vositalari va usullarini majmuali tarzda qo‘llash uslubiyati (gimnas­ tika mashqlari, musiqa, pedagogik mashg‘ulotlrar o‘tkaziladigan sharoitlar) yaxshi ishlab chiqilmagan.


Gimnastikaning rivojlanish tarixi masalalarida tadqiqot ishla-rining asosiy nuqsoni shundaki, alohida tarixiy faktlar u yoki bu xalqning iqtisodiy taraqqiyoti sharoitlaridan, uning milliy an’analari, madaniyati, urush olib borish yo‘llari, harbiy kuchlarini shakllan-tirish usullari, odam to‘g‘risidagi fanlarning rivojlanish darajasi hamda gimnastikaning o‘z qonuniyatlaridan uzib olingan holda bayon etiladi.
Gimnastikaning rivojlanish tarixi uning yoritilishiga u yoki bu darajada hissa qo‘shadigan tadqiqotchilaming qarashlariga bog‘liq. Bunday yondashuv tarixiy voqealami bayon qilishning xolisliligiga putur yetkazadi. Tarixiy nuqtayi nazardan sport, badiiy gimnastika, akrobatika masalalari yaxshiroq yoritilgan. Lekin bu ishlarga ham yuqorida aytib o‘tilgan kamchiliklar xosdir. Gimnas­ tikaning boshqa turlarida ahvol ancha yomonroq. Gigienik, davo-lovchi, kasbiy-amaliy gimnastika sohasidagi yutuq va umum-lashtirish talab etiladi.
0 ‘rta va keksa yoshdagi kishilarda gimnastika mashqlarining vosita va usullari imkoniyatlari yaxshi tadqiq etilmagan. Ko‘rsatil-gan masalalar bo‘yicha to‘plangan bilirn va amaliy tajriba muta-xassislar tomondan hali juda kam o£matilgan, demak, bu meros odamlarga to‘laqonli xizmat ko‘rsatmaydi. Arxivlarda qimmatli, lekin nashr etilmagan ma’lumotlar ко‘p.
Gimnastika tarixini o‘rganishdagi kamchiliklar uning muayyan bir turi qanday rivojlanishini va qanday omillar (qonuniyatlar) ostida ro‘y berishini; odamlarrting mehnat, sport, harbiy va boshqa faoliyatlari olib borilayotgan yangi sharoitlarda gimnastikaning vosita va usullaridan ulaiiga eng ko‘p foyda tegadigan tarzda foyda-lanish uchun olimlar, pedagoglar qay yo‘nalishda ish yuritishlari kerakligini; gimnastika jamiyatning iqtisodiy va madaniy rivojla-riishiga, mamlakatning mudofaa qobiliyatini oshirishga qanday

xizmat qilishini oldindan ko‘ra bilishni qiyinlashtiradi. Shundav qilib, gimnastika sohasidagi tarixiy ma’lumotlar zamonaviy va yaqin kelajakda turli sharoitlarga tatbiqan tahlil qilinishga va umumlash-tirishga muhtoj.


, , . r , MamiaKatimiz va dunyodagi yetakchi gimnastikachilarning majbun.y Vombl-
natsiyalari tarkibiga kiradigan sport, badiiy gimnastika va akrobati-kadagi murakkab mashqlami bajarish qonuniyati bu yerda yaxshi bayon etilgan.
Tadqiqotning zaif joyi shuki, asosan, yetakchi mushak gurah-larining ishi hamda harakatlari mexanikasi tahlil qilinadi va shu tariqa o‘rganilayotgan mashq tarkibidagi harakatlaming oqilona shakli belgilanadi. Lekin uning qanday bajarilayotgani, shug‘ul-lanuvchi tomonidan qanday o'zlashtirilayotgani, ko‘pincha, tadqiqotchilar nazaridan chetda qolyapti. Odatda, gimnastika-chining harakat faoliyatini jadallashtirishga sabab bo‘ladigan markaziy asab tizimining ishlash xususiyatlari, uning zarur axbo-rotlar bilan ta’minlanishi, harakatlarning quvvat ta’minoti, gim-nastikachining ruhiy hamda shaxsiy xususiyatlari tekshirilmaydi.
Harakatlar texnikasini muvaffaqiyatli egallashning asosiy sharti — gimnastikachining o‘rganilayotgan mashqqa bo‘lgan munosabati, unga qo‘yilgan talablar bilan uning qobiliyatlari orasidagi muvofiqlik hisobga olinmayapti. O'quv mashq jarayoni, birinchi navbatda, gimnastikachining qobiliyatini o‘rganishdan va unda o‘zlashtirilayotgan mashqqa va umuman . gimnastika mash-g‘ulotlariga nisbatan ongli va faol munosabatni shakllantirishdan boshlanishi kerak bo‘Isa ham, bu masala deyarli ishlab chiqilmagan.
Gimnastika mashg‘ulotlaridan sog‘lomlashtiruvchi, ta’Jim-tarbiya va amaliy maqsadda foydalanishning mavjud uslubiyatida ulaming cheksiz xilma-xilligi, ko‘p tuzilmaliligi, bundan tashqari, har bir mashqning ko‘p vazifaliligi hisobga olinmaydi. Bir tomon-dan, bu belgilangan vazifani hal etish uchun eng samarali mashq­ lami tanlay bilmaslikda, ikkinchi tomondan esa bir mashqning o‘zini uni bajarish yo‘lini o‘zgartirish hisobiga har xil m^shqlarda qollay olmaslikda namoyon bo‘ladi.

Maktabda darsni tashkil etish va uni o'tkazish uslubiyati maxsus ilmiy asosga muhtoj, jumladan, dars va uning alohida qismlari mazmunining, bir mashqni egallash samarasini (ijobiy, salbiy) keyingisiga ko‘chirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda mashqlarni o‘rganish izchilligini rejalashtirish quyidagilardan iborat;

— yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan yuklamalaming individual chegarasini hisobga olgan holda dars jarayonida yuklama va dam olishni bajarish;
— shug‘ullanuvchilarga yangi mashqni o'rganish jarayonida va butun dars mobaynida ularning diqqatini harakatlami eslab qolish qobiliyatini, hissiyotlari va irodasini boshqarish;
— darsda shug‘ullanuvchilarni boshqarish, o‘qituvchining shaxsiy na’munasi, rag‘batlantirish, tanbeh berish, ishontirish, singdirish va b.) hamda ulami darsdagi har xil holatlarda turli toifadagi shug‘ullanuvchilarga nisbatan qo'llash xususiyatlari;
~ gimnastikaning nazariy bolimini darsga kiritish imko-niyatlari;
—dars jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi munosa-batlar, shug'ullanuvchiga o'qituvchining tabaqalashtirilgan, alohida va shaxsiy yondashuvi;
-• uy vazifalari tizimi va ularning samaradorligi.

Gimnastika asbob-anjomlari va jihozlari ham jiddiy yaxshi lashni talab etadi:

— mashqlarga o‘rgatishda ishni yengillashtirish, darsni ng motor zichligini oshirish, yordam berish hamda ehtiyot cho-ralarini ko'rish (cheklovchi, ko‘tariluvchi moslamalar, kur-sichalar, ehtiyotlovchi belbogiar va h.k.) maqsadida mavjud gim­ nastika snaryadlarini takomillashtirish va yangi orginal quril-malarni ishlab chiqish;
—bolalar gimnastika snaryadlarini, nostandart asbob-anjom-larini qurish, ulami turli toifadagi shug‘ullanuvchilar bilan turli maqsadlarda qo‘llashning uslubiyatini ishlab chiqish;
—ishsiz turib qolishlami kamaytirish va mashg‘uloilarni tashkil etishni yaxshilash uchun gimnastika zalida belgilami oqilona qo‘yib chiqish;

—О TV va trenajorlami qo'liash.


Shug‘ullanuvchilarda sog‘lom turmush tarzini shakllantiruvchi vosita va usullami yo‘lga qo‘yish, o‘qish, ishlab chiqarish hamda harbiy mehnat uchun zarur qobiliyatlami rivojlantirish gimnastika bo‘yicha tadqiqotlaming asosiy mavzusidir:
— maktabgacha yoshdagi bolalami maktabga, bitiruvchilami esa tanlagan kasbini muvaffaqiyat bilan egallashga tayyorlash;
—turli yosh guruhidagi bolalarda harakat va ruhiy qobiliyat-larni shaxsga xos xususiyatlami tarbiyalash;
—sport, kasbga yo‘naltirish, maslahat berish va saralash.
12.2. Tadqiqot uchun mavzu tanlash
Pedagog tadqiqot uchun mavzuni tanlaganda, u gimnastikaning pedagogik masalalariga taalluqli bolishini inobatga olishl kerak. Biroq, ko‘pincha pedagoglar yondosh fanlar (biologiya, psixo-logiya, falsafa)ga doir masalalami tekshirishni afzal ko!radilar. Bunday yo‘l tutish erkin tarzda bo‘lishi lozim. Lekin bunda quyidagi mulohazalardan kelib chiqish maqsadga muvofiq:
yaxshi mavzu tanlash, tadqiqotning rnaqsad hamda vazifa-larini belgilab olish ko‘p jihatdan ishning muvaffaqiyatini belgilash demak;
imkon bo‘lsa, pedagog gimnastikaning o‘zi ishlaydigan sohasidan mavzu qidirishi kerak. Mavzu tanlaganda shuni inobatga olish kerakki, nazariya, uslubiyat yoki amaliyotning har qanday ma’lum turi eskirgan bo‘lishi mumkin, shuning uchun unga zamonaviy ilmiy nuqtayi nazardan yoxud amaliyot yutuqlaridan, yangi nazariy va metodologik tamoyillardan kelib chiqib o‘ziga xos tarzda yondashish lozim;
tadqiqot uchun tanlangan mavzu gimnastikaning faqat bugungi kun uchun emas, kelajagi uchun ham dolzarb bo‘lishi zarur. Tadqiqot natijalari gimnastikaning nazariyasi hamda ama-liyoti talablarini qondirishi shart;
yaxshisi, tadqiqotchining o‘zi mavzuni tanlab olgani, uni mashaqqat chekib topgani ma’qul. Yaxshi mavzuga tanlangan ilmiy ishlanish predmetining tarixi, nazariyasi va amaliyotini

o‘rganish ustida katta ishlarni amalga oshirib erishiladi. Tajribadan ma’lumki, o‘z tadqiqoti predmetiga astoydil qiziqqan, irodali kishilar mustaqil ravishda mavzu tanlab oladilar;


mavzuni uzul-kesil tanlab olish va shakllantirish oldidan hajmi nisbatan ochiqroq tadqiqotda uning asosiy holatlarini aniqlashtirib olish lozim.
mavzu chegaralari qat’iy belgilab qo‘yilishi shart. U tadqiqot-ning vazifalari, usullarini, sinaluvchi shaxslar soni, tajribalar uchun ajratilgan vaqt, zarur asbob-uskunalar hamda jihozlar va shu kabilarni nazarda tutadi. Mavzu juda keng bo‘lmasligi kerak, chimki adashib qolish hech gap emas, shunindek, o‘ta tor bo‘lishi ham to‘g‘ri kelmaydi — bunda u umumiy muammodan uzib olingandek tasawur qoldiradi. Albatta, tor mavzu ichida ham tadqiqotni shunday o‘tkazish mumkinki, bunda gimnastika nazariyasi va amaliyoti uchun muhim hisoblangan ilgari ma’lum bolmagan chuqur mexanizmlar ochib beriladi. Odatda, bunga faqat ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining qo'lidan keladigan tadqiqotning aniq usullari yordamida erishiladi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, murabbiy uchun tushunarliroq mavzular —gimnasti-kaning nazariyasi, uslubiyatini, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari o‘quvchilarida yoshga bog'iiq sifat yoki kasb qobiliyatlarini rivojlanirish imkoniyatlarini ochib beradigan mavzulardir;
mavzu tanlashda pedagog o‘z shaxsiy qiziqishlarini, qobiliyat­ larini, pcdagogik tajribasini, nazariy bilimlarining darajasi hamda kengligini hisobga olishi zarur. Gimnastikaga yondosh fanlaming anatomiya, fiziologiya, psixologiya, pedagogika, falsafa va boshqalardan olingan ma’lumotlaming mavjudligi katta ahamiyatga ega.
Mavzu hamda muayyan vazifalar tanlab olingach, uning nomi shakllantiriladi. Ba’zan shunday bo‘ladiki, bu ishni tugal bajarish qiyin kechadi, shunda dastlabki mavzu ish jarayonida yoki hatto, u yakunlangach aniqlashtiriladi. Tadqiqot mavzusining nomi — bu ish mazmunining qisqacha ifodasidir. Bu uning tashrif qog‘ozi, chunki unda tadqiqot predmeti aks etadi. U imkon qadar lo‘nda, qisqa boiishi lozim.

12.3. Ilmiy muammo, tekshirilayotgan masalaning



Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish