Sport akrobatikasi mamlakatimizda ommalashgan sport turlaridan biridir. Akrobatik mashqlaming hammabopligi, jamoaliligi ulardan bolalar, o‘smirlar va kattalar mashg‘ulotlarida foydalanishga imkon beradi. Sport akrobatikasining mazmuni mashqlaming turlichaligi bilan ajralib turadi. Akrobatika sakrashlar (dumalash, umbaloq oshish, to‘ntarilish, salto va b.) muvozanat saqlashdagi juftli va guruhli mashqlar (tik turish holati, ko‘prik, shpagat, ikki kishilik, uch kishilik mashqlar va b.), uloqtirish mashqlari (oyoq ostiga uloqtirib sakrash, yelkadan uloqtirish va b.) batutda sakrash akrobatik mashqlar sirasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |