Osonlik tamoyili shug‘ullanuvchilarga ular kuchiga mos kela-digan vazifalar berilishini talab qiladi. Aks holda o‘quvchilar mash-g'ulotlarga qiziqmay qo‘yadilar. Biroq, osonlik prinsipi sportchi-lami qiyinchiliklami yengishga o‘rgatish zaruratini mutlaqo inkor etmaydi.
0 ‘qituvchi o'quvchilaming nimaga qodirligini, ularning aniq mashqlami o‘zlashtirish imkoniyatlarini uzluksiz chuqur o‘rganib borishi kerak. U, masalan, tumikda katta aylanishni bajarish uchun o‘quvchida bir qancha boshqa mashqlami bajara olish, qo‘lida yetarlicha kuch bo‘lishi, dadillik va qat’iyatlilik singari ko'p xislatlar hosil qilingan bo‘lishi zarurligini bilishi kerak. Shun-day xislatlarning mavjudligi ana shu mashq o‘quvchi uchun osonligini ko‘rsatadigan o‘lchov bo‘ladi. Osonlik prinsipi didakti-kaning ma’lumdan noma’lumga, osondan qiyinga, soddadan murakkabga degan qoidalari bilan chambarchas bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |