Ko‘pgina gimnastika mashqlarini bajarishda musiqa jo‘rligidan foydalanish: jismoniy mashqlar tarkibidagi harakatlarni ko‘rsatish, ta’riflash, tushuntirish, rasmlar ko£rinishida tasvirlash mumkin. Shu bilan birga, harakatning tezlik, ravonlik, shiddatlilik kabi juda muhim tafsilotlarini o‘rgatish musiqa yordamida muvaf faqiyatli amalga oshiriladi. Musiqa jo‘rligida o‘rganilayotgan ha rakatlami o‘zlashtirish ancha yengillashadi, shug‘ullanuvchilaming ish qobiliyati va ta’sirchanlik holati ko‘tariladi. Gimnastikaning uslubiy xususiyatlari o‘zaro bogiiq va bir-birini to'ldirib turadi. Ular yordamida jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirish, ilm olish va tarbiya masalalari muvaffaqiyatli hal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |