Gimnastika (yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari)


Ummniy o‘rta ta’liin (5—9-sinflar)



Download 9,51 Mb.
bet444/511
Sana17.09.2021
Hajmi9,51 Mb.
#177338
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   ...   511
Bog'liq
4gimnastikapdf

14.2. Ummniy o‘rta ta’liin (5—9-sinflar)
0 ‘rta maktab yoshida asosiy gimnastika mashg‘ulotlarida keyingi jismoniy rivojlanish hamda bolalaming o‘sib kelayotgan organizmini mustahkamlash davom ettiriladi. Iroda, axloqiy sifatlar tarbiyalanadi, asosiy harakat malakalari yanada chuqurroq o‘rga-niladi, o‘z harakatlarini makonda, vaqt oralig‘ida hamda mushak kuchlanishlari darajasiga ko‘ra baholash ko‘nikmasi hosil qilinadi.

12 yoshgacha (o‘g‘il bolalar) va 11 yoshgacha (qizlar) bolgan bolalar yosh davriga ko‘ra ikkinchi bolalik davriga kiradi; 13—14 yoshli bolalar (o‘g‘illar) va 12—13 yoshlilar (qizlar) o‘smir yoshiga kiradi.

0 ‘rta maktab yoshidagi bolalarning o‘sishi va rivojlanishi bir tekis sodir boimaydi. Ayniqsa, jinsiy yetilish davrining boshi (11— 13 yosh) ajralib turadi. Bunda organizmning hamma tizimlarida morfologik va ftmksional o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. 0 ‘g‘il va qiz bolalarning rivojlanish yo‘li har xil. Qizlar vaznda og‘irroq bo‘ladilar va kuch, tezlik, chidamlilikda o'g‘il bolalardan orqada qoladilar. 0 ‘smirlar uchun umumiy narsa shuki, ulaming gavda og‘irligi har doim tana uzunligidan nisbatan kam bo‘ladi, tez rivojlanayotganlarda esa bu yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Yuqori darajadagi qo‘zg‘aluvchanlik va asab-mushak apparati-ning stabilligi harakat tezligining ancha rivojlanishiga yordam beradi. 13—14 yoshda o‘smirlar mushak qisqarishi tezligi bo‘yicha maksimum darajaga yetadilar. Shuning uchun ularda dinamik kuch, tezkorlik hamda chaqqonlikni (oxirgisi harakatlanish analiza-torining yetilishiga bog‘liq) rivojlantirish zarur.
Shuningdek, egiluvchanlikni ham rivojlantirish lozim. Bunda shuni hisobga olish kerakki, mushaklammg cho‘zilishiga bo‘lgan toiiq qarshiligi 12 yoshdan so£ g ancha ortadi. 11—13 yoshdagi bolalarda harakat malakalarining shakllantirish jarayoni, 8—9 yoshlilarga qaraganda, ancha tez o‘tadi, shuning uchun ular yanada murakkabroq mashqlami egallashga qodir bo‘ladilar.

10—11 yoshdagi bolalar uchun ham mashqlami o‘rganish pay­ tida qisqa tushuntirishlar kerak bo‘ladi. Biroq, ular o‘rganilayotgan mashqning detallarini farqlashga qodir bo‘ladilar hamda tanish yoki o‘xshash mashqlami og‘zaki tushuntirilganda ham bajara oladilar. Yangi mashqlar o‘rgatiiayotganda ko‘rsatib berish va tushuntirish majburiydir.


0 ‘rganiiayotgan mashqlar har bir darsda 6—8 marta takrorla-nishi kerak. Agar bolalar ulami bitta yondashishda 2—3 marta takrorlasalar, tezroq uni egallab olishlari mumkin.
Bu yoshdagi bolalami o‘rgatishda eng asosiy uslubiy qonu-niyat —bu materialni qat’iy uslubiy ketma-ketlikda o‘rganishdir.

‘quv materiali kamdan-kam, ketma-ket, eng oddiy va yengil shakllaridan boshlab o‘rganilishi lozim.


Bolalarda turli xil harakat malakalarini shakllantirish paytida ularni o‘z harakatlarini makonda, vaqt oralig‘ida va kuch bo‘yicha baholay olish ko‘nikmasiga o‘rgatish zarur. Masalan, yurish va yugurishga o‘rgatishda bolalami har xil qadamlar bilan hamda turli xil tezlikda yurish hamda yugurishga o‘rgatish kerak. Buning uchun bolalarga turli masofalarda joylashgan belgi-chiziqlar bo‘ylab yurish hamda yugurishni taklif qilish mumkin.

Vazifalami belgi-chiziqlar bo‘ylab yurish va yugurishda mun-tazam bajarish bolalarga qadam uzunligini boshqarishni o‘r-ganishga, xuddi shu chiziqlar bo‘ylab turli xil tezlikda qadam tashlab yugurish yordamida esa harakat tezligini egallashga imkon yaratadi.


Uloqtirishga o‘rgatayotib, to‘pni har xil masofalarga otish vazifasini berish, to‘p otilgan masofani aniqlash, shuningdek, uloqtirilayotgan buyum og‘iriligini aniqlash, turli xil og‘irlikdagi buyumlami har safar bir joyga otish zarur.
Bolalar tirmashib chiqish texnikasini egallashlari va tirmashib chiqish tezligini aniqlay olishlari kerak.

Bu yoshdagi qizlaming raqs harakatlariga bo‘lgan moyilliklarini hisobga olish lozim. Ular oyoq, gavda mushaklari, yurak-qon tomir hamda nafas olish tizimlarini mustahkamlash uchun qoMla-nilishi darkor.


Ofquv materialini qismlarga bo‘lib (aniq o‘quv vazifalarini bajarish yo‘li orqali) asta-sekin hamda izchil o‘rganish bolalarni jismoniy tarbiya dasturidagi turli harakatlarga muvaffaqiyatli o‘rgatishga imkon beradi. 0 ‘quv materialini shunday rejalashtirish muhimki, qandaydir harakatga boshlang‘ich o‘rgatish har bir mashg‘ulotda uning eng oddiy shakli egallangunga qadar takror-lanishi zarur boMadi.
Q‘rta maktab yoshidagi bolalami harakatlarga o‘rgatishning o‘ziga hos xususiyatlari mavjud. Bu yosh jinsiy yetilish davriga mos keladi va bo‘y hamda gavda og‘irligining o‘rtacha yillik o‘sishi bilan tavsiflanadi. Gavdaning uzunasiga tez o‘sishi mushaklar, paylar, asab yo‘llari, qon-tomirlarining tortilishiga olib Iceladi.

Buning natijasida va ichki sekretsiya bezlari gormonlari ta’siri bilan bog'iiq bo‘lgan boshqa bir qator omillar oqibatida o‘smir-larning harakatlari birmuncha vaqt oralig‘ida noaniqroq hamda kam koordinatsiyali bo‘lib qoladi. Odatda, bunday o‘srnir!arda qad-qomat buziladi. Ayniqsa, bu tez o‘sayotgan va jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanmaydigan bolalarda sezilarii bo‘ladi. 0 ‘smirlar (o‘g‘il bolalar). odatda, mustaqil bo‘lishga intila-dilar, tezroq kuchli, chaqqon, dovyurak bo‘lishni xohlaydilar hamda kattalarga tahlid qilib, o‘z imkoniyatlarini oshirib yubo-radilar. Ular mashqni tezroq bajarishga intiladilar va texnik detallariga kam e’tibor beradilar. Bu o‘smiriarning ruhiy sifatlari, shuningdek, bu yoshdagi bolalardagi harakat malakalarining shakl-Ianish xossalari bilan tushuntiriladi.


Agar nisbatan yengil harakatlarga o‘rgatishda malakani shakllantirishning birinchi fazasi keyingilaridan ancha tez o‘tsa, murakkabroq (ya’ni jismoniy sifatlar, shuningdek, harakatlami vaqt oralig‘ida va makonda aniq bajarishni talab qiladigan) mashqlarga o‘rgatishda esa malakani shakllantirishning boshlang‘ich fazasi, qolganlariga nisbatan, ancha sekin o‘tadi.
0 ‘z harakatlarini makonda, vaqt oralig‘ida, shuningdek, mushak kuchlanishlari darajasi bo‘yicha baholay olmaslik ko'pincha malakaning xatolar bilan mustahkamlanishiga olib keladi.
Yana shuni hisobga olish joizki, harakatlanish funksiyasi 13—14 yoshdagi bolalarda tezroq rivojlanadi, shuning uchun ular koordinatsiyasiga ko‘ra ancha murakkab harakatlarni egallashga qodir bo‘ladilar. Buning ustiga ular o‘rganilayotgan mashqlarni batafsil gapirib hamda tahlil qilib bera oladilar. 0 ‘rganilayotgan mashqlarni ko‘rsatib berish uslubi ham, albatta, shart.
‘smirlami harakatlarga o‘rgatish jarayonida yuqorida ko‘rilgan turli uslublar hamda usullami qo‘llash mumkin.
‘rgatishning yangi uslublari qatorida algoritmik tipdagi ko‘rsatmalar uslubini ajratish mumkin. Ushbu uslub dasturlash-tirilgan o‘qitish bilan chambarchas bog‘liq va uning bir qismi hisoblanadi.
Algoritmik tipdagi ko‘rsatmalar o‘quv materialini qismlar (dozalar, bo‘laklar yoki o‘quv vazifalari)ga bo‘lishni hamda

shug‘ullanuvchilami bu qismlarga ma’lum bir qat’iy ketma-ketlikda o‘rgatish ni nazarda tutadi.


O'quv vazifalarining birinchi seriyalari egallangandan keyingina ikkinchi seriyaga o‘tish huquqi beriladi.
Ko‘rsatilgan harakatlar o‘qituvchi yoki shug‘ullanuvchining o‘zlarining qattiq nazorati ostida o'rganiladi. Ulami bajarish u yoki bu gimnastika mashqini yoki ayrim mashqlami bajarish imkonini tug‘diradi.
Algoritmik ко‘rsatmalar uslubi yordamida o'qitish ijobiy natijalar beradi. Harakat malakalari nisbatan tez va xatolarsiz shakllanadi.
Algoritmik tipdagi ko'rsatmalami tuzishda quyidagi talablami hisobga olish lozim:
Ko‘rsatmalarda har bir harakatning xususiyatini aniq ko‘r-satish, ulaming to‘satdan tanlab olinishining oldini olish lozim; ular hammaga (kimga ko‘rsatma berilayotgan bo‘lsa) egallash uchun yengil bo‘lishi zarur.
Algoritmik tipdagi ko‘rsatmalar ham bitta harakat uchun, ham tuzilishi o‘xshash bo‘lgan seriyalar uchun mumkin, lekin ular istalgan о‘rgatish bosqichida egallashga yengil boMishi shart.
Hamma o‘quv vazifalari bir-biri bilan bog‘liq bo‘lishi lozim va ulaming murakkabligi darajasi asta-sekin о‘sib borishi kerak.
quv vazifalarining birinchi seriyasi jismoniy sifatlami rivojlan-tirishga qaratilgan mashqlardan iborat. Jismoniy sifatlarining rivojlanganligi o‘rganilayotgan harakatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur. Ayrim hollarda faqat ma’lum bir mushak guruhlari kuchini, boshqa hollarda egiluvchanlikni, uchinchi holda mushak qisqarish tezligini, ba’zan esa hamma aytib o‘tilgan sifatlarni rivojlantirish yetarlidir.
Jismoniy sifatlami rivojlantirish uchun tortilishdagi mashqlar tayanib qo‘llarni bukish, osilib turib oyoqlami ko‘tarish, egDishlar, orqaga egilishlar va boshqalami bajarish maqsadga muvofiqdir.
guv vazifalarining ikkinchi seriyasi dastlabki va yakuniy holatlami bajarish mashqlarini o‘z ichiga olishi kerak. Bu holatlar bilan mashqlar boshlanadi va yakunlanadi. Gimnastikada dastlabki

va yakuniy holatlami to‘g‘ri bajarish, albatta, shart. Ocquv vazifa-larining birinchi va ikkinchi seriyalari bir vaqtning o'zida yoki turli vaqtlarda egallanishi mumkin.



Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish