Gimnastika mashqlarining tasnifi


OMON MUXTOR SHAYTON ARAVA



Download 0,79 Mb.
bet28/29
Sana23.02.2022
Hajmi0,79 Mb.
#145807
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
nazariya albom

OMON MUXTOR
SHAYTON ARAVA
Bir paytlar kiyish rasm bo‘lgan “shaytonteri” degan gazlamani bir kun kim bilib, kim bilmasligi mumkin.
“Shaytonkavush” degan, bir kunlar chapdast ustalar o‘yinchoq-kavush to‘qigan yoki “shaytonkosa” degan, kishini devona qiladigan o‘tlar nomi-yu, ularning o‘zini ham bu kun ehtimol, birov bilib, birov bilmaydi. Kitoblarda o‘qib, ma’nosiga tushunmaydi.
Lekin ko‘pchilik velosipedni hamon ba’zan “shayton arava” deydi. Bu so‘zlardan har birining shaytonga nimadir daxli bor. Qachondir rasmga kirgan velosipedni mingan kishi ko‘chada lip etib ko‘z oldidan o‘tib ketganida “shayton arava” degan gap xayolga kelgan bo‘lishi kerak.
Qisqasi, Abduvosit ismli kishi o‘g‘li Vosilga:
— Tug‘ilgan kuning ekan. Yur! — dedi. — Senga bironta ulov olib bermoqchiman. U yoq-bu yoqqa borganda minarsan...
Ota-bola ko‘chaga chiqib, shahar etagidagi anqoning urug‘idan bo‘lak hamma narsa sotiladigan katta bozorga kelishdi.
Ular bozor atrofidagi maydonda eshak, ot, keyin bir necha arava mingan chollarni ko‘rishdi.
Menga qolsa, senga eshakmi, otmi olib berardim. Ikkisi ham, bobong minib yurardilar, mehnatkash hayvon! — dedi Abduvosit. — Faqat, katalakdek uyga eshakni, otni qanday olib kirasan? Shaharda har kim buning uddasidan chiqolmaydi. Men yoshligimda goh-goh arava minganman. Arava olib berardim-ku, hatto imkoni bo‘lgan kishi ham aravani garajga kiritib qo‘yolmaydi. Sig‘maydi...
— Bo‘lmasa, nima olib berasiz, dada? — toqatsizlanib so‘radi Vosil.
— Bitta velosiped. Shayton arava! Mendan sovg‘a... Mashina olib berardim. Ilojim yo‘q. Qo‘lim qisqa Mashinani katta bo‘lganingda o‘zing olarsan.
Inson bolalikdan sharoitga bo‘ysunib qanoatga odatlanib boradi. Xalq iborasi bilan aytganda, ko‘rpaga qarab oyoq uzatishga o‘rganadi. Vosil velosipedga ham rozi, dadasidan minnatdor, boshi osmonda, xursand edi.
Ota-bola uch-to‘rt do‘konga kirib chiqishdi. Bolabop mitti velosipeddan g‘ildiraklari odam bo‘yidan baland haybatli velosipedlargacha tiqilib yotibdi. Ammo o‘smirga mos mo‘‘jaz bironta velosiped ko‘rinmaydi... Axiyri, xayriyat, ularning qidirgani topilgandek bo‘ldi.
— Mana, shu bizniki! — dedi Abduvosit ko‘ksini ko‘tarib.
Siz uni ololmaysiz, amaki, — dedi Abduvositga razm solib sotuvchi.
— Nega?
— U juda qimmat.
— Mashinadan qimmat emasdir? — dedi Abduvosit.
— Har qanday mashinadan ham uning narxi yuqori.
— Nega? — deb yana so‘radi Abduvosit.
— Uni olimlar yangi ixtiro qilgan. Hammayoqda bemalol yuradi.
Bunday savdo Abduvositning hamiyatiga tegdi. O‘zbekni o‘ldirsa, hamiyat o‘ldiradi. Birovdan o‘zingni kam deb bilish, bunga iqror bo‘lishga yuzing qanday chidaydi? Yergina yorilmaydimi?
— Og‘zingga siqqanini ayt. Biz uni olamiz! — dedi Abduvosit.
Sotuvchi osmon bahosini aytdi. Abduvosit cho‘ntaklaridan bor pullarni so‘nggi tiyinigacha chiqarayotib, o‘g‘li oldida ortiq xijolat chekmaslik uchun:
— Bolam! Sen aravangni olib chiqaver. Yurgazib ko‘r-chi! — dedi.
Vosil shu gapni kutayotgani aniq edi.




Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish