O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
“Jismoniy Madaniyat” fakulteti 197-guruh talabasi
Sultonboyev Sarvarning
“Gimnastika va uni o'qitish metodikasi” fanidan
Mavzu: Gimnastika mashg'ulotlarida shikastlanishning oldini olish.
Bajardi: Sultonboyev.S
Qabul qildi:
Urganch-2020
Mauzu: Gimnastika mashg'ulotlarida shikastlanishning oldini olish.
Reja:
Kirish.
Asosiy qisim.
Shikastlanishning sabablari.
Harakatli o’yinlarning turlari va mazmuni.
Shimoya qilish va yordam ko`rsatish usullarini o`rgatish
Vrach nazorati va o`z o`zini nazorat qilish. shikastlanishning Oldini olish tadbiri sifatida ekanligi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya — xalqimizni ko‘tarinki ruhda, sog‘lom tarbiyalashning tarkibiy qismi bo‘lib, respublikamiz aholisini mehnatga, Vatan himoyasiga tayyorlashning, jismoniy jihatdan barkamol tarbiyalashning eng oson vositasidir.
Bugungi kunda O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan, gimnastikaning rivojlanish tarixi hamda uning taraqqiyo- tini tasavvur qilish uchun sobiq Ittifoq davriga ko‘z tashlamasdan o‘tish mumkin emas.
Turkiston hududida XVII—XIX asrda jismoniy tarbiya va sportning, shu jumladan, gimnastikaning mazkur mintaqada rivojlanishi va taraqqiy etishi Rossiyadagi jismoniy tarbiya va sport tarixiga bevosita bog‘liq bo‘lganini inkor qilib bo‘lmaydi.
Ayni paytda O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning vosita- metodologiyasining yagona tizimi yaratilgan. Mazkur vositalarning eng ommaviylaridan biri bo‘lgan gimnastika bu tizimda haqli ravishda muhim o‘rin egalladi. Gimnastika mashg‘ulotlarining eng muhim vazifasi yosh avlodni bolalik chog‘idan boshlab, jismoniy va aqliy jihatdan sog‘lom qilib tarbiyalash, ulardagi jismoniy va ma’naviy kuchlarni garmonik tarzda rivojlantirishdan iborat.
Gimnastikada mashqlarni qat’iy bir me’yorda bajarish, talabalar faoliyatini aniq uyushtirish uslubiga xos bo‘lib, uning natijasida yangi- yangi malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun qulay sharoit yuzaga kelib, mehnat qobiliyatini oshirish borasida yuqori ko‘tarinki muhit yaratiladi.
Maxsus ishlab chiqilgan harakat shakllari gimnastika vositalari (mashqlari) hisoblanadi. Ular yordamida insonning hayotiy muhim harakatlantiruvchi jismoniy sifatlari tarbiyalanadi va rivojlantiriladi. Ko‘pgina mashqlar odamning mehnat, harbiy va turmush faoliyati (yurish, yugurish, tirmashib chiqish, sakrash, emaklash, muvoza- nat saqlash, uloqtirish, to‘siqlardan oshib o‘tish, yuk tashish va shu kabilar)dan olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |