Iqlim va ob-havoning odam organizmiga ta’siri
Iqlim va ob-havoning odam organizmiga ta’sirini o‘rganish tibbiy-biologik muammolar ichida eng asosiylaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda bu muammo bioklimatologiya nomi bilan ataladi, chunki u faqat kasalliklarning oldini olibgina qolmay, balki ba’zi bir kasalliklarning zo‘rayib ketmasligining oldini olish uchun ham zaruriy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. Hozirgi zamon fani va texnikasining ilg‘or tajribalaridan foydalanib, koinot sirlarini chuqurroq o‘rgangan holda va bu omillarning ta’sirini insonning ruhiy holatiga salbiy ta’sir etmagan holda aholi ongiga singdirib borish katta ahamiyatga egadir. Turli iqlimiy omillarning inson organizmiga ta’sir etish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
O‘rmon iqlimi - toza va salqinligi, kichik tezlikdagi havo harakati, nisbatan yuqori namlik bilan ta’riflanib, organizmga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va yo‘qotilgan kuch-quvvatni tez tiklanishiga yordam beradi.
Cho‘l iqlimi - havoning quruqligi, yuqori harorat, quyosh radiatsiyasining yuqori jadalligi bilan ta’riflanib, organizmdan terlash orqali suvni ko‘p ajralishiga sababchi bo‘ladi, buyraklar orqali suv ajralishi kamayadi va buyraklar faoliyati reflektor tarzda yaxshilanadi, shuni hisobga olgan holda cho‘l iqlimidan buyrak kasalliklariga chalingan bemorlarni davolash yaxshi natija beradi.
Sahro iqlimi - o‘ta quruq havo, haroratning yuqoriligi asab sistemasiga qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatada, keyinchalik og‘ir ruhiy siqilish (depressiya) holatga olib kelishi mumkin. Ayniqsa harorat yuqori bo‘lganda ishtahaning yo‘qolishi, umumiy bo‘shashish holati kuzatiladi. Organizmdan tashqi muhitga issiqlikning uzatilishi asosan terlash orqali bo‘lib, 60% gacha ko‘tariladi.
Tog‘ iqlimi - odam organizmiga chiniqtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, chunki havo harorati nisbatan past, toza, kecha-kunduz davomida keskin o‘zgarishi, namlik va bosimning pastligi bunga asos bo‘ladi. Tog‘ sharoitida yurak urishi tezlashadi, qon bosimi pasayadi, havodagi kislorodning parsial bosimini pasayishi tufayli, o‘pkaga oqib keladigan qonning miqdori kompensator tarzda ortadi, natijada katta va kichik qon aylanish tizimida qonning qayta taqsimlanishi kuzatiladi. Tog‘ sharoitida quyosh radiatsiyasi tarkibidagi ultrabinafsha nurlarning jadalligi yuqori bo‘lishi, organizmning tetikligini oshiradi, endokrin bezlar faoliyatini yaxshilaydi. Nafas yo‘llaridagi shilliq qavatlardan sekretsiya ajralishi ortadi va balg‘am ko‘chish yaxshilanadi. Shuning uchun tog‘ iqlimi nafas yo‘llari kasalliklariga duchor bo‘lganlar uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ammo, og‘ir yurak- tomir xastaliklariga duchor bo‘lganlarning holati yomonlashishi mumkin, shuning uchun ularga tog‘ havosi tavsiya etilmaydi.
Dengiz iqlimi - deyarli o‘zgarmas harorat, toza havo, kuchsiz shabada esishi bilan ta’riflanib, zaiflashgan organizmning faoliyatini tezroq tiklash maqsadida foydalanish tavsiya etiladi. Biroq hamma dengiz iqlimlari birdek ijobiy ta’sirga ega emas, chunonchi, Sochi va Qrimning dengiz iqlimi asab sistemasini tinchlantiruvchi ta’sirga; tropik dengiz iqlimi (Kuba, Seylon) bo‘shashtiruvchi; shimoliy kengliklardagi dengiz iqlimi hayajonga soluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Quyosh nuriga boy, sof va toza dengiz havosi qon ishlab chiqarish faoliyatini tezlashtiradi, qon bosimini pasaytiradi, azot va tuz almashinuvini tezlashtiradi, issiqlik almashinishini orttiradi, ter ajralishini kamaytiradi, siydik ajralishi tezlashadi.
Tropik iqlim - yuqori harorat va yuqori namlik sharoitida organizmdan issiqlik ajratilishi qiyinlashadi va organizmning qizishiga sabab bo‘ladi.
Qutb iqlimi - past harorat, yuqori darajadagi nisbiy namlik, qutb tuni davrida quyosh radiatsiyasining bo‘lmasligi bilan farqlanadi. Qutb tuni odamni ruhiy siqilish, dilxiralikka olib keladi, uyqusizlikka sabab bo‘ladi, natijada asab sistemasini zo‘riqtiradi. Qutb kunlari esa faoliyat oshadi, kayfiyat yaxshilanadi.
Iqlim sharoitlari va ob-havoning o‘zgarishi alohida fasllarga bog‘liq botgan kasalliklarning qaytalanishi va zo‘riqishiga sabab bo‘lib, bemorning holati yomonlashishi mumkin. Shunday kasalliklarga misol qilib, fasllarga bog‘liq bo‘lgan yuqori nafas yo‘llarining shamollash holatlari, sil kasalligi, revmatizm, o‘tkir diffuzli nefrit kabilarni keltirish mumkin.
Janubiy va o‘rta kengliklarga xos fasliy kasalliklarga quyidagi infeksiyalar: epidemik meningit, virusli gripp, qizilcha, bo‘g‘ma kabilarni kiritish mumkin. Ba’zi bir o‘lkalar, iqlim kengliklari uchun faslga moyil kanali ensefalitlar xosdir, chunki kasallik tarqatuvchi mikroblarni o‘z organizmida tutib, boshqalarga tarqatuvchi hasharotlarning yashashi va ko‘payishi uchun qulay haroratli sharoitlar yaratiladi. Faslli ensefalitlar, tulyaremiya, leyshmanioz, bezgak kabi kasalliklar shimolda uchramaydi, chunki qattiq shimol iqlimi sharoitida bu kasalliklami tarqatuvchi hasharotlar yashay olmaydi. Ob-havo sharoitlarining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan va meteotrop kasalliklar deb nom olgan kasalliklarning borligiga hech shak-shubha yo‘q. Chnki kosmik, quyosh nurlari va boshqa tabiiy omillar hayotiy jarayonlarni belgilabgina qolmay, balki odam evolutsiyasi tarixida yorug‘lik va qorong‘ulik, sovuq va issiqliklarga biosistema moslashib ketgan. Shuning uchun odam organizmida bir kecha-kunduz davomida qon bosimi, tana harorati, moddalar almashinish jarayoni o‘zgarib turadi. Olib borilgan tadqiqotlarnng ko‘rsatishicha, odam organizmida bioritmik xarakterga xos 100 dan ortiq fiziologik jarayonlar mavjud ekan.
Shuning hisobiga sog‘lom kishilar iqlim va ob-havo sharoitlarining turli xildagi va shakldagi o‘zgarishlarini bemalol boshdan kechiraveradilar, chunki ichki a’zolar va oliy nerv faoliyati bunday o‘zgarishlarga o‘z vaqtida moslasha oladi. Ammo, vegetativ nerv sistemasi funksiyasi buzilgan yoki surunkali kasalliklarga chalingan kishilar ob-havoning keskin o‘zgarishlariga chidash beraolmaydi yoki juda og‘ir holatga tushib qoladilar. Hatto shunday kishilar bo‘ladi, ular ob-havoning o‘zga- rishlarini oldindan aytib bera oladilar, shuning uchun bunday shaxslami "tirik barometrlar" deb atash qabul qilingan. Rossiya Fanlar Akademiyasining Sibirdagi bo‘limida olib borilgan kuzatishlarga ko‘ra, yurak-tomir kasalliklariga chalingan bemorlarning 60-65% bahor va kuz oylarida tez-tez o‘zgarib turadigan erning geomagnit maydonining o‘zgarishi, atmosfera bosimi va havo haroratining keskin o‘zgarishlarini oldindan aytib berganlar.
Havo frontlari (siklonlar)ning ma’lum bir geografik hududga kirib kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan ob-havoning keskin o‘zgarishlari natijasida gipertoniyaga uchragan kasallarda gipertonik krizlar, bosh miya va yurak-tomir ateroskleroziga uchragan bemorlarning ahvoli keskin yomonlashishi natijasida xunuk oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligi bizga ma’lum. 70% gacha bo‘ladigan kritik vaziyatlar (stenokardiya, miokard infarkti gipertonik kriz) havo frontining o‘tishiga to‘g‘ri keladi. 1963-1964 yillarda (quyoshning osudalik bo‘lgan yillari) yuqorida qayd etilgan kasalliklarning umumiy soni kamayib, quyosh aktivligi oshgan 1967, 1969, 1979-yillarda kasallikning dinamikasi yana ko‘tarilishi kuzatilgan.
Quyosh aktivligi bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlarni 1930-yilda professor Chijevskiy chuqur tahlil qilib shunday degan edi: "quyosh faclligi yillarida kasal organizmni, muayyan muvozanatdan chiqqan holda ko‘rishimiz mumkin, bunday organizm uchun tashqaridan beriladigan bitta impuls ham yetarli, bu holda izdan chiqqan organizmning ahvoli keskin murakkablashishi va oqim kuzatilishi mumkin, bunday impulslarga meteorologik va geodinamik omillarning o‘zgarishi kiradi.
Odam organizmiga iqlim va ob-havoning ta’sirini baholash bilan bir qatorda quyosh aktivligi bilan bog‘liq bo‘lgan omilni yoddan chiqarmaslik kerak. Iqlim va ob-havo bilan bog‘liq bo‘lgan omillarni organizmga ta’sir etuvchi termodinamik omil, ya’ni harorat, namlik, havo bosimi va shamolning ta’siri deb tushuntirish mumkin. Biroq tabiatda quyosh aktivligi bilan bog’liq bo‘lgan boshqa omil ham mavjud. Bu quyosh sathida ro‘y beradigan portlashlar natijasida quyosh sathidan atrof-muhitga tarqaladigan katta hajmdagi korpuskulyar radiatsiya va elektromagnit to‘lqinlardir. Bunday sharoitda meteorologik omillardan farqli o‘laroq elektromagnit maydonlari yer yuzasining barcha joylarida bir vaqtda kuzatiladi, lekin turli kengliklarda fasl yoki kunning turli vaqtlarida uning kuchi bir xil bo‘lmasligi mumkin. Bu haqda 1969-yilda M.N.Gnedishev bunday deb yozgan edi: "Elektromagnit maydonlar ob- havoning o‘zgarishidan kuchliroq ta’sir etadi deb faraz qilamiz, chunki termodinamik omillar organizmning huddi shu omillariga ma’lum darajada moslasha oladigan faoliyatlariga ko‘proq ta’sir etadi va organizm bu o‘zgarishlarga to‘liq moslasha oladi, elektromagnit maydonlar organizmga bus-butun ta’sir etib, boshqarish mexanizmining barcha bosqichlariga hattoki to‘qima ichi va oraliqlarigacha ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchidan, termodinamik o‘zgarishlar asta-sekinlik bilan, elektromagnit to‘lqinlar esa to‘satdan (kutilmaganda) ta’sir etadi va organizmning moslashish imkoniyatini cheklab qo‘yadi". Ba’zi-bir olimlar yurak-tomir xastaliklarining xurujlarini yerning elektromagnit maydonining o‘zgarishi bilan bog‘laydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |