Yorug‘likni xarakterlaydigan asosiy miqdorlar va ularning o‘lchov birliklari
Yorug‘likning kuchi. Turli manbalarning yorug‘liklari har xil spektrlarga ega bo‘lgani uchun sifat jihatdan va yorug‘lik sistemasiga ko‘ra miqdor jihatdan farq qilishi mumkin. Yorug‘lik kuchi shamlar bilan ifodalanadi. Bu birlikning qiymati platinaning qotish temperaturasidagi to‘la nurlatgichning ravshanligi 1 sm2ga 60 sb ga baravar deb qabul qilinadi.
Ravshanlik. Ravshanlik ko‘z bevosita sezadigan yorug‘lik miqdoridir. Ravshanlik miqdori nur sochib turgan yuza birligining mazkur yo‘nalishda yarqirayotgan yorug‘lik oqimi zichligi bilan belgilanadi. Ravshanlik nitlar (nt) va stilblar (sb) bilan ifoda etiladi.