Sanoat zaharlarining umumzaharli ta’sirlarining oldini olish tadbirlarining asosiylari quyidagilardan iborat:
Texnikaviy usulni qo‘llash mehnat uslubini tubdan o‘zgartirishi mumkin, bunda texnologik jarayon zamonaviy moslamalarda (zich yopiq holda) ma’lum masofadan turib bajariladi. texnologik jarayonlarni takomillashtirish (masalan, buyumlarga ishlov berish usullarini o‘zgartirish, texnologik jarayonlarni avtomat lashtirish, yopiq turkumdagi texnologiyalarni qo‘llash).
Sanitariya-texnikaviy tadbirlar-bu tabiiy va sun’iy usul bilan ish joylaridagi havoni almashtirish (avariya holatida avtomatik ishlaydigan havoning sun’iy usulda almashinuvini ta’minlaydigan moslamalar qo‘yish), gaz va yuqori dispersli chang hosil qiluvchi moslamalarni umumiy ish joylaridan cheklash, ularning zichligini ta’minlash hamda konditsionerlar, avtomatik nazorat qiluvchi o‘lchagichlar o‘rnatish hisoblanadi. • ishchi zonasi va ish xonalar havosini oqilona shamollatish (mahalliy, umumiy);
Sanitariya-gigiyenik tadbirlar: ish jarayonida zaharli birikmalarni iloji boricha kam zaharli birikmalar bilan almashtirish (masalan, , bosmoxonalarda qo‘rg‘oshin o‘rniga ruxdan foydalanish, benzolni va dixloretanni benzin yoki etil spirti bilan almashtirish va h.k.) kiradi.
Kimyoviy moddalarni gigiyenik reglamentlash va ish joylaridagi havo tarkibidagi zaharli moddaning miqdorini nazorat qilib borish (SanQ va M kitobchasini nomoyish qilish, ish joyidagi havo muhitida kimyoviy moddalarning REK rioya qilish kabilar);
shaxsiy himoya vositalardan unumli foydalanish (maxsus kiyimlar, lozim bo‘lganda maxsus respiratorlar va protivogazlar);
Gazdan muhofaza qilish bo‘limining asosiy vazifasi falokatlarning oldini olish, ish uslubini ilmiy jihatdan tashkil qilish, korxona hisobidan ishchilarni maqsadga muvofiq ovqat bilan ta’minlash, qo‘shimcha ta’til berish, ishchilarni bexavotir ishlashga o‘rgatish, ish uslubini hisobga olgan holda korjomalar bilan ta’minlashdan iborat.
Profilaktika va davolash tadbirlari - bu ishchini ishga qabul qilishdan oldin hamda ish uslubiga qarab ma’lum vaqtdan keyin tibbiyot ko‘rigidan o‘tkazishdir. O‘smirlar, homiladorlik va emiziklik davridagi ayollar kimyoviy birikmalar bilan ishlashga ruxsat etilmaydi.
Kimyoviy birikmalarning ish joylarida ruxsat etish mumkin bo‘lgan miqdoridan tashqari, bir kecha-kunduzda uchrashi mumkin bo‘lgan eng yuqori (maksimal) miqdori ham aniqlanadi. Kimyoviy birikmalarning ruxsat etsa bo‘ladigan miqdori va ularning organizm sistemalariga ta’siri laboratoriya usuli bilan hayvonlarda sinab aniqlanadi.
Ishchilarga davolovchi-profilaktik ovqatlarni belgilash Ishlab chiqarishga oid zaharlanishlar va spetsifik ta’sir xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar bilan ishlaganda profilaktik tadbirlar qatoriga umumiy tadbirlardan tashqari zararli ta’sirga uchraydigan organizmning himoya qobiliyatini oshirishga qaratilgan va organizmning funksional holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan tadbirlar muhim ahamiyatga egadir. Bu yo‘nalishdagi tadbirlarning eng muhimlari qatorida ishchilarni davolovchi-profilaktik ovqatlantirish tadbirlari muhim o‘rin egallaydi. Davolovchi-profilaktik ovqatlantirish - bu ishchilarning asosiy ovqatlariga qo‘shimcha tarzda bepul beriladigan ovqat ratsionlari hisoblanib, zararli kasbda ishlovchilargagina beriladi. Bu ovqat ratsionlar organizmning rezistentligini oshirish bilan bir qatorda eng ko‘p ta’sirga duchor bo‘ladigan organlar va sistemalarning funksional holatini yaxshilaydi.
Ishchilarni davolovchi - profilaktik ovqatlar bilan ta’minlash "Mehnat haqidagi qonunlarning asoslari" ga muvofiq belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining "Mehnat haqidagi qonunlarining asosi" da keltirilganidek - "Mehnat sharoitlari zararli bo‘lgan ishlarda ishlovchilarga, belgilangan me’yorlarda bepul tarzda sut va unga tenglashadigan mahsulotlarni berish lozim. O‘ta zararli mehnat qilish sharoitlarida xizmat ko‘rsatuvchilarga esa belgilangan miqdorlarda bepul tarzda davolovchi - profilaktik ovqatlarni berish lozim". Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida zararli kasblarda ishlovchilarga davolovchi - profilaktik ovqatlarni berish SanQ va M N°0051-96 asosida amalga oshiriladi.
Davolovchi-profilaktik ovqatlar 3 turga bo‘linadi: maxsus davolovchi - profilaktik ratsionlar; sut va sut mahsulotlari; vitaminlar.
Ovqatlarning zaruriy spetsifik ta’sirini hisobga olib 5 ta davolovchi-profilaktik ratsionlar ishlab chiqilgan. Bu ratsionlarga kiritilgan asosiy mahsulotlar qatoriga - non, un mahsulotlari, yormalar, makaronlar, dukkakli o‘simlik mahsulotlari, qant, go‘sht, baliq, jigar, tuxum, kefir, sut, tvorog, qaymoq, pishloq, hayvon yog‘ lari kiradi.
Ovqat mahsulotlarining miqdori va ularning ta’sir ko‘rsatish tabiati zararli omillarning turi va kasblarga muvofiq belgilanadi.
N°1 - ratsion - ionlantiruvchi nurlanish manbalari bilan aloqada bo‘ladigan shaxslar uchun mo‘ljallangan. Bu ratsion organizmda yog‘ almashinuvini stimullaydigan va jigarning antitoksik funksiyasini oshiruvchi ovqat mahsulotlari.
N°2 - ratsion - fosfor, ishqoriy metallar, simob va uning anorganik birikmalari, qo‘rg‘oshin birikmalari, sian birikmalari va fosgen bilan aloqada bo‘ladigan ishchilarga mo‘ljallangan. Ratsion oqsillarga boy, o‘zida o‘ta to‘yinmagan yog‘ kislotalarini tutuvchi, kaltsiyga boy bo‘lgan mahsulotlardan tashkil topgan bo‘lib, organizmda zararli moddalarning to‘planishini sekinlashtirish xususiyatiga ega.
N°3 - ratsion - qo‘rg‘oshinning anorganik birikmalari bilan aloqada bo‘ladigan ishchilar uchun mo‘ljallangan. Ratsion tarkibiga qo‘rg‘oshin birikmalarini organizmdan tezroq chiqishini ta’minlovchi pektinga boy bo‘lgan mahsulotlar bilan boyitilgan.
N°4 - ratsion - nitro - va aminobirikmalar, benzol, xlorli uglevodorodlar, margumush birikmalari, tellur, fosfor birikmalari bilan ishlovchilarga beriladi. Ratsion tarkibidagi mahsulotlar sut mahsulotlari va o‘simlik yog‘lari bilan to‘yintirilgan bo‘lib, tarkibida lipotrop moddalari bor va bu moddalar jigar funksiyasini yaxshilaydi.
N°5 - ratsion - tetraetilqo‘rg‘oshin, bromli uglevodorodlar, tiofos, simobning anorganik birikmalari, marganets, bariy moddalari bilan ishlovchilar uchun mo'ljallangan. Bu ovqat ratsionining tarkibida letsitin (tuxum), O‘TYOK, to‘la qiymatli oqsillar bo‘lib, asab sistemasi va jigar faoliyatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Keltirilgan ratsionlarga belgilangan mahsulotlarni qo‘shib, issiq ovqat tayyorlanadi va uni ish boshlanishidan oldin ishchilarga tarqatiladi. Bundan tashqari, kimyoviy moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan kasbdagilarga qo‘shimcha tarzda sut va sut mahsulotlari (0,5 1 miqdorida) belgilangan. Sut va sut maxsulotlarini berish bilan bog‘liq bo‘lgan kasbdagilar ham SSV tomonidan tuzilgan maxsus ro‘yxat asosida berilishi ko‘rsatilgan. Beriladigan sut maxsus idishlarga solingan bo‘lishi kerak, flyagalarda keltirilgan sut bolsa, tarqatilishidan oldin qaynatilishi shart.
Bepul tarzda beriladigan vitaminlar (A vitamini - 2 mg, Bi , B2 - vitaminlari - 3 mg dan, PP vitamini - 20 mg, C vitamini - 150 mg) issiq sexlarda ishlovchilar, tamaki fabrikalarida ishlovchilar uchun mo’ljallangan. Sanoat korxonalaridagi mehnat gigiyenasiga kelganda shuni nazarda tutish kerakki, bu korxonalarda ishlovchi ayollar va o‘smirlarning mehnatlarini muhofaza qilish maqsadga muvofiqdir.
Nazorat savollari
Mehnat gigiyenasi fanini umumiy va xususiy mehnat gigiyenasi ifodasi.
Fanning rivojlanishida hissa qo‘shgan olimlar.
O‘zbekiston Respublikasida fan rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar.
Zararli va xavfli omillar tasnifi.
Profilaktik choralar.
Shovqinni va vibratsiyani o‘lchaydigan asboblar.
Shovqinning profilaktikasiga nimalar kiradi.
Vibratsiya kasalligining turlari, profilaktikasi
9.Shovqin va vibratsiyaning organizmga ta’siri.
10.Shovqin turlari va uni me’yorlarini ayting
Changning qanday turlari mavjud.
Hosil bo‘lishiga qarab chang turlari .
Havo tarkibidagi chang miqdori qaysi usullarda aniqlanadi.
14.. Changning sifati qaysi usulda aniqlanadi .
Chang ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklarni oldini olish choralari .
Agar chang tarkibida ozod kremniy 2oksidi 10-70 % dan ortiq bo‘lsa, PDK qancha bo‘ladi .
Chang zarrachalari diametrining turiga qarab qanday turlarga bo‘linadi.
Kimyoviy omillar qanday tasirlarga ega.
Zaxarlanishlarning turlari xaqida ma'lumot bering.
Kumulyatsiya nima.
Kimyoviy omillar ta’sirlarining oldini olish tadbirlari.
Kimyoviy omillarning xavfligi bo'yich guruhlari.
Modul. Dorixona gigiyenasining umumiy asoslari. Kimyo-farmatsevtika korxonalarida yoritilganlik, havo almashinuvi va xonalar havosining mikroblar bilan ifloslanganligi
Ma’ruzaning maqsadi: Dorixonada ishlovchi xodimlarga kasbiy ta’sirlarni o’rgatib, optimal sanitar gigiyenik sharoitlarni yaratish bo’yicha ma’lumot berish. Dorixonada ishlovchi xodimlarga kasbiy ta’sirlarni o’rgatib, optimal sanitar gigiyenik sharoitlarni yaratish bo’yicha ma’lumot berish.
Reja
Dorixona tarmoqlari strukturasi.
Dorixonani qurish uchun ajratilgan maydonga qo’yiladigan gigiyenik talablar.
Dorixonalarning ichki loyixasiga quyilgan gigiyenik talablar.
Dorixonani obodonlashtirishga qo’yilgan gigiyenik talablar.
Dorixona xonalarining ichini loyixalash va jixozlanishga gigiyenik talablar.
Dorixonalarda mehnat sharoitini aniqlovchi texnologik jarayon va ishlab chiqarish omillarining asosiy gigiyenik tavsiyanomasi.
Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyenasi.
Tayanch iboralar: Tambur, aseptik bloklari, sotuv zali, distillatsion-sterilizatsion. davolash-profilaktika, Insolyasiya, Yoritilish, rasfasovka xonasi (qadoqlash).
Dorixona loyihasi, jihozlanishi va obodonlashtirishga gigiyenik talablar. Dorixona sog‘liqni saqlash tizimiga taalluqli muassasalaridan biri bo‘lib hisoblanadi, u davolash-profilaktika muassasalarini va aholini dori preparatlari, sanitariya va boshqa tibbiyot mollari bilan o‘z vaqtida ta’minlaydi. Tayyorlash va saqlashda gigiyenik rejimlarga qattiq rioya qilish zarur.
Shuning uchun dorixonada olib boriladigan gigiyenik tekshiruvlarning natijasiga ko‘ra, dorixonaga qo‘yiladigan gigiyenik talablarni o‘rganish ishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Dorixonada sanitar-gigiyenik talablarining buzilishlarini aniqlash, shuningdek zararli ishlab chiqarish omillarining dorixona ishchilariga ta’siri natijasida kelib chiqadigan kasb kasalliklarini aniqlashdan iborat. Dorixona ishchilariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash asosiy maqsad bo‘lib hisoblanadi.
Dorixonaga qo‘yiladigan gigiyenik talablar:
dorixona yer maydoniga gigiyenik talablar;
dorixona jihozlari, xonalar ichining loyihalashga va jihozlashga qo‘yiladigan gigiyenik talablar;
xonalarni tozalash, dorixona jihozlarini saqlash va avaylashga qo‘yiladigan sanitariya talablari;
tozalangan suv va infeksiya uchun suvlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishga qo‘yiladigan sanitariya talablari;
dori preparatlarini aseptik sharoitda tayyorlashga qo‘yiladigan gigiyenik talablar;
steril dori shakllarini tayyorlashga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
Dorixonaning loyihalanishi va sanitar-texnik jihozlanishiga gigiyenik talablar. Dorixonalarning aholi yashash punktlarini tasdiqlangan general rejasi asosida va detal loyihalash proektlariga binoan joylashishi lozim. Yer maydoni hajmi shahar, posyolka, qishloq aholi yashash punktlarini loyihalashtirish va qurishga asoslangan San Q va M (Sanitar qoida va me’yori) bo‘limlariga muvofiq qabul qilinadi. Dorixona xonalarining tuzilishi va tarkibi kasb yo‘nalishi va vazifasining loyihasini hisobga olgan holda belgilanadi.
Dorixona sig‘imining hisob ko‘rsatkichi yillik retseptlar soni (birliklarda) va mahsulot ayirboshlashga (so‘mda) bog‘liq.
Katta shaharlardagi dorixonalar asosan qo‘shimcha bino sifatida yoki binoning birinchi qavatiga joylashtirilib, alohida yer maydoniga ega bo‘lmaydi. Uncha katta bo‘lmagan qishloq aholi yashash punktlarida, ishchi posyolkalarda dorixonalar alohida binoda joylashib, dorixona yer maydoniga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |