Gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua



Download 0,76 Mb.
bet109/154
Sana22.08.2021
Hajmi0,76 Mb.
#153554
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   154
Bog'liq
gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua

Yoritish armaturasi

Ko‘zni yorug‘lik manbaining qamashtiruvchi ta’siridan saqlash, yoritilgan yuzalarda quyuq, soyalar va yaltillab ko‘rinadigai joylar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yorug‘lik oqimini qayta taqsimlash uchun, ba’zi hollarda esa manbadan sochiladigan nur spektrini o‘zgartirish uchun xam xar xil turdagi yoritish armaturasi qo‘llaniladi.

Manbaning ko‘zni qamashtiruvchi ta’siridan saqlash, yuqorida aytib o‘tilganidek, armaturaning himoya burchagini to‘g‘ri olish va uni tegishli balandlikka osish yo‘li bilan ta’minlanadi.

Chiroqlar yorug‘likni qay tariqa taqsimlashiga qarab (armaturaga o‘rnatilgan yorug‘lik manbalari) 3 ta asosiy gruppaga bo‘linadi.

a) tik nur beradigan chiroqlar (100-rasm). Bu tipdagi chiroqlar nurning 90% ga yaqinini yoritiladigan yuzaga yo‘naltiradi, shu bilan birga bu yuza ancha yoritib, turadiyu, lekin shunday bo‘lsada yoritilayotgan yuzalarda quyuq soyalar paydo bo‘lishi va

Y oritish armaturasi.

1—tik nur chirog‘i; 2tik va qisman qaytgan nur chirog‘i; 3sut rang shar (bir tekis tarqoq nur beradigan chiroq); 4lyuseta (asosan qaytgan nur beradigan chiroq); 5 —qaytgan nur beradigan chiroq (sk-zoo).

uning ba’zi joylari yaltillab ko‘rinishi mumkin. Yorug‘lik manbaining ko‘zni qamashtirib qo‘yishi ehtimoldan holi emas. Tik nur beradigan chiroqlar yordamchi xonalar, sanitariya uzellari va boshqalarni yoritish uchun ishlatiladi.

b) Asosan qaytgan nur beradigan chiroqlar (100-rasm, 4). Bunday chiroqlarning pastki sferik qismi sut rang shishadan, yuqori qismi xira shishadan tayyorlangandir. Yorug‘lik oqimining 65—70% chasi chiroqning yuqori qismiga yo‘naladi. Chiroqning himoya burchagi 90° atrofida.Bu tipdagi chiroqlar

Q aytgan nur beradigap chiroq. ko‘zni qamashtirmaydigan tarqoq yorug‘lik bilan yoritish zarur bo‘lgan xonalarga qo‘yiladi. SHu tipdagi chiroqlarning kamchiligi anchagina yorug‘likni yutib qolishidir, shu munosabat bilan tegishlicha yorug‘ bo‘lishi uchun yorug‘lik manbaining quvvatini oshirish zaruriyati tug‘iladi.

v) Qaytgan nur beradigan chiroqlar (101-rasm) butun yorug‘lik oqimini shiftga yo‘naltiradi. YOrug‘lik nurlari shift va devorlarning yuqori qismidan turli burchaklar ostida qaytadi, shunga ko‘ra deyarli mutlaqo soya tushmaydi. Bunday chiroqlar bilan yoritiladigan xonalarning shifti bilan devorlari yuqori (kamida 60— 70%) nur qaytarish koeffitsientiga ega bo‘lishi kerak.

g) Tarqoq nur beradigan chiroqlar (100-rasm, 3 va 5) ancha qanoatlanarli yorug‘lik sharoitlarini yaratib beradi: bularning ko‘zni qamashtiruvchi ta’siri juda arzimas bo‘lib, yoritadigan yuzalarida quyuq soyalar tushmaydi. Bu chiroqlar ham, xuddi qaytgan nur beruvchi chiroqlar singari yorug‘likning ko‘pgina qismini yutib qoladi.

Tarqoq nur beruvchi chiroqlar turarjoy va jamoat binolarining xonalarini, o‘quv xonalari va b. yoritish uchun ishlatiladi. Ba’zi xil ishlar (rasm chizish, nozik ishlarni bajarish) vaqtida soyalarni batamom yo‘qotib yuborish yaramasligini aytib o‘tish kerak, chunki soyaning o‘zi ham bizda narsaning shakli va fazoda olgan joyi to‘g‘risida tasavvur tug‘diradi. Nurni tarqatib yoki yarim qaytarib beradigan armatura hammadan mayin va xush keladigan yorug‘lik sezgisini keltirib chiqaradi.

Doimo ham qaytgan nur bilan yoritish ko‘ngilga yoqmaydigan, fayzsiz taassurot tug‘diradi, shu munosabat bilan ish sharoitlariga ko‘ra soyalarni batamom yo‘qotish zarur bo‘lgan xollardagina bunday yorug‘likdan foydalanish kerak.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish