Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ва психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишга оид жиноят ишлари бўйича суд амалиёти тўғрисида


ODAM SAVDOSIGA OID IShLAR BO‘YIChA SUD AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA



Download 143,61 Kb.
bet38/39
Sana20.06.2022
Hajmi143,61 Kb.
#685526
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Oliy sud plenum jinoyat qaror

ODAM SAVDOSIGA OID IShLAR BO‘YIChA SUD AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA
XX asr oxirlariga kelib odam savdosi butun insoniyatga qarshi asosiy tahdidlardan biri bo‘lib qoldi. Odamdan ekspluatatsiya maqsadlarida foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlar oshib borishi tendensiyasi bunday ijtimoiy xavfli qilmishlar oxir-oqibatda jamiyatning demokratik negizlariga tajovuz qilishi bilan milliy xavfsizlikka ham tahdid soladi.
O‘zbekiston odam savdosiga qarshi kurashishga oid qator xalqaro hujjatlarni, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida”gi Konvensiyasini, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu Konvensiyasini to‘ldiruvchi “Odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosini oldini olish hamda unga chek qo‘yish va uning uchun jazolash haqida”gi Protokolni ratifikatsiya qildi, “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi va xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilishga doir tegishli o‘zgartirishlar kiritdi.
Odam savdosiga oid qonunchilikni qo‘llashda masalalar yuzaga kelayotganligi munosabati bilan hamda bu toifadagi ishlar bo‘yicha yagona sud amaliyotini shakllantirish maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasida eng oliy qadriyat inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa tabiiy huquqlari bo‘lib, ularni ta’minlash Konstitutsiya bilan kafolatlanadi.
Qonunda odam savdosi uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi shaxs erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlaridan biri hisoblanadi.
2. Jinoyat kodeksining 135-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasi mazmuniga ko‘ra, odam savdosi deganda, odamni olish-sotish yoki odamni ekspluatatsiya qilish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish tushuniladi.
3. Oldi-sotdi tariqasidagi odam savdosi odamning bir shaxs tomonidan boshqasiga pul, boshqa moddiy qimmatliklar (mulk), mulkiy xarakterdagi xizmatlar, mulkiy yoki pul shaklidagi qarzdan voz kechish va h.k.lar sifatidagi haq evaziga berilishi to‘g‘risida yozma yoki og‘zaki bitim tuzilishini nazarda tutadi. Bunday ko‘rinishdagi odam savdosida odam qanday maqsadlarda sotib olinganligi (sotilganligi) huquqiy ahamiyat kasb etmaydi.
Shaxs odamni uning evaziga haq olinganidan so‘ng topshirish sharti bilan sotishga va’da berib, biroq azaldan uning qasdi moddiy qimmatliklarni egallashga qaratilgan va unda bitim shartlarini bajarish niyati bo‘lmagan hollarda uning harakatlari firibgarlik tarkibini tashkil etadi, oluvchining harakatlari esa sotib olish tariqasidagi odam savdosiga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
4. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, olish-sotish tariqasidagi odam savdosidan farqli ravishda, Jinoyat kodeksining 135-moddasida nazarda tutilgan boshqa barcha hollar (yollash, tashish, topshirish, yashirish, qabul qilish)da jinoiy javobgarlik yuzaga kelishining zarur sharti odamni ekspluatatsiya qilishga qaratilgan maqsad mavjudligi hisoblanadi.
Odam mehnati va xizmatlaridan mehnat, fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq (masalan, qurilish yoki maishiy pudrat, haq evaziga xizmat ko‘rsatish, yo‘lovchi va yuk tashish, transport ekspeditsiyasi va h.k. shartnomalar bo‘yicha) foydalanilgan barcha hollarda odam ekspluatatsiyasi mavjud bo‘lmaydi. Bunday huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmaslik bilan bog‘liq nizolar fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida hal etilishi kerak.
5. Odamni ekspluatatsiya qilish boshqa shaxslar fohishabozligidan foydalanish yoki boshqa ko‘rinishdagi shahvoniy ekspluatatsiyani, majburiy mehnat yoki xizmatlar, qullik yoki qullikka o‘xshash odatlar, erksizlik holati yoki odam a’zolari yoki to‘qimalari olinishini anglatadi.
Fohishabozlikda foydalanish deganda, odamdan uning haq evaziga nomuayyan doiradagi jinsiy sheriklar bilan shahvoniy munosabatlarga kirishishidan muttasil foydalanish tushuniladi. Boshqa ko‘rinishdagi shahvoniy ekspluatatsiya deganda, odamning undan pornografik tasvirlar tayyorlash, buzuq harakatlar sodir etish va h.k. maqsadlarda foydalanish uchun berilishi tushuniladi.
Majburiy mehnat biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlashni anglatadi. Harbiy yoki muqobil xizmat to‘g‘risidagi qonunlar asosida, favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi.
Qullik — o‘ziga nisbatan mulk huquqiga xos ayrim yoki barcha huquqlar amalga oshirilayotgan shaxs ahvoli yoki holatini anglatadi.
Erksizlik holati — shaxsning muayyan omillar majmui ta’siri ostida o‘z erkiga xilof ravishda har qanday ish yoki xizmatni bajarishga majbur bo‘lganligini anglatadi.
6. Odam savdosiga oid ishlarni tergov qilish yoki ko‘rishda tergov organlari va sudlar quyidagi tushunchalarni aniq farqlashlari lozim:
yollash deganda, ekspluatatsiya qilish maqsadida odamni biror-bir faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etishga qaratilgan faoliyat (ekspluatatsiya obyektini qidirish, to‘plash, u bilan muzokara yuritish va h.k) tushuniladi;
tashish — shaxsni olish-sotish bitimi tuziladigan (ijro etiladigan), boshqa shaxsga topshiriladigan joyga yoki undan ekspluatatsiya maqsadida foydalaniladigan joyga yetkazib berish (transportda tashish)ni anglatadi. Bunda yetkazib beriladigan shaxs odam savdosini amalga oshirish uchun mo‘ljallanganligi tashuvchiga oldindan ma’lum bo‘lishi lozim. Tashish bitta aholi punkti doirasida ham, O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqish bilan bog‘liq tarzda ham amalga oshirilishi mumkin;
topshirish — odamni boshqa shaxsga ekspluatatsiya qilish maqsadida jismoniy tarzda berishda ifodalanadi;
yashirish — jabrlanuvchini hokimiyat vakillaridan, qarindoshlaridan yoki uning taqdiridan manfaatdor boshqa shaxslardan har qanday joyda xufiya saqlashda ifodalanadi;
qabul qilish — odamni o‘z maqsadlarida ekspluatatsiya qilish uchun egalikka olish (masalan, hadya tariqasida, vaqtincha tekin foydalanish uchun yoki qarz evaziga va h.k.) ni anglatadi, odamni sotib olish hollari bundan mustasno.
7. Tushuntirilsinki, Jinoyat kodeksining 135-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi formal bo‘lib, jinoyat odamni olish-sotish bitimi tuzilgan paytdan yoki qonunning mazkur moddasida ko‘rsatilgan boshqa qilmish sodir etilgan paytdan tugallangan hisoblanadi.
Shu bilan birga, qilmishda ayrim kvalifikatsiya belgilari mavjud bo‘lganda jinoyatni tugallangan deb topish uchun qonunda belgilangan oqibatlar (masalan, jabrlanuvchining o‘limi yoki boshqa og‘ir oqibatlar) kelib chiqqan bo‘lishi kerak.
Shuni inobatga olish lozimki, ayrim hollarda jinoyatning tugallanish payti ekspluatatsiya tugagan (masalan, jabrlanuvchi qochib ketgan, jinoyatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan barham berilgan, jabrlanuvchi aybdorning o‘zi yoki boshqa shaxslar tomonidan ozod qilingan va h.k.) vaqt bilan bog‘liq bo‘ladi.
8. Sudlarga tushuntirilsinki, Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismi “a” bandi bilan jabrlanuvchini o‘g‘irlash, zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qo‘llash bilan bog‘liq tarzda sodir etilgan odam savdosi kvalifikatsiya qilinadi.
O‘g‘irlash deganda, odamni qonunga xilof ravishda, yashirin yoki oshkora qo‘lga kiritish va uning erkiga xilof ravishda uni olish-sotish yoki ekspluatatsiya qilish maqsadida boshqa joyga olib ketish tushunilishi lozim.
Zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish deganda, bog‘lash, ozodlikdan mahrum etish, urish-do‘pposlash, ushlab turishdan boshlab, jabrlanuvchining sog‘lig‘iga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, shuningdek, jabrlanuvchining sog‘lig‘iga ziyon yetkazmagan bo‘lsada, biroq qo‘llanilgan paytda bunday ziyon yetkazishga real imkoniyat tug‘dirgan zo‘rlikkacha bo‘lgan har qanday majburlash tushunilishi lozim.
Boshqa shakldagi majburlash deganda, jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilarining mulkiga shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud shikast yetkazish yoki nobud qilish bilan tahdid qilish, jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilari obro‘sini to‘kadigan ma’lumotlarni yoki ularning huquqlari yoki qonuniy manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni tarqatish yoxud jabrlanuvchini aybdorning u yoki bu ko‘rsatmalarini bajarishga majbur etadigan vaziyatni vujudga keltiradigan har qanday harakatlarni amalga oshirish tushunilishi kerak.
9. Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismi “g” bandi bilan aybdorga moddiy yoki boshqa jihatdan qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan odam savdosi bilan bog‘liq harakatlar kvalifikatsiya qilinadi.
Moddiy qaramlik, jumladan, jabrlanuvchi aybdorning to‘liq yoki qisman qaramog‘ida bo‘lganligani, qarzdorning kreditorga muteligini va h.k.ni anglatadi.
Boshqa jihatdan qaramlik deganda, jabrlanuvchining aybdorga har qanday nomoddiy qaramligini (masalan, oilaviy munosabatlar, tobe shaxsning rahbariga, o‘quvchining o‘qituvchiga qaramligini) tushunish zarur.
10. Xizmat mavqeyidan foydalangan holda odam savdosi (Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismi “j” bandi), bunday jinoyat mansabdor shaxs tomonidan yoki o‘z xizmat vakolatlaridan Jinoyat kodeksining 135-moddasida nazarda tutilgan har qanday qilmishni yengillatish maqsadida foydalangan boshqa shaxs tomonidan sodir etilganligini bildiradi.
11. Tushuntirilsinki, Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismi “z” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor jabrlanuvchini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga yoki uning hududiga Davlat chegarasi orqali (qonuniy yoki qonunga xilof tarzda) toptaydi yoki boshqa tarzda o‘tkazadi yoxud shaxsni uning erkiga zid ravishda xorijiy davlat hududida ushlab turadi.
Jabrlanuvchini chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turish uning O‘zbekiston Respublikasi hududiga qaytishi yoki O‘zbekiston Respublikasi diplomatik yoki konsullik muassasalari bilan aloqa bog‘lash imkoniyatidan mahrum qilganida namoyon bo‘ladi.
12. Ta’kidlash lozimki, Jinoyat kodeksining 135-moddasi uchinchi qismi “b” bandi bo‘yicha jinoiy javobgarlik, faqat odam savdosida obyekt sifatida ishtirok etgan shaxs o‘limi yoki boshqa og‘ir oqibatlar ehtiyotsizlik oqibatida yetkazilgan taqdirdagina kelib chiqadi.
Boshqa og‘ir oqibatlar sifatida, jumladan, jabrlanuvchining o‘zini o‘zi o‘ldirishi, unga tanosil yoki OITS kasali yuqtirilganligi, ruhiy holati buzilishi va h.k. tan olinishi mumkin.
13. Qonun mazmuniga ko‘ra, aldash yo‘li bilan sodir etilgan olish-sotish, shuningdek, odamni ekspluatatsiya qilish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish tariqasidagi odam savdosi Jinoyat kodeksining 135-moddasi dispozitsiyasi bilan qamrab olinadi va Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi, Jinoyat kodeksining 168-moddasi uchinchi qismi “a” bandi bundan mustasno.
14. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, odam savdosi jinoyati Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismining “j”, “z”, “i”, “k” bandlari, uchinchi qismining “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilinganda, qilmishni Jinoyat kodeksining mazkur jinoyatlar uchun javobgarlik belgilovchi moddalari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishga, faqat qonunning boshqa normasida Jinoyat kodeksining 135-moddasi tegishli qismi sanksiyasida belgilangan jazodan og‘irroq jazo belgilangan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
Agar odam savdosida shaxs badaniga qasddan og‘ir shikast yetkazilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi bilan qamrab olinmaydi. Bunday hollarda aybdorning harakatlari Jinoyat kodeksining 104-moddasi tegishli qismi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
15. Odam savdosiga oid ishlarni ko‘rishda sudlar mazkur jinoyat sodir etilishiga imkon yaratgan barcha shaxslar javobgarlikka tortilgan tortilmaganligini sinchkovlik bilan tekshirishlari lozim. Ayni paytda ish bo‘yicha shaxsning qonunga xilof ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlangan taqdirda, sudlar jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari mansabdor shaxslariga nisbatan xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirishlari lozim.
16. Yuqori instansiya sudlari odam savdosiga oid ishlar bo‘yicha birinchi instansiya sudlari chiqargan sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligi ustidan tegishli nazoratni ta’minlashlari, yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlarini o‘z vaqtida aniqlashlari va bartaraf etishlari lozim.
Toshkent sh.,
2009-yil 24-noyabr,
12-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Qarori

Download 143,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish