Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ва психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишга оид жиноят ишлари бўйича суд амалиёти тўғрисида



Download 143,61 Kb.
bet28/39
Sana20.06.2022
Hajmi143,61 Kb.
#685526
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
Bog'liq
Oliy sud plenum jinoyat qaror

Oldingi tahrirga qarang.
Jazoni o‘tayotgan shaxs tomonidan yangi jinoyat sodir etilganda, jazoning o‘talmagan qismi sifatida yangi jinoyat uchun u ushlangandan yoki qamoqda saqlab turish sifatida ehtiyot chorasi tanlanganidan so‘ng qolgan muddatni hisoblash lozim. Agar bunday ehtiyot chorasi tanlanmagan yoki boshqa turdagi ehtiyot chorasi tanlangan bo‘lsa, jazoning o‘talmagan qismi muddati oxirgi hukm chiqarilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
(57-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
58. Agar ish bo‘yicha mahkum boshqa jinoyatlarda ham aybdor ekanligi aniqlanib, ulardan ayrimlari birinchi hukm chiqarilgunga, boshqalari esa, hukm chiqarilgandan so‘ng sodir etilgan bo‘lsa, ikkinchi hukm bo‘yicha jazo avval birinchi hukm chiqarilgunga qadar sodir etilgan jinoyatlar majmui bo‘yicha, keyin JK 59-moddasi sakkizinchi qismi qoidasiga ko‘ra, so‘ngra birinchi hukm chiqarilganidan keyin sodir etilgan jinoyatlar majmui bo‘yicha va oxirida bir necha hukm yuzasidan (JK 60-moddasi) uzil-kesil tayinlanadi.
(58-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
Shaxs davomli yoki uzoqqa cho‘zilgan, ya’ni birinchi ish bo‘yicha hukm chiqarilguncha qadar boshlanib, hukm chiqarilgandan so‘ng ham davom etgan jinoyat uchun sudlanayotgan bo‘lsa, sud ikkinchi hukm bo‘yicha jazo tayinlashda JK 60-moddasini qo‘llashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
JK 59-moddasining 8-qismiga muvofiq, jinoyatlar majmui bilan tayinlangan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining o‘tash muddatining boshlanishi birinchi hukmga ko‘ra qamoqqa olingan kundan, JK 60-moddasi qoidalariga muvofiq bir necha hukm yuzasidan tayinlangan uzil-kesil jazo muddati esa oxirgi hukm bo‘yicha qamoqqa olingan kundan boshlab hisoblanadi.
(58-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
59. Qonunga ko‘ra, agar mahkumning ahvoli yomonlashmasa va himoyaga bo‘lgan huquqi buzilmasa, sud jinoiy qilmishni jinoyat qonunining bitta moddasidan yengilroq jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi bir necha moddasiga qayta kvalifikatsiya qilishga haqli.
Bunda jinoyatlar majmui bo‘yicha tayinlangan jazo jinoiy qilmish ayblanuvchi sifatida ishga jalb qilish haqidagi qarorda va ayblov xulosasida kvalifikatsiya qilingan Jinoyat kodeksi moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan maksimal jazodan og‘irroq bo‘lishi mumkin emas.
Ishni apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarida ko‘rishda ham ushbu qoidani e’tiborda tutish lozim.
60. Sudlarga tushuntirilsinki, har bir qilmish uchun alohida jazo tayinlamasdan turib jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo belgilanishi yoki alohida jinoyatlar uchun jazo tayinlanib, jinoyatlar majmui bo‘yicha uzil-kesil jazo tayinlanmasligi yoxud tayinlangan jazoga ilgarigi hukm bo‘yicha tayinlangan va sudga ma’lum bo‘lgan jazoning o‘talmagan qismi qo‘shilmasligi jinoyat qonuni normalarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi sifatida baholanib, hukmning bekor qilinishiga olib keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
61. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi:
(61-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
ishlarni barcha sud instansiyalarida ko‘rishda jinoyat uchun jazo tayinlash haqidagi qonun normalarining to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlasinlar;
jazo tayinlash amaliyotini doimiy ravishda o‘rganib borish va umumlashtirish, qonunni qo‘llashda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilgan holda, kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli choralar ko‘rsinlar.
62. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining quyidagi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
1996-yil 19-iyuldagi “Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 16-sonli;
1999-yil 14-maydagi “Jinoiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar haqida”gi 11-sonli;
2000-yil 22-dekabrdagi “Jinoyat uchun jazo choralarini tayinlash borasida sud amaliyotida vujudga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 31-sonli;
2002-yil 14-iyundagi “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 10-sonli qarorning 5, 20, 26-bandlari;
2003-yil 19-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan qabul qilingan ayrim qarorlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 20-sonli qarorning 2, 6-bandlari.
2006-yil 3-fevral,
1-son


[ОКОЗ:
1.16.00.00.00 Хавфсизлик ва ҳуқуқ тартибот муҳофазаси / 16.09.00.00 Маъмурий жавобгарлик / 16.09.14.00 Одил судловга, жамоат тартибига ва бошқарувнинг ўрнатилган тартибига тажовуз қилувчи ҳуқуқбузарликлар учун маъмурий жавобгарлик;
2.16.00.00.00 Хавфсизлик ва ҳуқуқ тартибот муҳофазаси / 16.11.00.00 Жиноят қонунчилиги / 16.11.06.00 Жиноятларнинг алоҳида турлари учун жавобгарлик / 16.11.06.06 Жамоат ва жамоат тартибига қарши жиноятлар]
[ТСЗ:

Download 143,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish