11-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu:Nasos stansiyasi yordamchi jihozlarini tanlash.Nasos stansiya suv-energetik hisobi.
11.1.Nasos agregati uchun dvigatel tanlab nasos stansiyasining suv energetik hisobi qiladi.
Dvigatel tanlash uchun “Ndv” va“ndv” “hi”parametrlari ma’lum bo‘lishi kerak.
Dvigatel quvvati
Ndv = Np * K3=9,81*Qn *Hm/η* K3 = 9,81* 0,6*100 / 0,75*1,01 = 793 kVt
Np >100 kVt bo‘lganda K3 - dvigatelning zaxira koeffitsenti K3=1,05-1,01 gacha
Nn =1-10 kVt bo‘lsa K3=1,15, Nn = 11-50 kVt bo‘lsa K3=1,1, Nn =50-100 kVt bo‘lsa K3=1,08.
Dvigatelning aylanishlar sonini nasosning aylanishlar soniga teng deb qabul qilamiz Pdv = PH = 980 ayl/min
Dvigatel quvvati va aylanishlar soni orqali dvigatellar katalogidan dvigatel tanlaymiz.
Ndv = 793 kVt, ndv= 980 ayl/min
Dvigatellar ikki xil bo‘ladi:
1. Asinxron 2. Sinxron
Dvigatel markasi A13-59-6 Quvvati Ndv = 800 kVt, kuchlanishi U-6000 V, massasi m = 8310 kg
Shu tanlangan dvigatelning texnik xarakteristikalarini jadvalga tushiramiz.
Tanlangan dvigatelning planda ko‘rinishi, bo‘ylama va ko‘ndalang kesimini kalka qog‘oziga chizamiz.
11.2.Nasos stansiyasining suv-energetik hisobi.
Suv-energetik hisobning maqsadi- vegetatsiya davrida nasos stansiya yordamida ko‘tarib berilayotgan suv miqdori va unga sarf bo‘layotgan elektr energiya miqdorlarini aniqlashdan iboratdir.
Suv-energetik hisob 1-jadvalda quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1 ustun – davrlar bo‘yicha suv uzatishning davomiyligi, kunlarda;
2 ustun - suv uzatishning davomiyligi, soatda:
Tsoat= Tkun · 24
3 ustun – suv uzatishning davomiyligi, soniyada:
Tsek= Tsoat· 3600
4 ustun – nasos stansiyani davrlarda uzatib berayotgan suv sarfi;
5 ustun – nasos stansiyani manometrik napori;
6 ustun –nasos stansiyaning quvvati, quyidagicha aniqlanadi:
Nns= 9,81·Qns·Nm /ηns,
bu erda ns =n ·dv ·tar – nasos stansiyaning FIKi, nasos, dvigatel va elektr tarmoqning (tar=0,98) FIKlarini ko‘paytmalariga teng;
7 ustun –E- davrda nasos stansiya iste’mol qiladigan elektr energiya miqdori, - vegetatsiya davrida nasos stansiya iste’mol qiladigan elektr energiya miqdori:
E = Nns · Tsoat, kVt·soat
8 ustun – W – davrda nasos stansiya yordamida ko‘tarib berilayotgan suv miqdori, - vegetatsiya davrida nasos stansiya yordamida ko‘tarib berilayotgan suv miqdori: W= Qns·Tsek, m3
2-jadval. Suv-energetik hisob
Davrning davomiyligi
|
Qns,
m3/s
|
Nm,
M
|
Nns,
kVt
|
E·106,
kVt·soat
|
W·106, m3
|
Tkun
|
Tsoat
|
Tsek·103
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
|
=
|
|
|
|
|
=
|
=
|
SHunday qilib, vegetatsiya davrida nasos stansiya yordamida =…... m3 suv ko‘tarilib beriladi, buning uchun =……kVt·soat elektr energiya iste’mol qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |