8-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu:Suv olish inshooti so‘rish quvurlari va stansiya binosining asosiy o‘lchamlarini aniqlash.
8.1.Nasosning so‘rish tizimi nasos kamerasidan nasosga suvni etkazib berishini ta’minlaydi. Har bir nasos uchun so‘rish quvuriga ega bo‘lashi shart, bu o‘z navbatida nasoslarni mustaqil ishini ta’minlaydi.
Gorizontal markazdan qochma “D” turdagi nasoslarga uzunligi 10 ÷ 25 m bo‘lgan so‘rish quvurlari orqali olib kelinadi (12,13-rasmlar). Quvurning materiali – po‘lat yoki er ostida yotqizilgan bo‘lsa - temirbeton bo‘ladi.
So‘rish quvurining diametri ruxsat etilgan tezlik Vrux = (1,0 ÷1,75) m/s oralig‘ida bo‘lishi kerakligidan kelib chiqib, quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Dso‘r = (4·Qn /(π· Vrux)) 0,5 , m
Aniqlangan qiymat standart qiymatgacha yahlitlanadi va nasos kirish patrubogini diametri D dan kichik bo‘lishi mumkin emas.
So‘rish quvuriga kirish qismining diametri kirishdagi ruxsat etilgan tezlik Vrux = (0,8 ÷1,0) m/s oralig‘ida bo‘lishi kerakligidan kelib chiqib, quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Dkir = (4·Qn /(π· Vrux)) 0,5 , m
Agar Dso‘r nasos kirish patrubogini diametri D dan katta bo‘lsa, nasosning oldida burchagi 8-100 li konfuzor hosil qilinadi. So‘rish quvurining kirish qismida ham konfuzor o‘rnatiladi.
Nasos kamerasi enini aniqlaymiz.
Vk=3 Dkir= 3*0,84 = 2,52 m = 2520 mm Vk st = 2500 mm.
Agar nasos kamerasi eni V<3*Dkir ,bo‘lsa nasos quvuriga suv kirish qiyinlashadi, natijada nasos ishlashi yomonlashadi, agar teskarisi bo‘lsa ya’ni V > Dkir unda nasos kamerasida ortiqcha suv hosil bo‘lib bu nasos qurilish qiymatlarini oshirish mumkin.
CHiqqan natijani standard o‘lchamlarga yaxlitlaymiz. Vk st = 2500 mm.
h1 ni aniqlaymiz.
Minimal suv sathidan so‘rish quvurining kirish qismigacha bo‘lgan masofa h1.
h1=0,8*Dkir= 0,8*0,84 = 0,67 m = 670 mm
agar h1kir bo‘lsa nasos kamerasida aylanma burum (varanka) suv oqimi paydo bo‘lishi mumkin. Bu aylama burum suv oqimiga havo kirishi mumkin va natijada nasosning kavitasiya protsessini kuchaytirishi mumkin.
Agar h1>2 Dkir bo‘lsa nasos yaxshi lekin nasos kamerasi qurilish qiymati oshadi, kamerada ortiqcha suv hosil bo‘ladi.
h2-so‘rish qismidan nasos kamerasi tubigacha bo‘lgan masofani aniqlash.
h2=2*Dkir= 2*0,84 = 1,68 m =1680 mm
h2kir bo‘lsa nasos so‘rishga qiynaladi, nasosga loyqa cho‘kindilar kirishi ko‘payadi.
Nasos kamerasining uzunligini aniqlaymiz.
Ln.k = Wk / Vk* hk = 21 / 2,5*2,35 = 3,57 m.
Bu erda: Wk-nasos kamerasidagi suv hajmi (bitta kameraning suv hajmi)
Wk=(30-40)*Qn = 35*0,6 = 21 m3
Vk - nasos kamerasining eni
hk - kameradagi suv sathi balandligi.
Kamerali va blokli tipdagi binolar nasos stansiyalarida kamera o‘lchamlari so‘rish quvuri va so‘rish balandligi o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi.
Katolog yoki metodichkadan, uslubiy qo‘llanmadan olinadi.
Hk-nasos kamerasidagi suvning chuqurligi.
Hk= hk = 2350 mm
hk= h1+ h2 = 1680 + 670 = 2350 mm
hk-nasos kamerasidagi minilal suv sathigacha bo‘lgan masofa. Agar chuqurlashtirilgan Nasos stansiya qurishga to‘g‘ri kelsa, uning metodichka (uslubiy qo‘llanmada) berilgan.
So‘rish quvurlarni o‘lchamlari va sxemalari nasoslar kataloglarida berilgan.
Quvurlarni haqiqiy o‘lchamlarini aniqlash uchun katalogda berilgan o‘lchamlarni nasos kirish patrubogi diametri D ga ko‘paytirish kerak.
Suv olib kelish kanali avankamera bilan yakunlanadi, o‘z navbatida u kengayib borib chuqurlashadi (1-rasm). Avankamera kanalni nasos kameralari bilan tutashtirish uchun xizmat qiladi. Avankamera beton qoplamali qilib loyihalanadi, tubining nishabligi 1:5 va reja bo‘yicha kengayish burchagini 40 – 450 deb qabul qilinadi. Avankamerani uzunligi La geometrik qurish orqali aniqlanadi.
Har bir nasos o‘zini nasos kamerasiga ega bo‘ladi. Kameralar qalinligi t ≥ 1m va erkin qismining uzunligi a= (t/2 +0,2) m.li devor (bыchok)lar yordamida ajratiladi. Bundan tashqari qo‘qim ushlash panjaralari, qalinligi d=0,3÷0,5 m.li pazlarga ega zatvorlar va xizmat ko‘priklari bilan jihozlanadi. Zatvorlarga xizmat ko‘rsatish ko‘prigining kengligi s=1,2÷1,5 m.ga teng bo‘ladi. h1+h21+h2>3 m bo‘lganda e=3 m deb qabul qilinadi. Nasos kamerasining uzunligi Lk jihozlarni joylashtirish orqali aniqlanadi.
h1 o‘lchamlarini quyidagicha qabul qilish tavsiya beriladi:
- gorizontal markazdan qochma “D” turdagi kichik nasoslar uchun- so‘rish quvuriga kirish qismi pastki bef minimal suv sahidan kamida 2 m chuqurlikda bo‘ladi (1-rasm);
- gorizontal markazdan qochma “D” turdagi o‘rta va yirik nasoslar uchun- nasos ishchi g‘ildirak o‘qini pastki bef minimal suv sahidan kamida 0,5 m, so‘rish quvuriga kirish qismi kamida 2 m chuqurlikda bo‘ladi;
- vertikal markazdan qochma “B” va o‘qiy turdagi nasoslar uchun- so‘rish quvuriga kirish qismi pastki bef minimal suv sahidan kamida 2,5 m chuqurlikda bo‘ladi (1-rasmlar).
h2 o‘lchamini (0,8÷0,9)·Dkir ga teng deb olish tavsiya qilinadi.
h o‘lchamini kirishdagi so‘rish quvurining balandligiga teng deb qabul qilish tavsiya qilinadi.
Rejadagi nasos kamerasining eni b=3·Dkir yoki bquv (kirish qismidagi so‘rish quvurining eni)ga teng deb qabul qilinadi.
8.2.Nasos stansiyasining asosiy o‘lchamlarini aniqlash.
Suv sarfi so‘rish balandligi suv manbai va boshqalarga qarab tanlanadi.Agar suv manbai daryo yoki magistral kanal bo‘lsa,undagi suv sathining o‘zgarib turishiga qarab nasos stansiyasi binosi loyihalanadi.
№
|
O‘tish oralig‘i
|
Belgisi
|
Bir dona nasos suv sarfidagi Q o‘tish oraliqlari o‘lchami, sm
|
500 l/s
|
500-2000 l/s
|
2000 l/s dan ortiq
|
1
|
Devor bilan nasos chegarasi
|
L1
|
100
|
120
|
120
|
2
|
Nasos chekkalari oralig‘i
|
L2
|
100
|
120
|
120-150
|
3
|
Montaj maydonchasi uzunligi
|
Lm
|
100
|
120
|
120
|
4
|
Yon devor va jihozlar orasi
|
B1
|
100
|
125
|
150
|
5
|
Yonma-yon turgan jihozlar orasi
|
B2
|
100-200
|
120-150
|
150-200
|
6
|
Elektroshit va agregatlar orasi
|
Bb
|
200
|
200
|
200
|
7
|
Ikki yon devor va jihozlar oralig‘i
|
B11
|
350
|
250
|
350-450
|
8
|
Tik turgan agregatlar oralig‘i
|
BB
|
150
|
150-175
|
200-260
|
Nasos stansiyasida bir qator nasoslarni joylashgan nasosning bino enini topish.
Nasos stansiyasida ikki qator nasoslarni joylashgan nasosning bino enini topish.
Nasos stansiyasi binisi uzunligini topish.
Do'stlaringiz bilan baham: |