10-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Suv chiqarish inshootini turini tanlash va uning gidravlik hisobi.
Suv chiqarish inshooti bosimli quvurni mashina kanali bilan tutashtirish, quvurdan chiqayotgan suv energiyasini so‘ndirish va nasoslar o‘chirilganda kanaldagi suvlar ortga qaytib ketishini oldini olish uchun xizmat qiladi.
Suv chiqargichlar to‘g‘ri oqimli turdagi mexanik harakatdagi zatvorlar bilan jihozlangan (“xlopushka” turdagi, drosselli zatvor va tez tushuvchi щit), 1-rasm va zatvorsiz (avtomatik harakatdagi) bo‘ladi, 2-rasm. Zatvorsiz suv chiqargichlar sifonli va qabul qilish rezervuar-vodosliv turlarida bo‘ladi.
1-rasmda to‘g‘ri oqimli mexanik harakatdagi zatvor bilan jihozlangan suv chiqargichni qirqimi va rejasi keltirilgan, bu erda: 1- bosimli quvur, 2 - quduq, 3 – tutashtiruvchi qism, 4 – mashina kanali.
Bosimli quvurning chiqish qismini diametri Dchiq=1,2·Dquv ga teng deb olinadi. Quvurlar orasidagi masofa– 1,0 m teng deb olinadi. Quvur yuqori chiqish qismi minimal suv sathidan kamida 0,3-0,5 m chuqurlikda bo‘lishi kerak. Quvur pastki qismidan tubgacha bo‘lgan masofa 0,3 m.ga teng deb olinadi. Quduq tubini kanal tubi bilan tutashtirish nishabligi 1:2 ga teng bo‘lgan o‘tish uchastkasi yordamida amalga oshiriladi.
Quduq uzunligi Lq = (5,5÷6,5)· hz ga teng deb olinadi. Kanalni mustahkamlash uzunligini Lmust=(4÷5)·hmax deb olamiz. Har bir quvur chiqishda xizmat ko‘prigi va zatvori bilan jihozlangan kamerasiga ega bo‘ladi. Kameralar qalinligi t≥0,6 m bo‘lgan devorlar (bыchok) yordamida ajratilgan. Quvurdan devorlargacha bo‘lgan masofa b=0,3 m.ga teng.
Agar quduq eni kanal enidan katta bo‘lsa, unda reja bo‘yicha 40-450 li (o‘tish uchastkasi) torayish hosil qilinadi. O‘tish uchastkasini uzunligi grafik qurish orqali aniqlanadi.
2-rasmda sifonli suv chiqargichni qirqimi va rejasi keltirilgan, bu erda: 1- sifon bilan tugaydigan bosimli quvur, 2 - quduq, 3 – tutashtiruvchi qism, 4 – mashina kanali, 5 – pastki qismi qisqartirilgan sifon (Dchiq=1,2·Dquv), 6 – pastki qismi uzaytirilgan va chiqish qismi to‘g‘ri burchakli kesimga ega sifon (hchiq = 0,785·Dquv, bchiq = Dquv).
Sifon bo‘g‘zining otmetkasi kanaldagi eng yuqori suv sathidan kamida 0,1 m yuqorida joylashishi kerak. Quvur yuqori chiqish qismi minimal suv sathidan kamida 0,5 m chuqurlikda bo‘lishi kerak.
Sifon chiqish qismidan quduq tubigacha bo‘lgan masofa C= 1,25·Dвыx ga teng deb qabul qilinadi. Quduqning uzunligi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- Lq = 2Dquv – bir quvurli sifon bo‘lsa;
- Lq = 3Dquv – ikki, uch, yoki to‘rt quvurli sifon bo‘lsa;
- Lq = 4Dquv – to‘rtdan ortiq quvurli sifon bo‘lsa.
Kanalni mustahkamlash uzunligi Lmust = 8·hmax ga teng.
Sifondan chiqish qismidan devorgacha va sifonlar orasidagi masofa 0,3 m deb qabul qilinadi. Agar quduq eni kanal enidan katta bo‘lsa, unda reja bo‘yicha 40-450 li (o‘tish uchastkasi) torayish hosil qilinadi. O‘tish uchastkasini uzunligi grafik qurish orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |