Bosimni o‘lchash uchun texnikada ishlatiladigan biriliklar 1. Kuch birliklarining yuza birliklariga nisbati bilan:
мН2 ; мкг2 ; смкг2 ; Па мН2 ;
Suyuqlik ustuniy balandliklari bilan, masalan mm.suv.ustuni; mm.simob ustuni.
simob utunining 760 mm balandlik miqdordagi bosim birligi hisoblanadi. Texnik atmosfera-at.; fizik atmosfera-atm, bar.
1 atm = 10,2 10 -6 N/sm 2
2.7. Bosimni o‘lchash asboblari va usullari
Bosim o’lchash asboblari ikki guruhga ajraladi. Ular suyuqlik va mexanik asboblardir.
Suyuqlik asboblari:
a) pьezometrlar-idishdagi bosim unga ulangan shisha naychada tekshirilayotgan suyuqlikning
ko’tarilishiga qarab aniqlanadi (2.3-rasm). Idishdagi bosimning katta yoki kichikligiga qarab
pьezometr (shisha naycha) da suvning sathi hn balandlikka ko’tariladi.
Tekshirilayotgan a nuqtadagi bosim ra idishdagi erkin sathidagi bosim bilan undagi suv
ustunining bosim yig’indisiga teng. Pьezometr orqali aniqlanganda u gidrostatikaning asosiy
tenglamasi yordamida quyidagicha aniqlanadi:
ra = ra (h + hn).
U holda pьeozometrda suyuqlik erkin sathining balandligi bosim orqali quyidagicha ifodalanadi:
h hn pA pa
va idishdagi chegirma bosimga to’g’ri keladigan suyuqlik ustunining balandiligini ko’rsatadi. Bunday asboblar 0.5 atm dan yuqori bo’lmagan kichik chegirma bosimlarni o’lchashda ishlatiladi.
Haqiqatda ham 1 at. ga teng bo’lgan bosim 10 m suv ustunining balandligiga teng bo’lgani uchun yuqori bosimlarni o’lchashda juda uzun shisha naychalar ishlatishga to’g’ri kelgan bo’lar edi.
Suyuqlik U – simon monometrlari — bosim tekshirilayotgan suyuqlik bilan emas, simob ustuni yordamida o’lchanadi (2.4-rasm). Bu holda simobli shisha naycha idishga U – simon naycha orqali ulanadi. Bunda simobning bosimi o’lchanayotgan idishga oqib o’tishga U – simon naychadagi qarshilik to’sqinlik qiladi. U holda A nuqtadagi bosim idish tomondagi qiymatlar orqali quyidagicha aniqlanadi:
rA = p + h1
Simobli naychadagi qiymatlari orqali esa
rA = pa + sm hsm.
Bu ikki tenglikdan r ni topamiz:
R= pa sm hsm - h1
Bunday monometrlar ham bir necha atmosferadan ortiq bosimni o’lchashga yaramaydi.
2.3-rasm. Pьezometr. 2.4-rasm. U-simon manometr.
2.5-rasm. Differentsial manometr
Differentsial monometrlar - ikki idishdagi bosimlar farqini o’lchash uchun ishlatiladi (2.5-rasm). Bosimlarni ra va rv ga teng bo’lgan ikki idish simobli U – simon naycha orqali tutashtirilgan. Bu holda S nuqtadagi bosim birinchi idishdan bosim orqali quyidagicha ifodalanadi.
rs = ra + 1 h1
Ikkinchi idishdagi bosim orqali esa
ps = rv + 1 h2 +sm h.
U holda idishlardagi bosimlar farqi
pa – rv = 1 (h2 – h1)+ sm h.
Ikki idishdagi suyuqliklar sathi teng bo’lganda esa h2 – h1 = h va
pa–rv =(sm - 1) h.
Mikromonometrlar — juda kichik bosimlarni o’lchash uchun ishlatiladi va suyuqlik sathining sezilarli bo’lishi uchun suyuqlik to’ldirilgan idishga shisha naycha qiya burchak ostida ulanadi (2.6-rasm) U holda idishdagi chegirma bosim quyidagicha aniqlanadi: r = h bo’lgani uchun
r = l sin,
2.6-rasm. Mikromanometr.
SHisha naychani qiyalik burchagi qancha kichik bo’lsa, bosim shuncha aniq o’lchanadi. Ko’p hollarda monometr shisha naychasining qiyalik burchagini o’zgaruvchan qilib ishlanadi. Bu holda mikromonometrlarni qo’llanish chegarasi kengayadi.
d) Vakuummetrlar. Tuzilishi xuddi suyuqlik U-simon monometrlarga o’xshash bo’lib, idishdagi siyraklanish darajasini aniqlaydi (2.7-rasm). Gidrostatik bosim tenglamasiga asosan
p +sm hsm = pa
u holda
r = r a - sm hsm
simob ustunining pasayishi idishdagi bosim va ra orqali quyidagicha ifodalanadi:
hсм pa p .
см
2.7-rasm. Vakuummetr
Mexanik asboblar (katta bosimlarni o’lchash uchun ishlatiladi va buning uchun turli mexanik sistemalardan foydalaniladi);
Prujinali monometr (2.8-rasm) ichi bo’sh yupqa egik latunь 1 naychadan iborat bo’lib, uning bir uchi kavsharlangan. SHu uchi zanjir 2 bilan tishli uzatma 3 ga ilashtirilgan bo’ladi.
Ikkinchi uchi esa bosimi o’lchanishi zarur bo’lgan idishga bo’yin 4 orqali tutashtiriladi. Egik latunь naycha havo bosimi ta’sirida to’g’rilanishga harakat qilib, tishli uzatma yordamida strelkaning burilishiga sabab bo’ladi. Bunday monometrlarda bosimni ko’rsatuvchi shkala bor.
Membranali monometr (2.9-rasm) – yupqa metall plastinka yoki rezina shimdirilgan materialdan tayyorlangan plastinkaga ega bo’lib, u membrana deyiladi.
Suyuqlik bosimi idish bilan tutashtiruvchi bo’yicha orqali o’tib, membranani egadi. Bu egilish natijasida richaglar sistemasi orqali strelka harakatga keladi va shkala bo’yicha surilib, bosimni ko’rsatadi.
2.8-rasm 2.9-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |