5. Suv resurslarini ifloslanishdan saqlash va qayta tiklash chora-tadbirlari. Dunyoda aholining tez o’sishi va urbanizatsiya jarayoni, sanoatning rivojlanishi, qishloq xo’jaligi ekinlari maydonining, asosan sug’oriladigan yerlarning kengayishi chuchuk suvga bo’lgan talabni yanada kuchaytiradi, oqibatda iflos chiqindi suvlar miqdori ortib, ichki suv havzalari tobora ifloslanib boraveradi. Natijada chuchuk suv resurslarining sifatini yomonlashishidan tashqari, suvning tabiatda aylanib yurish jarayoniga ham salbiy ta’sir etadi. SHu sababli zudlik bilan suv resurslaridan foydalanishning yangidan-yangi yo’llarini izlab topish, suv resurslarining sifatini tekshirish yuzasidan qattiq nazorat o’rnatish, suv resurslarining ifloslanishini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |