Gidromodul (yun hydor -suv, lot modulus oʻlchov) muayyan vaqt davomida 1 ga ekinini sugʻorishga sarflanadigan oʻrtacha suv miqdori. T.(q) 1 ga yerga l/sek hisobida ifodalanadi. Sugʻoriladigan dala G



Download 18 Kb.
Sana12.04.2020
Hajmi18 Kb.
#44043
Bog'liq
I va M mus ish

Gidromodul (yun. hydor —suv, lot. modulus — oʻlchov) — muayyan vaqt davomida 1 ga ekinini sugʻorishga sarflanadigan oʻrtacha suv miqdori. T.(q) 1 ga yerga l/sek hisobida ifodalanadi. Sugʻoriladigan dala G.—bevosita sugʻoriladigan paykalga berilgan suvning oʻrtacha miqdorini bildiradi.

Sugʻorish tarmogʻidagi suv sarfini topish uchun barcha suv berish G.lari aniqlanadi va sugʻorish tarmogʻining ish jadvali rejasi yoki sistemaning suvdan foydalanish rejasi tuziladi. Jadvalda har bir ekinga alohida suv berish G.ining kattaligi koʻrsatiladi. Bu jadval maʼlumotlari asosida vertikal oʻq boʻyicha q ning , gorizontal oʻq boʻyicha qiymatlari belgilanib, G. grafigi chiziladi. Grafikni tartibga solish yoki toʻldirish uchun har bir ekin koʻtaradigan chegaralarda suv berish davri davomiyligi oʻzgartiriladi; baʼzida esa sugorish normasi saqlangan holda suv berish normasi oʻzgartiriladi. Gʻalla-gʻoʻza-beda almashlab ekish ekinlari uchun G. nettoning taxminiy koʻrsatkichlari q.x. ekinlari grunt suvlari namidan foydalanmaydigan sharoitlarda Oʻrta Osiyo mintaqalarida 1 ga uchun maksimal G. netto 1,05—0,8 l/s (jan. r-nlarda koʻproq, shim. r-nlarda kamroq).



Gidromodul boʻyicha rayonlashtirish —sugʻoriladigan yerlar maydonini q.x. ekinlari suv talabligi, mexanik tarkibi, sizot suvlari sathi chuqurligiga qarab mintaqalarga ajratish. Gidromodul boʻyicha rayonlashtirish sugʻorish kanallarining hisob-kitoblari va suvdan foydalanishni rejalashtirish va boshqarish uchun zarur. Barcha sugʻorish va suv berish normalari, suv berish oraligʻidagi davr, yaʼni gidromodul ordinatalari egat bilan sugʻorish uchun belgilanadi. Tuproqning mexanik tarkibi yengil, grunt suvlari chuqur boʻlsa, sugʻorish normasi kattaroq belgilanadi, suv berish normasi esa kichik, ammo soni koʻproq (suv berish davri choʻzilgan) boʻladi. Tuproq mexanik tarkibining ogʻirlashuvchi va grunt suvlarining koʻtarilishi bilan sugʻorish normasi kamayadi va suv berish normasi ortadi. Har bir zonada tuproq mexanik tarkibiga qarab yengil (qumli, qumloqi), oʻrta (yengil va oʻrtacha qumoqli) va ogʻir (ogʻir qumoqli, gilli va qatlamli) turlarga boʻlinadi. Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalari har bir tuproq turi tarqalgan maydonlar, sizot suvlari sathining chuqurligiga qarab quyidagi gidromodul rayonlari ajratiladi: grunt suvlari sathi 3 m dan chuqur; 2—3 m, 1—2 m va 1 m dan kam boʻlgan rayonlar. Grunt suvlari sathi chuqurligiga koʻra yengil tuproqlarda 1, II, III; oʻrtacha tuproqdarda IV, V, va VI, ogʻir tuproqdarda VII, VIII va IX gidromodul rayonlari belgilangan. Grunt suvlari chuq. 1 m va undan yuza boʻlgan hollarda tuproqning hamma turlari X gidromodul rayonga kiritiladi.

Sugʻoriladigan maydonlarning kengayishi natijasida tuproq qatlami va suvfizik va kimyoviy tarkibi turlicha boʻlgan yerlar ekinzorlarga aylanmoqda. Bunday yerlarda ekinlarni oʻstirish tuproqning shoʻrlanish darajasi va tipiga, sugʻorish suvining sifati va tuproq qatlamining tuzilishiga koʻra turli miqdorda suv talab qiladi. Shuning uchun ilmiy va loyiha tashkilotlari agrolandshaft Gidromodul boʻyicha rayonlashtirish, meliorativ va shoʻr yuvish rejimini hisobga oluvchi Gidromodul boʻyicha rayonlashtirish, grunt suvlari hosil boʻlishi va sugʻorishning shoʻr yuvish rejimi sharoitlarini hisobga oluvchi Gidromodul boʻyicha rayonlashtirish usullarini yaratish yoʻnalishida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Download 18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish