Berilliy oksidlarining yuqori haroratda suyuqlanishi, qattiqligi.
Yuqori issiqlik o‘tkazuvchanligi, yuqori elektrga qarshiligi, issiqqa chidamliligi o‘tga chidamli materiallar yasashda qo‘l keladi. Shuning uchun Be oksidlaridan tigellar, trubalar yasashda, pechlam I futerovka qilishda, grafitli ligellarning ustki qismini bo'yashda, rentgen texnikasida, elektrolizda va katalizda qollanilmoqda.
Berilliyning 30 dan ortiq Be minerallari uchraydi. Ulaming asosiylari berill.
Berilliy oksidini olish usullari.
Hozirgi vaqtda berilliy 2 xil — ftorit va sulfatli usullarda ajratib olinadi.
Berilliy konsentratlarini qayta ishlash usullari. Berilliy konsentratlari asosiy berilliy oksidi olish va undan suvsiz xlorid hamda
ftorid berilliyni tuz holida ajratib olishga asos bo‘ladi. Chunki bu
tuzlarni elektroliz yoki magneterik qayta ishlab, berilliy metall
olinadi. Hozirgi vaqtda berilliy 2 xil — ftorit va sulfatli usulda ajratib
olinadi.
Sulfatli usul. Ohak bilan kuydirish sulfatli usulning ko'rinishidir. Bu usul besh bosqichdan iborat bo'lib, ularga kuydirish, sulfatlash, ishqorlash, bug'lash va durlash, quritish va qizdirish kiradi .
Kuydirish (suyultirish). Berill konsentrati ohak bilan 2:1 nisbatda
aylanuvchi elektr o'choqlarida 1500—1600°C da kuydiriladi. Berill
konsentrati kuydirilganda alyuminat berilliy hosil bo'ladi. Uni
H2S04 va CaSi03 bilan ishlash osonlashadi.
3BeO×A12O3×6SiO2+6CaO>3BeO•A12O3+6CaSiO3
Sulfatlash. Yuqori kuydirishda hosil bo'lgan (suv bilan)
zo'ldirli tegirmonda maydalanib (0,1—0,074 mm) konsentrlangan
kislotasi H2SO4 bilan sulfatlashga yuboriladi. Bu jarayon po'lat
reaktorlarida yoki 63% H2SO4 bilan avtoklavda o'tkaziladi. Jarayon qizdirish uchun unga suv qo'shib turiladi, chunki suv qo'shilganda issiqlik ajralib chiqadi.
Ishqorlash. Sulfatlash jarayonida hosil bo'lgan Al,Be,Mg va Ca
sulfatlari issiq suv bilan aylantirish orqali ishqorlanadi. Undan
so'ng qattiq holdagi CaSO4 va H2SiO3 tozalanadi va tozalangan aralashmaning tarkibida (eritma) 32 kg/1 BeO, 35 g/1 A12O . va 2—3 g/1 Fe2O3 bo'ladi.
Bug'lash va durlash. Jarayonda eritmaning zichligi 1,32g/l
bo'lguncha bug'latiladi va uni kristallizatorlarga yuboriladi. U yerda
(NH4)2SO4 (25% ortiqcha qilib) qo'shilib, undan alyuminiy achchiqtoshlari cho'ktirib olinadi.
(NH4)2SO4*A12(S04)3*24H20
Buni ajratib olish uchun eritma 15°C gacha sovitiladi, so'ng
qaynatiladi. Cho'kmaga 250 g/1 BeS04 va 60 g/1 (NH4)2S04 eritmasi
bilan ishlov beriladi. Natijada aralashmadan 750g/l konsentratsiyali
BeS04 sulfatlari ajratib olinadi. Eritmada qolgan A1 va Be sulfatlari orqali kalsiy sulfatlarining eruvchanlik xossasi aniqlanadi: 20°C da 2 g/1 CaS04 eriydi. Eritma
bug'latilsa, CaSO4 ning eruvchanligi kamayadi va CaS04Al achchiqtoshlari bilan to'liq cho'kmaga tushadi. BeS04 ajratib olinadi.
Quritish va qizdirish. BeS04×4H2O kristallari sentrofugada
siqilib qizdiriladi.
BeS04*4H20=BeO+S03+4H20
Bu jarayonni aylanuvchi trubasimon pechlarda 1000—1050°C
da olib boriladi. Natijada BeO hosil bo'ladi. Uning tarkibida 0,1 %
Fe203 va A1203, 0,08% C02 va 0,2% Si02 bo'ladi.
Hozirgi vaqtlarda yoyli o'choqlarda olish ancha osonligi isbotlab
berilgan. Buning uchun berilliy konsentrati 1700°C da yoyli o 'choqlarda suyultirib, uni suv bilan donalanadi va H2S04 qo'shib qaynatiladi.
Aylanmagazli o'choqlarda esa bu jarayon 900°C da kechadi va
oqibatda 90% berilliy eruvchan shaklga o'tadi. Uni qayta ishlash
ham yuqoridagi tartibda olib boriladi. Bu usulning asosiy farqi
shundaki, alyuminiy achchiqtosh holida ajratib olingandan so'ng,
gidroliz usulida Be ajratib olinadi. Uning reaksiyasi mana shu tarzda
yuz beradi:
Na2BeO2+2H2O=Be(OH)2+2NaOH
Eritmadagi boshqa element ionlarini ushlab qolish uchun
unga EDTA (etilendiamintetrauksus kislota) qo'shiladi. C ho'kmaga tushgan Be(OH) ni H2S04 eritib, BeS04 holida ajratib
olinadi. Sulfatli usulda berilliy olish texnologiyasi 19-chizmada
berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |