AlOH2+ + 2Cl- + H2O = Al(OH)21+ + Cl- + H+ + Cl- AlOH2+ + H2O = Al(OH)2+ + H + 3-bosqich: Al(OH) 2 Cl + H2O = Al(OH)3 + HCl Al(OH)2+ + Cl- + H2O = Al(OH)3 + H + + Cl- Al(OH)2 + + H2O = Al(OH)3 + H + Eritmada vodorod ionlari konsentratsiyasining ortishi gidrolizning 2- va 3-bosqichlarining borishiga to’sqinlik qiladi.
3. Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlar anion bo’yicha gidrolizlanadi, eritma muhiti ishqoriy bo’ladi. Agar kuchsiz kislota bir asosli bo’lsa, gidroliz reaksiyasi bir bosqichdan iborat bo’lib, bunda kuchli asos va kuchsiz kislota hosil bo’ladi.
CH3COONa + H2O = CH3COOH + NaOH CH3COO- + Na + +H2O = CH3COOH + Na+ + OH- CH3COO- + H2O = CH3 COOH + OH - muhit ishqoriy, pH > 7
Al2(SO4)3 ko’p kislotali asosdan hosil bo’lgan tuz bo’lgani uchun ham bosqichli gidrolizga uchraydi:
1. Al2(SO4)3 + 2H2O = 2AlOHSO4 + H2SO4 Al3+ + H2O = AlOH 2+ +H+ 2. 2 AlOHSO4 + 2H2O = [Al(OH)2]2SO4 + H2SO4 AlOH2+ + H2O = [Al(OH)2]2+ + H+ 3. [Al(OH)2]2SO4 + 2H2O= 2Al(OH)3 + H2SO4 Al(OH)2+ +H2O= Al(OH)3 + H+ Agar kuchsiz kislota ko’p asosli bo’lsa, gidroliz bosqichli bo’ladi. 1-bosqichda kuchli asos va nordon tuz hosil bo’ladi.
1-bosqich: Na2CO3 + H2O = NaOH + NaHCO3 2Na + + CO32- + H2O = Na+ + OH - + Na + + HCO3- CO32- + H2O = OH - + HCO3- pH > 7
Reaktsiyaning 2-bosqichi eritmani suyultirganda yoki qizdirganda sodir bo’ladi.
2-bosqich: NaHCO3 + H2O = NaOH + H2CO3 Na + + HCO3- + H2O = Na + + OH - + H2CO3 HCO3- + H2O = OH- + H2CO3 Uch asosli kislotalarning tuzlari uchta bosqichda gidrolizga uchraydi:
1-bosqich. K3PO4 + H2O = K2HPO4+ KOH 3K++PO43- + H2O = K++OH- + 2 K+ + HPO42- PO43- + H2O= OH- + HPO42- 2-bosqich. K2HPO4+ H2O = K H2PO4+ KOH 2 K ++ HPO42- + H2O = K ++H2PO4- + K+ + OH- HPO42- + H2O = H2PO4- + + OH- 3-bosqich. KH2PO4+ H2O = H3PO4+ KOH K+ +H2PO4- + H2O = H3PO4+ K+ + OH- H2PO4- + H2O = H3PO4+ OH- 4. Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlarham kation, ham anion bo’yicha gidrolizlanadi. Eritma muhiti neytral yoki kislota va asosning nisbiy kuchiga qarab kuchsiz kislotali yoki ishqoriy bo’lishi mumkin.
CH3COONH4 + H2O = CH3COOH + NH4OH CH3COO - + NH4+ + H2O = CH3COOH + NH4OH Bunday tuzlar eritmalarida muhit deyarli neytral bo’ladi. Ko’pchilik gidrolizlanish reaksiyalari qaytardir. Agar gidroliz natijasida cho’kma yoki gaz modda hosil bo’lsa, bunday gidroliz to’la gidroliz deyiladi. Chunki bu holda reaksiya qaytmas bo’lib oxirigacha boradi.
Al2S3 + 6H2O = Al(OH)3+ 3H2S Al2(CO3)3 + 6H2O = 2Al(OH)3 + 3H2CO3 Shuning uchun ham Al2S3 va Al2(CO3)3 larning eritmalari mavjud emas, ularni faqat quruq holda olish mumkin.
Birgalikdagi gidroliz. Kuchli asos hamda kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuz va kuchsiz asos hamda kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzlar eritmalarini aralashtirganimizda ular bir-birining gidrolizlanishini kuchaytiradi. Chunki bunda hosil bo’layotgan H+ va OH- o’zaro birikib suv hosil bo’ladi va muvozanat o’ngga siljiydi. Bunday gidrolizni birgalikdagi gidroliz deyiladi.
Agar gidroliz jarayonida bir nechta tuz ishtirok etsa gidroliz oxirigacha boradi:
2AlCl3 + 3Na2CO3 + 3H2O = 2Al(OH)3 +6NaCl + 3CO2 2Al3+ + 3CO32- + 3H2O = 2Al(OH)3 + 3CO2 Bu jarayonda AlCl3 o’rniga Al2(SO4)3; CrCl3; Fe(NO3)3; BiCl3; Fe2(SO4)3 larni olish mimkin. Na2CO3 o’rniga K2CO3, Li2CO3 o’xshash karbonatlarni olsa bo’ladi.
Agar gidroliz jarayoni CuSO4 ishtirokida olib borilsa:
2CuSO4 + 2K2CO3+H2O = (CuOH)2CO3 + 2K2SO4 + CO2 2Cu2+ + 2CO32- +H2O = (CuOH)2CO3 + CO2 Bu gidroliz jarayonida CuSO4 o’rniga MgSO4, BeSO4 olish mumkin.
Gidroliz jarayonida karbonatlar o’rniga ,sulfidlar, asetatlar ham olsa bo’ladi:
2FeCl3 + 3Na2S + 6H2O = 2Fe(OH)3+ 6NaCl + 3H2S 2Fe3+ + 3S2- + 6H2O = 2Fe(OH)3 + 3H2S 2Al(NO3)3 + 6CH3COONa + 6H2O = 2Al(OH)3+ 6CH3COOH + 6NaNO3