Termal yoki kontakt metamorfizm hodisasi sodir bo‘lishida asosiy
hal qiluvchi omil yer qobig‘i qatlamlari yoriqlaridan yuqori
haroratda
magma massasining ko‘tarilib chiqishi hisoblanadi. Bu jarayon natijasida
yoriq atrof jinslari, magma massasining yuqori harorati ta’sirida avvalgi
mineral, kimyoviy tarkibini, fizik-mexanik xossa va xususiyatlarini
o‘zgartirib tamoman yangi jinslarga o‘tadi. Bu jinslarga rogoviklarni,
skarnlarni, kremnilik jinslarni misol tariqasida keltirish mumkin. Termal
metamorfik jinslar, metamorfizmning boshqa turlari natijasida vujudga
keladigan jinslardan yana shunisi bilan farqlanadiki, bu jinslar asosan
katta-katta maydonlarni tashkil qilmay, aksincha, u yer, bu yerlarda
tarqalishi bilan xarakterlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |