Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Kvarsitlar kvarsli (qumtoshlarni) o‘zgarishidan paydo bo‘lib, mine-
ralogik tarkibi, asosan, kvarsdan tashkil topgan bo‘ladi. Kvarsit (qum-
toshga) nisbatan zich, o‘ta mustahkam, qattiq jinsdir. Rangi dastlabki
qumning rangiga qarab oq, kulrang, qizg‘ish bo‘lishi mumkin.


7 2
Kvarsitlar  (qumtosh)lardan  tashqari  opok,  trepel,  diotomit  kabi
kremniyli cho‘kindi tog‘ jinslarining o‘zgarishidan ham hosil bo‘ladi.
Bu tipda hosil bo‘lgan metamorfizm jinslar, asosan, tusi zangor, sariq,
qizg‘ish yo‘l-yo‘llardan (beqasamga o‘xshash) iborat bo‘ladi.
Kvarsitlar  qurilish  nuqtayi  nazaridan  o‘ta  mustahkam  tog‘  jinsi
hisoblanib, g‘ovakligi 0,2—0,5% dan oshmaydi, siqilishga bo‘lgan vaq-
tincha qarshiligi esa 150—200 MPa dan oshib ketadi.
Marmartoshlar ohaktoshlar, dolomit kabi karbonat cho‘kindi tog‘
jinslarining metamorfizm jarayonida qayta kristallanishi yo‘li bilan hosil
bo‘ladi. Bu jins asosan kalsit mineralidan tashkil topgan bo‘lib, rangi
ko‘pincha oq, qizg‘ish, sarg‘ish, kulrangdir.
Marmartoshlar ohaktoshlardan mustahkamligi, g‘ovakligining kamligi
(1 % dan kam), zichligining ancha yuqoriligi (2,50—2,70 g/sm
3
), siqili-
shiga bo‘lgan vaqtincha qarshiligining 200 MPa ga borishi bilan ajralib
turadi.
Gneyslar magmatik (granit, siyenit, diorit va h.k.) va cho‘kindi gil
jinslarning metamorfizm  jarayoniga  uchrashi  natijasida  hosil  bo‘ladi.
Agar bu jins magmatik tog‘ jinslarining o‘zgarishidan hosil bo‘lsa, fanda
ortogneyslar, cho‘kindi tog‘ jinslari o‘zgarishidan hosil bo‘lsa, parag-
neyslar deb yuritiladi. Mineralogik tarkibi jihatidan asosan kvars, dala
shpati, sludalar (biotit va muskovit) dan tuzilganligi bilan xarakterlidir.
Skarnalar kontakt yoki termal metamorfizm natijasida ikki jins —
granit  magmasining,  ohaktoshlarga  ta’siri  (ohaktoshlar  yoriqlaridan
magmaning ko‘tarilishi jarayonida) jarayonida hosil bo‘ladi. Rangi asosan
qoramtir bo‘lib, bu jinsning tarkibida granat, piroksen va qisman epidot,
stavrolit,  vallastanitlar  uchraydi. Skarnalarning  hosil  bo‘lish  jarayoni
sulfid, mis, magnetit, volfram, molibden kabi ruda konlarining paydo
bo‘lish jarayoni bilan chambarchas bog‘liqdir.
Rogoviklar  —  kontak  metamorfizm  jarayonida  gil  slanetslarining
hamda magmatik jinslarning o‘zgarishi yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Bu jins
o‘ta zichligi, mikrokristallanganligi, slanetsga xos qattiqligining yo‘qol-
ganligi, kvars, biotit, magnetit, ortoklaz, granat, amfibol, piroksen, silli-
monit kabi minerallarning qayta paydo bo‘lishi bilan, qoramtir, shox
rangligi  bilan  xarakterlidir.  Injener-geolgik  nuqtayi  nazardan  bu  jins
nurash jarayoniga chidamliligi, zichligining kamligi, siqilishiga bo‘lgan
qarshiligining  yuqori  (150  MPa  dan  ortiq)ligi  bilan  ajralib  turadi.
A. B. Ronov va A. A. Grashevskiylarning hisoblashlaricha, hamma me-
tamorfik  jinslar  hajmining  65 % ga  yaqini  gneyslarga,  15 % ga  yaqini
kristallangan slanetslarga, 17% chasi amfibolitlarga (o‘rta va asos tar-
kibli otqindi jinslar — bazalt, diabazallar va ularning tuflari o‘zgarishi
natijasida hosil bo‘lgan metamorfik tog‘ jinslari), plagioklazlarga (andezit
va anortit hamda dala shpati, piroksen, granat minerallaridan tashkil
topgan), faqat 2,5% yaqini marmarlarga to‘g‘ri kelar ekan.


7 3

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish