Gips (CaSO
4
•
2H
2
O), angidrid (CaSO
4
), osh tuzlari (NaCl) den-
giz chekkalari, oqar suvlar qo‘shiladigan joylarning (laguna, liman deb
ataluvchi) sayoz qismlarida, ana shu jinslarning tashkil qiluvchi
elementlari cho‘kib yig‘ilishi va diogenez jarayonida o‘zgarishi natija-
sida vujudga keladi. Bu jinslar tabiatda ko‘pincha loy, qum, qum
tuproqlar bilan birga, ularning oralig‘ida juda katta qalinlikda bo‘lmagan
qatlar holatida uchraydi. Angidrid ba’zan suv ta’sirida, uncha yuqori
bo‘lmagan bosimda (10 g/sm
3
) gipsga o‘tishi ham mumkin. Bu jinslar
sanoatda hamda qurilishda asosiy xomashyo bo‘lib hisoblanadi.
6 8
Do'stlaringiz bilan baham: |