Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


YER  OSTI  SUVLARI  TARKIBIDAGI  TUZ  VA  GAZLAR  MIQDORI



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

YER  OSTI  SUVLARI  TARKIBIDAGI  TUZ  VA  GAZLAR  MIQDORI
O‘ZGARISHINING  ULARNING  HARORATI  O‘ZGARISHIGA  TA’SIRI
Suvda erigan tuzlar 
miqdori, g/l 
Gazlar miqdori, g/l 
Suvning 
harorati 
°C 
NaCl 
CaSO

CaCO

O


CH

H
2

CO

25 
26,44 
0,209 
0,0014 
0,0285 
0,0144 
0,033 
1,304 
0,771 
50 
26,99 
0,204 
0,0015 
0,0209 
0,0109 
0,0213 
1,410 
0,423 
100 
28,15 
0,153 
0,0015 
0,0177 
0,0098 
0,0177 
0,844 
— 
 
Yer yuzasiga yaqin bo‘lgan qatlamlardagi yer osti suvlarining haro-
rati, atmosfera haroratining fasllar mobaynida o‘zgarishi bilan bog‘liq
holda  o‘zgarib  turadi.  Mamlakatimiz  hududida  bu  o‘zgarish  8—20°C
atrofida bo‘lishi mumkin.
Yer  sharining  hozirgi  vaqtdagi  vulqon  harakatlari  mavjud  bo‘lgan
mintaqalarida (Kamchatka, Kuril, Islandiya va b.) yer osti suvlarining
harorati 100°C dan oshiq bo‘lishi kuzatiladi.
Zichligi. Yer osti suvlarining zichligi asosan, unda erigan tuzlarning
miqdoriga, suvning haroratiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Toza ichim-
lik chuchuk suvi 4°C da eng yuqori zichlikka ega bo‘lib, harorat pasayishi
bilan uning kamayish holati kuzatiladi. Ya’ni suv harorati 4°C bo‘lganda
zichligi  1  g/sm
3
  bo‘lib,  3,98°C  bo‘lganda  zichligi  0,999973,  0°C  da


2 8 8
0,9981 g/sm
3
 bo‘ladi. Demak, yer osti suvlari harorati 4°C dan oshishi
bilan  zichligining  kamayishi  yuz  beradi.  Bunga  birdan-bir  sabab  suv
haroratining oshishi bilan hajmiy jihatdan kengayish jarayoni yuz be-
rishidir. Shuning uchun ham suvni harorati 20°C bo‘lganda uning zichligi
0,998203 g/sm
3
 darajaga yetadi. Harorat oshishi bilan suv zichligining
hajmiy jihatdan kengayishi yer osti jins qatlamlarida yg‘iladigan ener-
giya miqdoriga ta’sir qilishi, jins qatlamlari zichligi lokal holatda oshi-
shiga sababchi bo‘lishi mumkin. Bu holat jins qatlamlarini qandaydir
yo‘nalishda harakatga kelishiga va yer kurrasining ma’lum qismida yer
qimirlash hodisasi sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Yer osti suvla-
rining zichligini aniqlashda piknometrik usul qo‘llaniladi.
Yer  osti  suvlarining  qattiqligi.  Yer  osti  suvlarining  qattiqligi  unda
mavjud  bo‘lgan  Ca
2
+
  va  Mg
2
+
  va  HCO
3
  ionlari  mavjudligi  bilan
xarakterlanib, ularni MgSO
4
, CaSO
4
, CaHCO
3
, CaCO
3
, MgCO
3
 tuzlari
holatidagi miqdori bilan baholanadi. Tabiatda suvlar nokarbonat va kar-
bonat qattiqlikka ega bo‘lishi mumkin. Norkarbonat qattiqlik bu suvda
kalsiy va magniy sulfitlarini erishidan, karbonat qattiqlik esa suvda kalsiy
va  magniy  bikarbonat  tuzlarini  erishidan  vujudga  keladi.  Amaliyotda
umumiy, vaqtinchalik va doimiy qattiqlik tushunchalari ma’lum. Umumiy
qattiqlik deganda, suvda erigan kalsiy va magniy tuzlarining umumiy
miqdori tushuniladi. Vaqtinchalik qattiqlik deganda suvdagi mavjud bi-
karbonat tuzlar qaynatilish jarayonida cho‘kmaga tushgan kam eruv-
chan tuzlar miqdori tushuniladi. Umumiy qattiqlikdan vaqtinchalik qat-
tiqlik qiymatini ayirib tashlangandan keyingi holati yer osti suvlarining
doimiy qattiqligi tushunchasini beradi. Suvning umumiy qattiqligi qat-
tiqlik  darajasi  bilan  o‘lchanib,  ilgarilari  nemischa  usul  qo‘llanilib
gradusda ifodalanar  edi. Bu  usul bo‘yicha  bir daraja qattiqlik bir  litr
suvdagi  kalsiy  oksidining  10  mg  yoki  magniyning  7,2  mg  miqdoriga
to‘g‘ri keladi. Hozir qattiqlik 1 litr suvdagi kalsiy va magniy ionlarining
milligramm-ekvivalentlari (mg.ekv/l) yig‘indisi bilan o‘lchanadi.
Markazlashgan  xo‘jalik  iste’moli  uchun  ishlatiladigan  yer  osti
suvlarining  maksimal  qattiqligi  7  mg.ekv/l  dan  oshmasligi  lozim.
1 mg.ekv/l  amalda  20,04  mg/l  Ca
2
+
  yoki  12,16  mg/l  Mg
2
+
  miqdoriga
teng.
Yer osti suvlarining qattiqligini o‘rganish va bilish xalq xo‘jaligida
katta ahamiyatga ega. Chunki yer osti suvlarining qattiqligini me’yordan
yuqori bo‘lishi bug‘ qozonlarida cho‘kma miqdorining oshishiga, natijada
tez ishdan chiqishiga sababchi bo‘ladi.
Kalsiy  va  magniy  cho‘kmaga  tushish  jarayoni  quyidagi  reaksiya
ko‘rinishida yuz beradi:
Ca
+ 2HCO
3




CaCO
3
¯+ CO
2
­ + H
2
O,
CaCO
3
+ 2H
2
O 



Ca(OH)
2
+ CO
2
­+ H
2
O,


2 8 9
Suvdagi mavjud kalsiy va magniy cho‘kmaga CaSiO
3
, MgSiO
3
, CaSO
4
holatida  tushishi  ham  mumkin.  Natijada  bug‘  qozonlarining  qizishi
qiynalashadi. Haddan tashqari qizitib yuborish, ba’zan noxush hodisa-
larni — bug‘ qozoni portlab ketishini keltirib chiqarishi mumkin. Shu-
ningdek,  natriy  va  kalsiy  ionlarining  quyqaga  tushishidan  tashqari
ko‘piklanish jarayoni ham sodir bo‘ladi. Bu qozon devorlari yemirilishiga,
ya’ni  korroziya  jarayoni  vujudga  kelishiga  sababchi  bo‘ladi.  Bundan
tashqari  suvni  o‘ta  qattiq  bo‘lishi  xo‘jalikda  sovun  miqdorining  ko‘p
sarf  bo‘lishiga,  insonlarning  buyraklarida  tosh  paydo  bo‘lishiga  olib
kelishi mumkin. Suv qattiqligini kamaytirish — yumshatish uchun unga
soda, natriy fosfat tuzlari qo‘shiladi.
Ishqoriyligi. Yer osti suvlarining ishqoriyligi ulardagi NaOH, Na
2
CO
3
,
NaHCO
3
 birikmalarining miqdoriga bog‘liq. Bu birikmalarning yer osti
suvlari  tarkibida  ko‘p  bo‘lishi  sanoatda  ishlatiladigan  asbob  va
uskunalarni  suv  bilan  sovitish  jarayonini  qiyinlashtiradi.  Amaliyotda
ishqoriylik  mg.ekv/l  bilan  ifodalanadi.  1  mg.ekv/l  40  mg/l  NaOH,
53 mg/l Na
2
C
3
, 84,22 mg/l NaHCO
3
 miqdoriga to‘g‘ri keladi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish