Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


  TEXNIK  MAQSADLAR  UCHUN  ISHLATILADIGAN



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

21.5.2.  TEXNIK  MAQSADLAR  UCHUN  ISHLATILADIGAN
YER  OSTI  SUVLARIGA  BO‘LGAN  TALAB
Hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligining deyarli hamma sohalarida, jumladan
qog‘oz, to‘qimachilik, ko‘nchilik, konserva ishlab chiqarish sanoatida,
isitish  shoxobchalarini  suv  bilan  ta’minlashda,  qishloq  xo‘jaligida,
qurilish sohalarida yer osti suvlaridan keng foydalaniladi.
Sanoatda  ishlatiladigan  yer  osti  suvlari  tiniq,  rangsiz,  ta’msiz  va
yumshoq bo‘lishi kerak.
Bug‘ qozonlari uchun ishlatiladigan yer osti suvari tarkibidagi quruq
qoldiqning miqdori 300 mg/l dan, N
2
O
5
 ning miqdori 50 mg/l dan, Cl
ning  miqdori  200  mg/l  dan  oshmasligi,  agressiv  (karbonat  angidrid,
oltingugurt) kislotalari bo‘lmasligi, qattiqlik darajasi qiyin tozalanadigan
qozonlar uchun 1,8, yengil tozalanadigan qozonlar uchun 3 mg.ekv/l
dan kam bo‘lishi lozim. Karbonat angidrid va oltingugurtli suvlar yuqori
yemirish xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli suv tarqatish shoxobchalarida
karbonat angidrid suvlar uchun — cho‘yan, oltingugurtli suvlar uchun
asbestsement quvurlari ishlatiladi.
Karbonat  angidridli  va  serovodordli  yer  osti  suvlari  imorat  va
inshootlar  zaminini  tashkil  etuvchi  betonni  yemirishi  va  ularning
mustahkamligiga putur yetkazishi ham mumkin. Ularning turiga va ta’sir
etish  darajalariga  qarab,  sulfat  va  karbonat  angidrid  agressivligi  yuz
beradi. Sulfat agressivlik yer osti suvlari tarkibidagi 
2
4
SO

 ning miqdori
250 mg/l dan ko‘p, Cl

ning miqdori 1000—6000 mg/l oralig‘ida bo‘lgan
holatlarida sodir bo‘ladi.  Beton  uchun  ishlatilgan sementni  tarkibida
sulfat  ionlari  bo‘lganligi  hamda  yer  osti  suvining  sulfatliligi  tufayli
betonda  kristallashish  jarayoni  vujudga  keladi,  ya’ni  aluminiyning
oltingugurt-kalsiyli tuzlari bilan yangi birikmalari — gips CaSO
4
•2H
2
O
hosil  bo‘ladi.  Birikmalar  hajmini  2—3  barobarga  oshishi  yuz  beradi.
Bu holat o‘z navbatida betonning mustahkamligiga putur yetkazadi va
parchalanishiga, yemirilishiga sababchi bo‘ladi.


2 9 1
Karbonat angidridli agressivlik betonning asosini tashkil qilib turuvchi
CaCO
3
  ning  suvda  erishi  va  yuvilib  ketilishi  natijasida  sodir  bo‘ladi.
Ma’lumki, tabiiy yer osti suvlarida erkin karbonat angidrid kislotasi va
HCO
3
  ning  ionlari  (
2
3
CO

)  bo‘ladi.  Erkin  holatda  bo‘lgan  karbonat
angidrid kislotasining bir qismi sement massasini tashkil etuvchi CaCO
3
ni eritishga va boshqa bir qismi suvdagi bikarbonat kalsiyning saqlanib
qolishini ta’minlaydi. Agar suv tarkibida erkin karbonat angidrid kislo-
tasining miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, sement tarkibidagi CaCO
3
 ning
shunchalik ko‘p erishiga va betonning buzilishiga sababchi bo‘ladi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish