Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


INJENER-GEOLOGIK  SHAROIT  MURAKKABLIGIGA  QARAB



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

INJENER-GEOLOGIK  SHAROIT  MURAKKABLIGIGA  QARAB
TEKSHIRISH  NUQTALARINING  SONIY  QIYMATLARI  O‘ZGARISHI
(A. F. Frolov,  I. V. Korotkixlardan,  1990)
Tadqiqot ishlari masshtablariga qarab 1 km
2
 maydonga to‘g‘ri kelgan 
tekshirish nuqtalarining soni 
Injener-geologik 
sharoitining 
murakkablik 
darajalari 
1 : 25000 
1 : 10000 
1 : 5000 
1 : 2000 
1 : 1000 
I (oddiy) 
6(2)*
700
 
25(9)
350
 
50(25)
200
 
200(100)
100
 
600(300)
60
 
II (o‘rtacha) 
9(3)
600
 
30(11)
300
 
70(35)
170
 
350(175)
75
 
1150(575)
40
 
III (murakkab) 
12(4)
500
 
40(16)
250
 
100(50)
140
 
500(250)
75
 
1500(750)
35
 
 
* Qavs ichida tog‘ qazilmalarining (shurf, burg‘i qudug‘i) soni, suratida — miqdori,
maxrajida  —  ular  orasidagi  masofa,  m  keltirilgan.


2 9 8
Sanoat obyektlarini injener-geologik sharoiti murakkab bo‘lgan may-
donlarga joylashtirish lozim bo‘lgan tadqdirda tekshirish ishlari 1:5000 dan
yirik masshtablarda olib boriladi. Shurf, burg‘i quduqlarining chuqurligi
50 m dan ham oshiq bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda geofizik usullar,
ayniqsa elektrorazvedka usuli keng qo‘llaniladi. Bu usul tog‘ jins qatlamlari,
ularning tuzilishi, korrozion xususiyatlari, namligi, zichligi, yer osti suv-
larining  chuqurligi  to‘g‘risida  tezkor  ma’lumotlar  olinishiga  va  natijada
qazilishi lozim bo‘lgan shurf va burg‘i quduqlarini ratsional ravishda joy-
lashtirishga, dala tajriba-tadqiqot ishlari o‘tkazilishi lozim bo‘lgan joylarni
belgilashga,  laboratoriya  tadqiqot  ishlari  uchun  olinadigan  monolit  va
namunalarning kerakli miqdorini aniqlashga yordam beradi.
Qurilish  maydonida  mukammal  ravishda  o‘tkazilgan  dala-qidiruv,
tajriba-tadqiqot, laboratoriya tekshiruv ishlari natijalari har tomonlama
o‘rganiladi, injener-geologik sharoit komponentlarining har biri (yer sath
tuzilishi,  tog‘  jinslari,  ularning  tarkibi,  xossa  va  xususiyatlari,  yer  osti
suvlari, ularning tarkibi, rejimi, mavjud fizik-geologik va texnogen jara-
yonlar) olingan  va  arxiv ma’lumotlarini tahlil qilish,  qiyoslash  asosida
baholanadi, kerakli ilmiy va amaliy xulosalar chiqariladi, ana shu injener-
geologik komponentlarning qurilish ishlari olib borish va qurilish tuga-
gandan keyingi davrda, ya’ni imorat va inshootlardan foydalanish davrida
vujudga kelishi mumkin bo‘lgan texnogen jarayonlar to‘g‘risida, ularni
keltirib  chiqaradigan  oqibatlari  to‘g‘risida  miqdoriy  prognoz  beriladi
(bashorat qilinadi), ularni bartaraf etish chora va tadbirlari belgilanadi.
Bajarilgan  va  olingan  tadqiqot  natijalari  xona  sharoitida  jamlanib
qurilish  maydonining  injener- geologik  sharoiti  to‘g‘ risida  mukammal
hisobot tuziladi. H isobotga asosiy natijaviy ma’ lumot holatida qurilish
maydonining «I njener-geologik sharoiti» va «I njener-geologik rayonlash-
tirish» xaritalari hamda chizmalar, sxemalar, laboratoriya va dala tajriba-
tadqiqot ishlari natijalari jadvallar holatida keltiriladi. Shuningdek, hiso-
botda  qo‘ yilgan  masalalarni  bajarilish  darajasi,  bajarish  usullari  va
bajarilgan ishlarning hajmi to‘ g‘ risida ma’ lumotlar beriladi. Shu bilan
injener- geologik loyihalashning ikkinchi bosqichi 
texnik loyiha qismida
lozim bo‘lgan hamma ishlar bajariladi.
Ayrim  imoratlar  va  inshootlarni  joylashtirish  uchun  bajariladigan
tadqiqot ishlari. Loyihalashning bu bosqichida o‘tkaziladigan tekshirish
ishlari aynan imorat va inshootlarning bo‘lguvchi zaminini — poydevor
tag qismining injener-geologik sharoitini o‘rganishga qaratiladi. Ularning
tabiiy zaminini tanlash yuqorida ko‘rsatilgandek, loyihalashning texnik
topshiriq  bosqichida  olib  borilgan  tadqiqot  natijalari  asosida  amalga
oshiriladi. Ma’lumki, imorat va inshootlardan tushadigan og‘irlik, eng
avvalo, ularning poydevoriga, so‘ngra poydevor orqali tog‘ jins qatlam-
lariga beriladi. Shuning uchun bu bosqichda bo‘lajak poydevor osti jins-
larining fizik-mexanik xususiyatlarini yanada mukammalroq o‘rganish-
ga asosiy e’tibor qaratiladi. Olingan natijalar:


2 9 9
1.  Imorat  va  inshootlarning  konstruksiyasiga  kerakli  o‘zgartishlar
kiritishga.
2. Poydevori turini, o‘lchamini va yotqizilish chuqurligini aniqlashga.
3. Tog‘ jins qatlamlariga tushadigan og‘irlikni aniqlashga.
4.  Imorat  va  inshootlarning  og‘irligi  natijasida  poydevor  osti  tog‘
jinslarining deformatsiyalanish darajalarini bashorat qilishga.
5.  Imorat  va  inshootlarni  qurish  jarayonida  antiseysmik  chora  va
tadbirlarni ko‘rishga imkon beradi.
Poydevor  osti  jinslarini  o‘rganish  maqsadida  qaziladigan  shurf  va
burg‘i quduqlarining soni, ularning bir-birlariga nisbatan oraliq masofa-
lari injener-geologik sharoitni murakkablik darajasiga qarab belgilanadi.
Agar injener-geologik sharoit oddiy bo‘lsa, ularning oralig‘idagi masofa
50—100 m, o‘rtacha bo‘lsa, 30—50 m, murakkab bo‘lsa 20—30 m etib
belgilanadi. Kerak bo‘lgan taqdirda tajriba-tadqiqot ishlari bajariladi.
Poydevor osti jinslar deformatsiyalanish modulining qiymati 50 kg/sm
2
dan  kam  bo‘lgan  taqdirda,  bunday  qatlamlar  poydevor  ostidan  olib
tashlanishi tavsiya etiladi.
Loyihalashning bu bosqichida olib boriladigan qidiruv ish natijalari
asosan har xil hisoblashlar, chizmalar, sxemalar ko‘rinishida beriladi.
Imorat  va  inshootlarning  konstruksiyasi,  poydevori  va  joylashtirish
holatlariga joylash tuzatishlar kiritish bilan bog‘liq bo‘lib, amaliyotda
bu bosqich loyihalashning ish chizmalari bosqichi asosini tashkil etadi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish