Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


partiyalar birlashtirilib «Gidrogeologiya» trestiga aylantirildi. Bu vaqtda



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)


partiyalar birlashtirilib «Gidrogeologiya» trestiga aylantirildi. Bu vaqtda
Mirzacho‘l  (hozirgi  Sirdaryo  viloyatining  asosiy  hududi)  yerlarining
gidrogeologik,  meliorativ  holatini  (N. A. Kenesarin,  M. M. Krilov,
N. N. Xojiboyev,  A.  F.  Slyadnev,  D.  M.  Kas,  N.  M.  Reshetkina  va
boshqalar) hamda  injener-geologik  sharoitini  o‘rganish  (G‘. O. Mav-
lonov, P. M. Karpov, V. G‘. G‘ofurov va b.) ishlari rivojlantirildi.
1955—1960-yillar O‘zbekistonda gidrogeologiya, injenerlik geologi-
yasi fanlarining yanada rivojlanish davri bo‘ldi. Bu sohadagi tadqiqot
ishlari  butun  O‘zbekistonning  yangi  sug‘oriladigan  yerlarida  boshlab
yuborildi.  O‘rta  Osiyo  davlat  universiteti  (hozirgi  Toshkent  milliy
universiteti) va O‘rta Osiyo politexnika (hozirgi Toshkent texnika uni-
versiteti) institutini gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi sohasi bo‘yi-
cha  mutaxassislarning  katta  guruhi  tamomlab  chiqadi  (A. N. Sulton-
xo‘jayev, N. N. Xojiboyev, A. I. Islomov, S. Sh. Mirzayev, S. M. Qosimov,
E. V. Qodirov, A. M. Xudoyberganov, M. Sh. Shermatov, K. P. Po‘latov,


3 2
A. Nurmatov, M. G‘. Xo‘jayev,  va b.). Shuning uchun  ham 1960-yili
X. M. Abdullayev va G‘. O. Mavlonovlar tashabbusi bilan O‘zRFAning
hozirgi Geologiya va geofizika institutidagi gidrogeologiya va injener-
lik geologiyasi bo‘limi asosida «Gidrogeologiya va injenerlik geologiya-
si» (GIDROINGEO) instituti tashkil etildi. Institut bo‘lim va laborato-
riyalariga G‘. O. Mavlonov boshliq yetakchi olimlar — N. A. Kenesarin,
N. N. Xojiboyev,  A. N. Sultonxo‘jayev,  A. S .Xasanov,  A. I. Islomov,
S. M. Mirzayev va boshqa qator olimlar boshchilik qildi.
1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin Toshkentda O‘zFA qoshida
«Seysmologiya»  instituti tashkil  qilindi. Unga  direktor etib  akademik
G‘. O. Mavlonov  tayinlandi.  Institutning  asosiy  ilmiy  yo‘nalishi  yer
qimirlash  vaqtini  oldindan  aytib  berish,  bashorat  qilish  usullarini
yaratishdan iborat bo‘lib, uning ikkinchi yo‘nalishi respublika hududini
umumiy seysmik rayonlashtirish, ya’ni respublika hududining qayerida
qanday kuch bilan zilzila sodir bo‘lishini oldindan aniqlash va mayda
masshtabdagi (1:10 000 000; 1:500 000 000) xaritalarda ko‘rsatish, uning
uchinchi yo‘nalishi shahar, tuman suv, gaz omborlarini, xalq xo‘jaligi-
ning boshqa yirik qurilish obyektlari maydonlarini yirik masshtablarda
(1:5 000;  1:10 000;  1:25 000)  seysmik  mikrorayonlashtirish  deb  belgi-
landi. Ana shu uchinchi yo‘nalishning asosini qurilish obyektlari may-
donlarining  injener-geologik  sharoiti  komponentlarini  o‘rganish  va
olingan tadqiqot ishlari natijalari, jumladan, qurilish obyekti maydoni-
ning geologik, geomorfologik tuzilishini, tog‘ jinslari tarkibi, xossa va
xususiyatlarini, yer osti suvlari, ularning rejimini, tarqalish, yotish holat-
larini,  mavjud  geodinamik  va  texnogen  jarayonlarini,  ularning  sodir
bo‘lish, rivojlanish sabablarini o‘rganish va xaritalash ishlari tashkil etadi.
Injener geologik muhitning bu komponentlarini insonlarning xo‘jalik
va injenerlik (texnogen) faoliyatlari ta’siri natijasida u yoki bu darajada
o‘zgarishi  va  yomonlashishi  sodir bo‘lgan  yer  qimirlashlarning  tabiiy
kuchini yer sathida 1—2 ballga oshirib yuborishi ma’lum. Shuning uchun
ham  seysmologiya  instituti  tashkil  bo‘lishining  birinchi  kunlaridanoq
yuqoridagi masalalarni hal qilish maqsadida uning asosiy strukturaviy
tizilmalari jumlasiga «Lyossshunoslik», «Regional injenerlik geologiya-
si», «Shaharlar injenerlik geologiyasi», «Gidrogeoseysmologiya» labo-
ratoriyalari kiritildi.
1967-yili  Farg‘ona  shahrida  Farg‘ona  politexnika  instituti  tashkil
etildi.  Institutning  qurilish-geologiya  fakultetida  yer  bilimiga  oid
kafedralar, jumladan, geologiya fanlari kafedrasi, zamin va poydevorlar
(1971) kafedralari ochildi. Bu kafedralarda ham injenerlik geologiyasi,
gidrogeologiya fanlaridan maxsus kurslar o‘qitila boshlandi.
Shuningdek,  1963-yili  O‘zbekiston  Davlat  loyihalash  va  qurilish
qo‘mitasi  qoshida  «UZGIITI»  (O‘zbekiston  Davlat  injener-texnik
tadqiqotlar instituti) hamda 1975-yilda Toshkent shahar ijroiya komiteti


3 3
qoshida «TashGIITI» (Toshkent
Davlat injener-texnik tadqiqotlar
instituti) tashkil etildi.
Bu institutlarning ham asosiy
vazifasi xalq xo‘jaligi imorat va
inshootlari qurilishi kerak bo‘l-
gan maydonlarning injener-geo-
logik  va  gidrogeologik  holatini
har tomonlama o‘rganish, olin-
gan  ma’lumotlarni  tahlil  etish,
hisobotlar tuzish, kerakli chora
va tadbirlar belgilashdan iborat
bo‘ldi.
Shunday  qilib,  1970—1975-
yillarga  kelib,  respublikamizda
Gidrogeologiya  va  injenerlik
geologiyasi fanlari bo‘yicha na-
zariy va amaliy tadqiqotlar olib
boruvchi, yuqori malakali muta-
xassis  kadrlar  tayyorlovchi  bir
nechta  yirik  dargohlar  hamda
loyihalash,  qidiruv  ishlari  olib
boruvchi qator institutlar, ekspe-
ditsiyalar jamoasi vujudga keldi.
Bulardan  O‘zbekiston  Milliy  universitetining  geologiya-qidiruv
fakulteti va A.R. Beruniy nomidagi Toshkent texnika universitetining
tog‘ hamda geologiya-qidiruv (hozirgi tog‘-geologiya) fakultetlari hamda
O‘zbekiston  Respublikasi  geologiya  va  mineral  resurslar  Davlat
qo‘mitasiga qarashli Gidrogeologiya va Injenerlik geologiyasi instituti,
O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli Seysmologiya ilmiy-tekshirish
institutlari nafaqat O‘zbekistongagina yuqori malakali gidrogeolog va
injener-geolog, seysmologiya sohalari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar
tayyorlab bermay, balki O‘rta Osiyo, Qozog‘iston va boshqa qator dav-
latlar  (Gruziya,  Rossiya,  Ukraina  va  b.)  uchun  ham  mutaxassislar
tayyorlab  berdi.  Bu  ulkan  dargohlarda  ilm  olgan  ko‘pchilik  kishilar
(X. M. Abdullayev, G‘. O. Mavlonov, N. A. Kenesarin va b.) hozir geo-
logiya fanining u yoki bu sohalari bo‘yicha maktablar yaratgan, yuzlab
olimlarning ustozi, akademik, fan doktori, fan va texnika arboblaridir.
Ularni butun dunyo taniydi. Jumladan, O‘zbekistonda va Markaziy Osiyo
respublikalarida  gidrogeologiya  va  injenerlik  geologiyasi  fanlarining
rivojlanishida, tashkil topishida va kerakli yuqori malakali mutaxassis-
larni tayyorlashda G‘. O. Mavlonovning hissasi nihoyatda kattadir (2.8-
rasm). U 1935-yili o‘rta Osiyo industrial institutini (hozirgi Toshkent
2.8-rasm

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish