Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 XONA SHAROITIDA BAJARILADIGAN



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

23.2. XONA SHAROITIDA BAJARILADIGAN
INJENER-GEOLOGIK ISHLAR
Xona sharoitida bajariladigan injener-geologik ishlar xalq xo‘jaligi
obyektlarini  loyihalashning  har  bir  bosqichida  o‘tkaziladigan  (dala
qidiruv,  tajriba-tadqiqot,  statsionar,  laboratoriya)  tadqiqot  ishlari
tugatilgandan keyin yoki har bir tadqiqot ishlar bo‘yicha ma’lum hajm-
dagi ma’lumotlar olingandan keyin xona sharoitida olib boriladi. Shuning
uchun bunday ishlar adabiy manbalarda xonaki ishlar nomi bilan ma’lum
(E. V. Qodirov,  M. Sh. Shermatov  va  b.,  1999).  Xona  sharoitida  olib
boriladigan hamma ishlar, asosan, hisoblash mashinalari, chizish asbob-
lari va komputerlar yordamida amalga oshiriladi. Eng avvalo, xona sha-
roitida qayta ishlash uchun keltirilgan hamma ma’lumotlar birma-bir
ko‘zdan kechirilib, saralanib, tartibga solib chiqiladi. Ma’lumotlarni loy-
ihada  qo‘yilgan  masalalarni  yechishga  qanchalik  yetarli  ekanligi  va
hisobotni yozish jarayonida ulardan qanday va qay yo‘sinda foydala-
nish kerakligi chamalanib ko‘riladi. Bu ishlarning hammasi hisobotni
yozish  uchun  ma’sul  bo‘lgan  mutaxassis  tomonidan  bajariladi.  Ko‘p
hollarda shundan keyin yozilishi kerak bo‘lgan injener-geologik hisobot-
ning  mundarijasini  tuzish  bosqichiga  o‘tiladi.  Lekin  bu  yerda  shuni
ko‘rsatib o‘tish joizki, hisobot mundarijasini tuzish ancha oldin bosh-
langan bo‘lishi ham mumkin. U hisobotni yozib tugatilishi jarayonida
ma’lum darajada o‘zgaritirilishi, to‘latib borilishi mumkin.
Injener-geologik hisobot bir qancha qismlardan jumladan, «Qo‘lyoz-
ma  (matn)»,  «Kartografik»  va  «Jadvallardan»  tashkil  topgan  bo‘lib,  bir
kitobda  berilishi,  ba’zan  har  bir  qism  alohida-alohida  kitoblar  holatida
berilishi ham mumkin. Hisobotni «Qo‘lyozma» qismi o‘z navbatida ikki
«Umumiy» va «Maxsus» bo‘limlardan, har bir bo‘lim esa boblardan tuziladi.
Hisobotning «Kirish» qismida injener-geologik tadqiqot ishlarining
maqsadi  va  vazifalari  to‘g‘risida,  rayonning  iqtisodiyoti,  bajarilgan
ishlarning  turlari,  hajmi  ko‘rsatiladi.  Tekshirish  ishlarining  bajarilish
yo‘llari, muddati hamda bajaruvchilar to‘g‘risida qisqa, aniq ma’lumotlar
beriladi.


3 0 3

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish