Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Ikkinchi
sabab — karyerni qazish jarayonida yer osti suv gorizontlarining birin-
ketin  ochilishi  va  ma’lum  sarfga  ega  bo‘lgan  suv  oqimini  karyer
maydoniga oqib kirishi. Karyer maydonini atmosfera yog‘inlari va yer
usti suv manbalaridan  vujudga kelishi mumkin bo‘lgan  suv oqimidan
saqlash uchun ko‘riladigan chora va tadbirlar quyidagilardan iborat:
1. Karyerdan tashqarida 25—30 metr masofada ma’lum yo‘nalishda
ariqlar qazilib, atmosfera yog‘ini natijasida hosil bo‘lgan suv oqimini
karyerdan tashqariga oqizib yuborish.
2. Karyer maydoni yaqinidan oqib o‘tadigan daryo suvi rejimi ustidan
doimo nazorat o‘rnatish. Daryo suvi toshib, karyerga kirmaslik chora-
larini ko‘rish. Kerak bo‘lsa, daryo suv oqimi yo‘nalishini o‘zgartirish.
3. Daryo bilan karyer oralig‘idagi tog‘ jinslarining filtratsiya koeffitsi-
yenti aniqlash. Tog‘ jins qatlamlarida karst bo‘shliqlari, tektonik yoriqlar-


2 7 5
ni mavjud yoki mavjud emasligini o‘rganish. Agar mavjud bo‘lsa, karyer
bilan daryo suv oqimi oralig‘ida ma’lum yo‘nalishdagi va miqdordagi
burg‘i  quduqlari qazish  va  ana  shu  quduqlar  orqali  maxsus  kimyoviy
aralashmalarni ma’lum bosim ostida yoriqlarga yuborish, suv o‘tkazmas
parda hosil qilish, shu bilan daryo suvini karyerga sizib o‘tish holatlariga
barham berish.
Ikkinchi  sabab  bo‘yicha,  ya’ni  yer  osti  suvlari  ta’siridan  karyer
maydonini suv bosishdan saqlash va olib borilayotgan qazish ishlarini
tezlashtirish uchun bajariladigan ishlar:
1.  Yer  osti  suv  gorizontlarini,  ularni  qalinligini,  sonini,  harakat
yo‘nalishini aniqlash. Oylik, ko‘p yillik rejimini o‘rganish.
2. Agar karyerga oqib kelayotgan suv oqimining miqdori soatiga 200—
300m
3
  dan ko‘p  bo‘lsa, karyerdan  tashqarida, yer  osti suv  qatlamlari
qalinligiga to‘g‘ri keluvchi burg‘i quduqlari qazib tushish va ular orqali
soatiga 50—170 m
3
 suvni so‘rib chiqaradigan maxsus nasoslar o‘rnatish
yordamida yer osti suvlarini yer sathiga so‘rib chiqarish, hosil bo‘lgan
suv  oqimini karyerdan  tashqariga, quvurlar  yoki  ariqlar  orqali  oqizib
yuborish.
3. Karyerda u yoki bu sabablarga ko‘ra yig‘ilgan suvni doimiy ravishda
nasoslar orqali, karyerdan tashqariga chiqazib turish ishlarini tashkil etish.
Qazilma  boyliklarni  yopiq  yoki  yer  osti  usulida,  ya’ni  shaxtalar
yordamida qazib olish karyerlar orqali qazib olishga nisbatan nihoyat-
da og‘ir va qiyin jarayon hisoblanadi. Shaxtalarni suv bosish holati ham
asosan, yuqorida ko‘rsatilgan ikki sababga ko‘ra yuz berishi mumkin.
Shuning uchun bajariladigan ishlar va ko‘riladigan chora va tadbirlar
ham bir-biriga juda o‘xshash. Shaxtalarni suv bosishdan saqlash, qazish
ishlarini tezlashtirish uchun kon maydonining
gidrogeologik, geologik sharoitini hisobga olgan
holda qo‘shimcha quyidagi chora va tadbirlar
amalga oshiriladi:
1. Qazilayotgan shaxtalarga parallel, ma’lum
qiyalikdagi qo‘shimcha suv chiqarish, shtolnya-
lar qurish va yer osti suv oqimini shaxta mayo-
nidan yer yuzasiga chiqarib yuborish.
2. Shaxta devoriga yaqin bo‘lgan yer osti suv
gorizontlariga diametri  1,5—2 dyuymli,  ko‘z-
larining kattaligi 2—5 mm bo‘lgan qoziqsimon
temir filtrlar o‘rnatish (20.5-rasm). Filtrlarning
bir-birlaridan  oraliq  masofasi  10—25  m  dan
50—70 m gacha borishi mumkin. Suv filtr qu-
duqlardan nasoslar orqali so‘rib olinib, shaxta
maydonidan suv  chiqarib tashlash qurilmalari
orqali yer betiga chiqarib tashlanadi (20.6, 20.7-
rasm).
20.5-rasm. Qoziqismon
filtrlarning  ko‘rinishi.


2 7 6
20.6-rasm.  Yer  osti  suvini  chiqarib  tashlash  qurilmasining  ko‘rinishi
1 — suv  oqizish zovurlari; 2 —  suvni so‘rib  chiqarish uchun  o‘rnatilgan filtr  quduqlar.
20.7-rasm.  Shaxtalarni  suvsizlantirish  maqsadida
ularga  filtr  va  burg‘i  quduqlarini  o‘rnatish
sxemasi
a  — filtrlar:  1,  3  — qoziqsimon;  2  —  havo  bosimi
yordamida jins qatlamidagi suvni qoziqsimon filtrga
o‘tishini tezlashtirish uchun o‘rnatilgan burg‘i qudu-
g‘i; 4 — salnik; 5 — filtr atrofiga solingan shag‘al-
toshlar sepmasi; 6 — burg‘i qudug‘iga havo beruvchi
naycha.
b — Yer sathidan shaxtagacha bo‘lgan oraliqdagi suvli
qatlamlardagi suvni yig‘ish va yer sathiga nasoslar orqali
chiqarish  uchun  qazilgan  burg‘i  qudug‘i  va  filtr:  1
— suvli qatlamlar; 6 — suvni filtrga tozalanib o‘tishini
ta’minlash  uchun  solingan  shag‘al  sepmasi;  7  —
shaxtaga oqib kelayotgan suvni yig‘uvchi qurilma; 
yig‘ilgan  suvni  yer  yuzasiga  nasoslar  orqali  chiqarib
tashlovchi  bukuluvchan  quvur.
a
b


2 7 7
3. Ba’zi holatlarda qazilayotgan shaxta devorlariga burg‘i qurilma-
lari orqali harorati 35°C bo‘lgan xlorli kalsiy eritmasi yuborilib, sizib
o‘tayotgan suv oqimini yaxlatish yo‘li bilan ham shaxtalarni qazib o‘tish
jarayoni  amalga  oshiriladi.  Shuningdek,  shaxtalarga,  karyerlarga  tog‘
jinslari g‘ovaklari, yoriqlari orqali suvni sizib kirishidan saqlash maqsa-
dida ularning kimyoviy yo‘llar bilan suv o‘tkazuvchanligini kamaytirish,
sementlash, bitumlash va boshqa usullar ham qo‘lllaniladi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish