Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


  YER  OSTI  SUVLARINING  ZAXIRASI



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

19.5.3.  YER  OSTI  SUVLARINING  ZAXIRASI
Yer  osti  suvlarining  xalq  xo‘jaligining  barcha  tarmoqlari  uchun
nihoyatda  zarurligini  hisobga  olib,  u  yoki  bu  hududlardagi  mavjud
bo‘lgan  yer  osti  suv  konlari va  ularning  zaxiralari  hisoblab  chiqiladi.
Bu  shaharlarni,  sanoat  markazlarini  ichimlik  va  texnik  suvlari  bilan
qay  darajada  ta’minlash  mumkinligini,  ekin  maydonlari  uchun  zarur
bo‘lgan yer osti suv miqdorini oldindan bilish va rejalash ishlarini amalga
oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega.
N. A. Axmedov va A. A. Mavlonovlar ma’lumotlariga ko‘ra (2003-y)
hozirgi kunda respublikamizda 99 ta yer osti suv konlari ochilgan bo‘lib,
ulardan 77 tasi toza ichimlik suvi hisoblanadi. Bu konlardagi umumiy
prognozli suv zaxirasi 66 mln m
3
/sut. Undan 41,6 mln m
3
/sut suvning
minerallashishi 1—5 g/l; 24,4 mln m
3
/sut suvning minerallashishi esa
1 g/l gacha. Umumiy prognoz qilingan suv zaxirasi viloyatlar bo‘yicha
quyidagicha: Farg‘ona vodiysida — 34,5%, Toshkent viloyatida — 25,7%,
Samarqand viloyatida — 18%, Surxondaryo viloyatida — 9%, Qashqa-


2 6 3
daryo viloyatida — 5,5%. Qolgan viloyatlarga — 7% yer osti suv zaxi-
rasi to‘g‘ri keladi, xolos.
Amaliyotda  yer  osti  suvlarining  zaxiralari  uch  guruhga  bo‘linadi:
1. Tabiiy; 2. Ekspluatatsion; 3.Sun’iy suv zaxirasi.
Yer osti suvlarining tabiiy zaxirasi (Q
t
) deganda tog‘ jins qatlamlari
g‘ovak va yoriqlaridagi, ma’lum tabiiy sharoitda harakat qiluvchi, tabiiy
bo‘lmagan omillar ta’sirida o‘zgarmaydigan suv zaxirasi tushuniladi.
Yer osti suvlarining ekspluatatsion zaxirasi (Q
e
) deganda texnik-iqti-
sodiy  jihatdan  ratsional  hisoblangan  usullar  yordamida  suv  chiqarish
inshootlari orqali iste’molchilar talablarini sifat va miqdor jihatdan butun
iste’mol qilish jarayonida qondiradigan suv miqdori tushiniladi.
Yer osti suvlarining sun’iy zaxirasi (Q
s
) maxsus inshootlarga (ma’-
lum miqdordagi yer osti suvlari mavjud bo‘lgan va yana katta miqdor-
dagi suvni yig‘ish mumkin bo‘lgan shag‘altosh, qumlardan iborat bo‘lgan
qatlamlarga)  burg‘i  quduqlari  orqali  va  boshqa  yo‘llar  bilan  yer  usti
suvlari  oqimini  to‘sib  singdirish  va  yer  osti  suvlari  zaxirasini  sun’iy
holatda oziqlantirish (oshirish) orqali vujudga keltiriladi.
Yer osti suvlarining tabiiy zaxirasi statik va dinamik zaxiralarga bo‘li-
nadi. Statik zaxira deganda, suvli qatlamlardagi mavjud bo‘lgan gravi-
tatsion suv hajmi tushunilib, u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Q
st
=m•V,
bu yerda:
m — suvli qatlamning suv chiqarishi (suv beruvchanligi);
V — suvli qatlamning hajmi.
Dinamik zaxira deganda esa, ma’lum vaqt mobaynida suvli qatlam-
ning ko‘ndalang kesim yuzasidan oqib o‘tgan suv sarfi yoki suvli qatlamga
har yili u yoki bu yo‘llar bilan kelib qo‘shiladigan suv miqdori tushuni-
ladi.  Amaliyotda  yer  osti suvlarining  dinamik  zaxirasini,  uni  vujudga
keltiruvchi  omillarni  hisobga  oladigan  qator  aniqlash  usullari  joriy
etilgan. Quyida ulardan ba’zilari keltiriladi (M. E. Altovskiy, A. P. Ko-
roteev, 1962).
1. Atmosfera yog‘inlarini infiltratsiya qilinishini hisobga olish yo‘li
bilan:
Q
d
=10aNF,
bu  yerda  Q
d
  —  har  yili  atmosfera  yog‘inlarini  infiltratsiya  qilinishi
hisobiga to‘ldirilayotgan yer osti suv zaxirasi, m
3
/yil; a — infiltratsiya
koeffitsiyenti (atmosfera yog‘inlarini shimilishga sarf bo‘lgan qismi,%);
N  —  atmosfera  yog‘inlarining  yillik  miqdori,  mm;  F  —  yer  osti
suvlarining oziqlanish (to‘yinish) oblasti,km
2
.
2. Yer osti suv oqimi modulini hisobga olish yo‘li bilan:
Q
d
=VF ,


2 6 4
bu yerda Q
d
 — yer osti suvlarining dinamik zaxirasi, l/s;
V — yer osti suv oqimi moduli, 
2
s.km
l
;
F — yer osti suv oqimi yig‘iladigan maydon, km
2
.
3. Uchta quduqdagi yer osti suv sathlari o‘zgarishini kuzatish nati-
jalari bo‘yicha:
q
d
Wl ,
bu yerda q
d
 — ma’lum en birligiga to‘g‘ri keluvchi yer osti suv oqimi-
ning dinamik zaxirasi, 
s.km
l
;
W — infiltratsiya yo‘li bilan grunt suvining oziqlanish miqdori bo‘lib,
grunt suvi harakat yo‘nalishi bo‘yicha o‘rnatilgan uchta quduqlarda olib
borilgan  kuzatish  natijalari  asosida  G. N. Kamenskiyning  quyidagi
formulasini qo‘llab aniqlanadi (19.15-rasm):
2
2
2
2
1
1
2
2
1
1
2
h
h
h
h
K
l
l
l
l
W











,
bu yerda K — suvli qatlam filtratsiya koeffitsiyenti;
h — o‘rta quduqdagi grunt suvining sath chuqurligi, m;
h
2
 va h
1
 — grunt suvi oqimining yuqori va quyi qismiga joylashgan
quduqlardagi suv sathlarining chuqurligi, m;
l
1
 va l
2
 — o‘rta va qo‘shni quduqlarning oraliq masofalari, m.
Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  yer  osti  suvlarining  tabiiy  zaxirasi
(Q
t
) uchun quyidagi formula hosil qilinadi:
Q
t
Q
s t
Q
d
.
Ekspluatatsion zaxirasini (Q
e
) esa yer osti suvlarini sun’iy (Q
s
) zaxira-
sini hisobga olgan holda quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
Q
e
=K
1
Q
t
K
2
Q
s
.
19.15-rasm.  Grunt  suvlari  miqdorini  infiltratsiya  yo‘li  bilan  oziqlanishini
aniqlash  sxemasi.


2 6 5
Bu yerda: K
1
 va K
2
 — suv yig‘uvchi inshootlarni ishlatishda suv zaxira-
laridan foydalanish darajasini xarakterlaydigan koeffitsiyentlar (Ergashev,
1990).
Shuningdek, N. A. Plotnikov tomonidan yer osti suvlari zaxiralarini
boshqarib turish formulasi ham taklif etilgan bo‘lib, u quyidagi ko‘ri-
nishga ega:
Q
b
= m•W
p
.
Bu yerda: Q
b
 — yer osti suvlarining boshqarib turiladigan zaxirasi;
m — suvli qatlamning suv beruvchanligi;
W
p
 — yer osti suvlari zaxiralarining yuqori va pastki holatlari
orasidagi farqni xarakterlovchi suvli qatlam hajmi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish