Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 YER OSTI SUVLARINING BALANSI



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

19.5. YER OSTI SUVLARINING BALANSI,
REJIMI VA ZAXIRASI
19.5.1.  YER  OSTI  SUVLARINING  BALANSI
Yer osti suvlarining balansi deganda, ma’lum vaqt davomida u yoki
bu hududdagi yer osti suv qatlamlariga tabiiy va texnogen omillar ta’siri
ostida ma’lum miqdordagi suvning oqib kirishi va sarflanish qonuniyatlari
tushuniladi.
Yer osti suv balansining kirish qismini vujudga keltiradigan eng asosiy
omillar quyidagilardan iborat:
1. Yer osti suv balansi o‘rganilayotgan maydonga tushadigan atmos-
fera yog‘inlarining suvli qatlamlarga singishi — A.
2. Suv bug‘larining kondensatsiyalanish, ya’ni quyuqlashishi nati-
jasida hosil bo‘ladigan suvlarning suvli qatlamlarga qo‘shilishi — K.
3. Yer osti suv oqimi — P. Bu oqim o‘z navbatida quyidagilardan
tashkil topadi: P
1
 — yon tomondan oqib kirayotgan suv oqimi;  P
2
 —
yer usti suv  havzalaridan (daryo, ko‘l, suv omborlari,  kanallar va b.)
sizib o‘tayotgan suv oqimi; P
3
 — pastki suv gorizontlaridan ko‘tarila-
yotgan suv oqimi.
Yer osti suvlari balansining sarflanish qismini tashkil qiluvchi omillar:
1.  Yer  osti  suvlarining  yer  sathi  tomon  ko‘tarilishi  jarayonda  yuz
beradigan  hamda  o‘simliklar  barglari  orqali  bo‘ladigan  bug‘lanish
oqibatida sodir bo‘ladigan sarf — U.
2.  Yer  osti  suv  oqimini  ma’lum  yo‘nalishda  harakat  qilishi  C
jarayonida yer yuzasiga oqib chiqishi, yer usti suv manbalariga qo‘shi-
layotgan suv sarfi — C
1.
3. Pastki chuqur suv gorizontlariga (qatlamlariga) sizib kirishi, oqib
o‘tishi jarayonida sodir bo‘ladigan suv sarfi — C
2
.
Yuqoridagilarni  hisobga  olib,  umumiy  yer  osti  (grunt)  suv  oqimi
balansi tenglamasini quyidagicha yozish mumkin (Ergashev, 1990):
P
1
P
2
P
3
C
1
C
2
.
Amaliyotda yer osti suvlari oqim balansini o‘rganish ma’lum balans
maydonlarida olib  boriladi. Bunday holatlarda  tenglama quyidagicha
ifodalanadi:
m D C .
Tenglamlarda: 
DW — vaqt (kun, oy, yillar) mobaynida yer osti suv-
lari  zaxirasining  o‘zgarib  borishi; 
Dh-t  vaqt  davomida  suv  sathining
o‘rtacha  o‘zgarishi; 
m  —  tog‘  jinslarining  suv  chiqarish  koeffitsiyenti
(
Dh manfiy qiymatga ega bo‘lganda) va suvga to‘yinish tanqisligi (Dh
musbat qiymatga ega bo‘lganda).
Yer osti suvlarining sathi ko‘tarilganda 
mDh ning qiymati musbat,
pasayganda manfiy bo‘ladi.
17—M.Sh. Shermatov


2 5 8
M. M. Krilov (1947) O‘zbekistonning sug‘oriladigan maydonlarida-
gi yer osti suvlarini har tomonlama o‘rganib, respublikamizning sug‘ori-
ladigan yerlari uchun quyidagi balans tenglamasini taklif etgan:
1
2
n
k
b
f
f
f
Q Q
W
W
H
xf
K
U










,
bu yerda:
m — gruntlarning suv berish qobiliyati;
DH — yer osti grunt suvlari sathining o‘zgarishi, m;
x
f
 — havo yog‘inining bir qismini grunt suvlari sathiga borib
qo‘shilishi, m;
f
n
 — ekin maydonlariga sug‘orish uchun berilgan suv bir qis-
mining yer osti suv sathiga sizib o‘tishi, m
3
;
f
k
  —  yer  usti  suv  manbalaridan  ma’lum  qism  suvning  yer
osti grunt suvlariga sizib o‘tib qo‘shilishi, m
3
;
f
b
 — yer osti suvlarining buloqlar holatida sarflanishi, m
3
;
W — sug‘orilayotgan massivning maydoni, m
2
;
Q
1
 — maydonga oqib kelayotgan grunt suv oqimi, m
3
;
Q
2
 — maydondan oqib chiqib ketayotgan grunt suv oqimi, m
3
;
K — grunt suvlarining kondensatsiya yo‘li bilan oziqlanishi, m;
U — suvlarning bug‘lanishi (transpiratsiya va b.), m.
Tenglamalardagi yer osti suvlari balansining «kirish» va «sarflanish»
qismlari  oylar,  fasllar,  yillar  mobaynida,  ba’zan  to‘satdan  vujudga
keluvchi tabiiy (atmosfera yog‘inining ko‘p oz bo‘lishi, kuchli yer qimir-
lashlar jarayonida yerning ostki va ustki qismlarida yoriqlar paydo bo‘lishi
va b.) va tabiiy bo‘lmagan (insonlarning injener va xo‘jalik faoliyatlari)
omillar ta’sirida doimo o‘zgarib turadi. Balansning «kirish» qismi oshib
ketsa, zaxlash,  sho‘rlanish, surilish  jarayonlarining rivojlanishiga  olib
keladi. Aksincha, «sarflanish» qismining oshib ketishi yer osti suv sath-
larining pasayib ketishiga, suv usti qatlamlarining deformatsiyalanishiga,
natijada  qator  ikkilamchi  jarayon  va  hodisalarning  vujudga  kelishiga
sababchi bo‘lishi mumkin.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish