4. Alohida va zarrachalar yig‘indisida ekstraksiya sodir bo‘lishi.
Ekstraksiya qilingan mahsulot ichki strukturasining qanchalik to‘liq o‘zgarishiga yoki buzilganligi olinayotgan moyning miqdoriga va jarayonning to‘liqligiga katta ta’sir etadi, chunki ichki strukturasi buzilgan mahsulot zarrachalari sirtida yupqaerkin moy qavati bo‘lib, bu moy eritib ekstraksiya qilib olish nihoyatda osondir, lekin ichki strukturasini buzish maqsadida mahsulotni nihoyatda maydlab yubormaslik kerak, chunki ichki struktura to‘liq buzilgan bo‘lsayu, mahsulot unsimon holatga keltirilgan bo‘lsa, bunday xom ashyoning ekstraksiya benzin bilan xo‘llanishi kiyin va mahsulot orasidan o‘tayogan benzin qarshiligi eng kam bo‘lgan mahsulot qismida o‘tib ketib zichroq bo‘lgan qismda bo‘lmasligi mumkin. Natijada chiqayotgan shrotning moyliligi turlicha bo‘lib qoladi. Shunday ekan ekstraksiya qilingan mahsulotning ichki strukturasi bilan uning tashqi o‘lchamlari o‘rtada o‘zaro muvofiqlik bo‘lishi kerak. Bunday muvofiqlik mahsulot liniyaviy o‘lchamlar bilan quyidagicha belgilanadi.
1.Xom ashyo sifatida forpesslash kunjarasi bilan uning chiziqli o‘lchamlari 5-7 mm, imkoniyat bo‘lsa, 3 4 mm bo‘lishi kerak. Agar gramm holatda bo‘lsa, grammlarning diametri 8-10 mm o‘zunligi 1012 mm atrofida bo‘lishi kerak, bu xolda ham mahsulot tarkibiga unsimon fraksiya 10 % dan olib ketmasligi kerak.
2.Xom ashyo ekstraksiya uchun bargsimon mahsulot holatida berilgan bo‘lsa, bu mahsulot kunjarada olinganda qalinligi 0.5-0.6 mm atrofida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekstraksiya uchun mag‘izdan olingan holatda 0.25-0.3 mm bo‘lishi zarur.
4. Xulosa
Yog‘moy sanoati respublika oziqovqat sanoatining yetakchi tarmoqlaridan Biri. O‘zbekistonda qadimdan kunjut, zig‘ir, indov, maxsar urug‘I, paxta chigiti, poliz Ekinlari urug‘laridan juvozlarda o‘simlik moyi olingan. O‘zbekistonda paxta Chigitidan moy oluvchi dastlabki zavod 1884 yili Qo‘qonda qurilgan. 1913 yili 30 ta Kichik yog‘ zavodlarida 57 ming tonna paxta moyi ishlab chiqarilgan. Hozirda Respublikamizda io‘lash quvvati 3 million tonna moyli o‘simlik urug‘larini qayta Ishlaydigan 19 ta korxona ishlab turibdi. Sanoatning bu tarmog‘ida paxta, soya, raps, Mevadanaklari, hamdasabzavot urug‘laridan moylar olinadi. Atirupa, farmatsevtika Va oziqovqat tarmoqlarida ishlatiladigan moylar, margarin mahsulotlari, mayonez, Kirsovun, atirsovun, texnika maqsadlari uchun boshqa turli mahsulotlar ishlab Chiqariladi. O‘simlik moyi ishlab chiqarishda yiliga o‘rtacha 2,1 mln.tonnadan Ko‘proq paxta chigiti ishlatiladi. Raps, zig‘ir, maxsar urug‘I, shuningdek import Bo‘yicha olinadigan soya dukkagi qayta ishlanadi. Respublika yog‘-moy sanoati oziq-Ovqat sanoati umumiy mahsuloti hajmining 40 % ga yaqinini beradi. Koson, Guliston yog‘ ekstraksiya zavodlari (bir kunda 1200 t. chigitni qayta ishlaydi),
Adabiyotlar ro’yxati
1.Ma’ruzalar matni «Yog‘, moy va don mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasining 15 may 2006 yildagi majlisida muhokama qilingan.
2.Ma’ruzalar matni «Oziq – ovqat mahsulotlari texnologiyasi» fakulteti uslubiy kengashining « 17 » may 2006 yildagi majlisida maqullangan.
3.Ma’ruzalar matni Institut uslubiy kengashining « 23 » iyun 2006 yildagi majlisida tasdiqlangan. Bayonnoma № 5 « 23 » iyun 2006 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |