2.Gidrogenizatsiya jarayon qo‘llaniladigan katalizatorlar. Gidrogenizatsiya quyidagi bosqichlardan iborat:
1)Reaksiyaga kirishuvchi moddalarni katalizator yuzasiga keltiris
2) bu molekulalarni katalizator yuzasida adsorbsiyalash
3) sorbsiyalangan molekulalarining kimyoviy almashinishi va mahsulot hosil bo‘lishi
4)mahsulot molekulalari bog‘larining katalizator yuzasidagi sarfi 5) katalizator yuzasidan ularni ajratish. Katalizator yuzasida 2 xil adsorbsiya yuz beradi:
1) fizikaviy
2) xemosorbsiya (aktivlantirilgan adsorbsiya)
Fizikaviy adsorbsiyada adsorbsiyalangan molekulalar yuza atomlari bilan o‘zaro ta’sir qilmaydi. Molekulalar xususiyati o‘zgarmaydi, biroq molekulalar fazaga mustahkam bog‘langan bo-ladi.
Fizikaviy sorbsiyada molekulalarning desorbsiyasi oson va tez o‘tadi.
Temperatura ko‘tarilishi bilan fizikaviy adsorbsiya kamayadi va tez yo‘qoladi, bu fizikaviy adsorbsiyalangan molekulalar bilan qattiq jism sirtining o‘zaro ta’siri juda ham kuchsiz ekanligini bildiradi. Fizikaviy adsorbsiyadan farqi o‘laroq xemosorbsiya katalizatoning butun yuzasida ro‘y bermay, balki ayrim qismlarida (aktiv markazlarda) yuz beradi. Xemosorbsiyada molekulalar aktivlanadi. Temperatura ko‘tarilishi bilan xemosorbsiya tezlashadi. Xemosorbsiya natijasida adsorbent sirti bilai sorbsiyalangan modda o‘rtasida kimyoviy ta’sir vujudga keladi, natijada xemosorbsion birikma hosil bo‘ladi. Xemosorbsiya tanlash xususiyatiga ega, ya’ni modda va katalizator o‘rtasida kimyoviy muvofiqlik bo‘lishi kerak. Aktiv markazlar to‘g‘risida tushuncha. Katalizator yuzasida turli akgivlikka ega bo‘lgan adsorbsiya markazlari bor Bundan adsorbsion markazlar katalizatorning aktiv markazlari deyiladi. Kristalchlarning qirralari yoki uchlariga moylashgan atomlar kristallarning tomonlari va hajmida joylashgan atomlarga qaraganda energetik jihatdan kam to‘yingan bo‘ladi va ular aktiv markazlarni hosil qiladi. Akademik A.A.Balandin tomonidan rivojlantirilgan katalizning pultillet nazariyasiga ko‘ra, katalizatorning aktiv markazlari kristal tomonlarida joylashgan va ma’lum ravishda joylashgan bir qancha atomlarining yig‘indisidan tuzilgan va adsorbsion markazlar hisoblangan kristall murtaklardan iborat. Ular bir nechta atomlardan tuzilgan, shuning uchun A.A.Balavdin ularni multidlet deb ataydi. Aktiv markazlar tarkibidagi adsorbsion markaz soniga qarab: 2ta adsorbsion markazli dubletlar, 2ta tripletlar, 6ta - sekstetlar va xokazolar tushuniladi.