O‘zbekiston mustaqillik yillarida:
— Foydalanilayotgan suvning umumiy miqdori o‘tgan asrning 80 yillariga nisbatan yiliga 64 mlrd/ m3dan o‘rtacha 51 mlrd/ m3 (o‘rtadagi farq — 13 mlrd. metr kub)gacha kamaytirildi;
— Istiqlolgacha bo‘lgan davrda 1 gektar sug‘oriladigan maydonga 10-11 ming metr kub suv ishlatilgan bo‘lsa, bugun bu ko‘rsatkich 6-7 ming metr kubni tashkil etadi;
— Jami sug‘oriladigan 4,3 mln. gektar yer maydonini suv resurslari bilan ta’minlashda 180 ming km sug‘orish tarmoqlari, 160 ming dona suv xo‘jaligi inshootlari, shu jumladan 800 dan ortiq yirik gidrotexnik inshootlar, umumiy hajmi 19,2 mlrd/m3 bo‘lgan 55 ta suv omborlari, yillik elektr energiyasining umumiy sarfi 8,2 mlrd.kVt quvvatga teng 1614 ta nasos stansiyalari, 4124 ta tik sug‘orish quduqlari faoliyat ko‘rsatmoqda;
— O‘tgan asrning 80-90-yillarida 4,0 mln. gektar umumiy sug‘oriladigan yerlardan 2,0 mln. gektari (50 foizi) da paxta yetishtirilgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 1,2 mln. gektarni yoki jami sug‘oriladigan maydonlarning 30 foizini tashkil etadi;
— Sholi maydonlari 180 ming gektardan 40 ming gektargacha kamaytirildi. Sug‘oriladigan yerlarning boshqa qismini suvni kam talab qiladigan va inson yashashi uchun zarur bo‘lgan boshoqli don, sabzavot-poliz va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari egalladi;
KO’LLAR V SUV OMBORLARINING SUV BALANSI TADQIQOTLARI
Suv ombori — to’g’onlar yordamida suvni yig’ish va saklash uchun quriladigan sun’iy suv havzasi. Kompleks foydalanishga mo’ljallangan Suv ombori xalq xo’jaligidagi bir qancha tarmoqlar (sug’orish, suv ta’minoti, elektr energiyasi, kemachilik, baliqchilik, toshqinlarga qarshi kurashish va boshqalar) ehtiyojini qondiradi. Yil davomida daryo oqimlarining o’zgarib turishi va uning hudud bo’ylab notekis taqsimlanganligi Suv ombori barpo etishga zarurat tug’diradi. Suv ombori oqimni fasllar va yillar bo’yicha tartibga soladi, kanal va boshqa suv o’tkazish inshootlari bilan birga hududlar bo’ylab qayta taqsimlashga imkoniyat yaratadi.
Suv ombori katta xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgani sababli 20-a. oxiriga qadar Yevropa, Osiyo, Afrika, Shim. va Jan. Amerika, Avstraliya va Okeaniyada 130 dan ortiq juda yirik suv omborlari barpo etilgan. Tanzaniyadagi OuyenFols (hajmi 250 km³, suv yuzasi maydoni 69000 km²), Kanadadagi Daniel Jonson (tegishlicha 142, 1940); Rossiyadagi Bratsk (169; 5500) Suv ombori jahondagi eng yirik suv omborlari hisoblanadi.
O’rta Osiyo hududida suv omborlari, asosan, ekinzorlarni sug'orish, energetika va suv ta’minotini yaxshilash uchun quriladi. O’rta Osiyo hududida 75 ta Co. mavjud (2004). Ularning yalpi umumiy hajmi qariyb 50 mlrd. m³. Amudaryo va Sirdaryo havzalarida yirik suv omborlari (To’xtag’ul, Qayroqqum, Chordara, Chorvoq, Norak, Tuyamo’yin va boshqalar) qurilgan (q. jadval). Suv omborlari qurilishi natijasida O’zbekistonda 4,3 mln.ga dan ortiq yerda sug’orma dehqonchilik qilish, suv resurelaridan gidroenergetika va baliqchilik maqsadlarida yanada kengroq foydalanish imkoniyatlari yaratildi.
[[Suv xo’jaligi maqsadlarida barpo etiladigan Suv omborining to’liq hajmi Z qismdan: foydalanib bo’lmaydigan (ishlatilmaydigan), foydali va rezerv (jadal bo’shatiladigan) hajmdan iborat. Foydalanib bo’lmaydigan hajm to’liq hajmning bir qismi bo’lib, normal ish sharoitlarida oqimni tartibga solish uchun ishlatilmaydi; uning balandligi foydalanib bo’lmaydigan sath hajmi deyiladi. Bu satxdan yuqoridagi suv foydali hajm (yoki quyilish prizmasi)ni hosil qiladi. Foydali hajmga mos keladigan suv sathi normal sath deyiladi. Normal satxdan yuqorisi rezerv suv hajmi hisoblanadi, suv tashlagich inshootlari orqali toshqin suvlarini o’tkazib yuborishga xizmat qiladi. So. daryo oqimini mavsumiy va ko’p yillik tartibga soladigan turlarga bo’linadi. Mavsumiy tartibga soladigan Co. aniq yillik to’lish va sarflanish sikliga ega. Oqimni ko’p yillik tartibga soluvchi So. sersuvlik yillarida ortiqcha suvni yig’ib, suv kam bo’lgan yillarda esa yig’ilgan suvdan foydalanishga imkon beradi. O’rta Osiyo hududidagi So. dan sug’orish mavsumida suv foydalanib bo’lmaydigan hajm darajasigacha olinadi. Ko’pincha vegetatsiya davrida mavsumiy tartibga solinadigan Suv omborining foydali hajmi to’la ishlatiladi.
Havzaning joylashishiga qarab daryo o’zanidagi (to’g’on o’zanni va vodiydagi oqimning bir qismini to’sadi) va to’ldiril ad i gan Suv omboriga (o’zandan chetdagi tabiiy yoki sun’iy havzadan foydalaniladi) bo’linadi. Suv omboridagi asosiy inshootlar — to’g’on (suvni to’suvchi), suv chiqargich (suvdan foydalanuvchilarga suv berish) va ehtiyot tashlama (ortiqcha suvni chiqarib yuborishni ta’minlaydi). To’ldiriladigan Suv omborida, bulardan tashqari, havzani chegaralovchi dambalar, suv keltirgich va chiqargich kanallar ham bo’ladi (q. Kattaqo’rg’on suv ombori).
So. ni loyqa bosishi juda xavfli. Ba’zi hollarda loyqa bilan to’lishi sababli Co. butunlay ishdan chiqadi. Loyqa bosish jarayoniga daryoda to’g’on qurilgandan so’ng oqiziqlarshg’t cho’kishi sabab bo’ladi. Oqiziqlarning asosiy manbalari suvdagi loyqa, tuproq, shamol va suv eroziyasi mahsulotlari. O’rta Osiyodagi So. ni juda tez loyqa bosadi. Mac, Qashqadaryoda qurilgan Chimqo’rg’on Co. 20 yilda 60 mln. m³, G’uzordaryodagi Pachkamar So. 9 yilda 17 mln. m³, Janubiy Surxon Suv omborining to’rtdan bir qismi 25 yilda loyqa bilan to’ddi; Sirdaryodagi Uchqo’rg’on Suv ombori hajmi 19 yil davomida 60% ga qisqardi.
Co. ning loyqa bosishiga qarshi kurashda quyidagi choralar qo’llanadi: oqim loyqalanadigan toshqin vaqtida So.da suv sathi pasaytirilib, juda loyqa daryo suvi katta tezlikda o’tkazib yuboriladi; aylanma kanallar barpo etiladi, so’ngra cho’kib qolgan okiziq (pulpa)lar zemsnaryadlar bilan chiqarib tashlanadi, suv yo’lida okiziklarni cho’ktiradigan tindirgichlar quriladi; muallaq oqiziqlar ko’p bo’lgan loyqa oqim to’g’on tagidagi maxsus suv tashlagich orqali chiqarib yuboriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |