Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/148
Sana08.01.2022
Hajmi3,69 Mb.
#332674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148
Bog'liq
fayl 1629 20210826

 
 
 
 


 

1.2.
 
Sinxron generatorlar. Generatorlarning nominal parametrlari. 
Gidrogeneratorlarning tuzilishi 
 
Hozirgi  elektr  stansiyalarida  elektr  energiyasi  hosil  qilish  uchun  uch  fazali 
oʻzgaruvchan  tok  sinxron  generatorlari  ishlatiladi.  Turbogeneratorlar  (birlamchi 
dvigateli  –  bug’  yoki  gaz  turbinasi)  va  gidrogeneratorlar  (birlamchi  dvigateli  - 
gidroturbina) boʻladi. 
Sinxron  elektr  mashinalari  uchun  turg’un  ish  rejimida  agregatning  aylanish 
soni  chastotasi  (ayl/daq)  bilan  tarmoq  chastotasi 

(Gs)  orasida  aniq  muvofiqlik 
bor: 
 
p
f
n


60

(1.1) 
 
bunda 
r
 - generator statori chulg’amlarining juft qutblari soni. 
Bug’ va gaz turbinalari aylanish chastotasi katta (3000 va 1500 ayl/daq) qilib 
chiqariladi,  chunki  shunda  turbogeneratorlar  eng  yuqori  texnik-iqtisodiy 
koʻrsatkichlarga  ega  boʻladi.  Odatdagi  yoqilg’ida  ishlaydigan  issiqlik  elektr 
stansiyalarida  (IEM  larda)  agregatlarning  aylanish  chastotasi  odatda  3000  ayl/daq 
ni  tashkil  etadi,  sinxron  turbogeneratorlarda  esa  ikkita  qutb  boʻladi.  AES  da 
aylanish chastotasi 1500 va 3000 ayl/dak boʻlgan agregatlar ishlatiladi. 
Turbogeneratorlar  tezyurarligi  sababli  uning  konstruksiyasining  oʻziga  xos 
tomonlari boʻladi. Bu generatorlar vali gorizontal joylashadigan qilib tayyorlanadi. 
Turbogeneratorning  katta  mexanik  va  issiqlik  yuklamalarida  ishlovchi  rotori 
magnit hamda mexanik xossalari yuqori boʻlgan maxsus (xrom-nikelli yoki xrom–
nikel-molibdenli) poʻlatdan tayyorlangan yaxlit pokovkadan yasaladi. 
Rotorning qutbi aniq boʻlmaydi. Aylanish chastotasi katta boʻlganligi uchun, 
mexanik  mustahkamlikni  ta’minlash  nuqtayi  nazaridan,  rotorning  diametri  3000 
ayl/daq  uchun  1,1-1,2  m  dan  ortmaydi.  Rotor  qobiqining  uzunligi  ham  ma’lum 
chegaraga  ega  boʻlib,  6-6,5  m  ga  teng  boʻladi.  U  val  statik  egilishining  ruxsat 


 
10 
etiladigan  kattaligi  va  ma’qul  titrash  harakteristikasini  hosil  qilish  shartiga  koʻra 
aniqlanadi.  
Rotorning  asosiy  magnit  oqimi  oʻtadigan  aktiv  qismida  qoʻzg’atish 
chulg’amining  g’altaklari  joylanadigan  pazlar  frezalanadi.  Rotorning  har  ikki 
tomonidan  uning  valiga  mashinadagi  sovituvchi  gazning  aylanib  yurishini 
ta’minlaydigan ventilyator oʻrnatiladi. 
Turbogenerator  statori  korpus  va  oʻzakdan  iborat.  Korpus  payvandlab 
tayyorlanadi,  tashqi  tomonlari  shchitlar  bilan  berkitilib,  boshqa  qismi  bilan 
tutashgan  joylari  zichlanadi.  Stator  oʻzagi  qalinligi  0,5  mm  li  poʻlatdan 
tayyorlangan,  izolyatsiyalangan  listlardan  yig’iladi.  Listlar  paket  koʻrinishida 
yig’ilib, ular orasida ventilyatsiya kanallari qoldiriladi. Oʻzak ichidagi pazlarga uch 
fazali, odatda, ikki qatlamli chulg’am joylanadi. 
Gidravlik  turbinalarning  aylanish  chastotasi,  odatda,  nisbatan  kichik  (60  - 
600  ayl/daq)  boʻladi.  Suv  bosimi  qanchalik  past,  turbina  quvvati  qanchalik  katta 
boʻlsa,  aylanish  chastotasi  shunchalik  kichik  boʻladi.  Gidrogeneratorlar  shu 
sababdan sekin yurar va oʻlchamlari, massasi katta, shuningdek, qutblari soni koʻp 
boʻladi. 
Gidrogeneratorlar  ayon  qutbli  rotorli  qilib  va  vali  asosan  vertikal 
joylashadigan  qilib  tayyorlanadi.  Qudratli  gidrogeneratorlar  rotorlarining  diametri 
14—16 m, stator-larining diametri esa 20—22 m ga yetadi. 
Qutblarda  qoʻzg’atish  chulg’amlaridan  tashqari  dempferlovchi  chulg’am 
ham  joylanadi,  u  qutblar  uchidagi  pazlarga  joylashtiiladigan  va  rotor  chetiga 
tutashtiriladigan  mis  halqa  yordamida  sterjenlardan  hosil  qilinadi.  Bu  chulg’am 
agregat rotorining generator yuklamasining keskin oʻzgarishi bilan bog’liq boʻlgan 
har  qanday  uyg’otilishida  hosil  boʻladigan  tebranishlarni  tinchlantirish  uchun 
xizmat qiladi. 
Turbogeneratorlarda  tinchlantaruvchi  chulg’am  vazifasini  rotorning  massiv 
qobig’i  va  pazlarda  qoʻzg’atish  chulg’amini  berkitib  turuvchi  metall  ponalar 
oʻtaydi. 
Gidrogeneratorning 
statori 
turbogenerator 
statori 
konstruksiyasidan 


 
11 
prinsipial  farq  qilmaydi,  faqat  turbogeneratornikidan  farqli  oʻlaroq,  ajraladigan 
qilib  tayyorlanadi.  U  aylana  boʻylab  teng  ikki  -  olti  qismga  boʻlinadi,  bu  esa  uni 
tashishni va montaj qilishni yengillashtiradi. 
Keyingi yillarda vali gorizontal joylashgan, kapsulli generator deb ataluvchi 
generatorlar ishlatila boshlangan. Bunday generatorlar tashqi qismini turbina orqali 
keladigan  suv  yuvib  oʻtadigan  suv  oʻtmaydigan  qobiq  (kapsula)  ga  joylanadi. 
Kapsulali  generatorlar  bir  necha  oʻnlab  megavolt-amper  quvvatga  moʻljallab 
tayyorlanadi.  Bular  ayon  qutbli  nisbatan  sekin  yurar  (n=60...150  ayl/min) 
hisoblanadi. 
Elektr  stansiyalarida  ishlatiladigan  sinxron  generatorlarning  boshqa  tiplari 
ichida ichki yonuv dizel dvigatellari bilan biriktiriladigan dizel-generatorlarni aytib 
oʻtish lozim. Bular ayon qutbli vali gorizontal joylashgan mashinalardir. Porshenli 
mashina singari dizel ham notekis burovchi momentga ega boʻlganligi uchun dizel-
generator  maxovik  bilan  ta’minlanadi  yoki  uning  rotori  aylanma  momenti  katta 
qilib tayyorlanadi 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish