Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/148
Sana08.01.2022
Hajmi3,69 Mb.
#332674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148
Bog'liq
fayl 1629 20210826

1.
 
Gidroenergetik qurilmalarning
 
asosiy elektr jihozlari. Sinxron 
generatorlar 
1.1.
 
Oʻzbekistonda  elektr  energetikasining  rivojlanish  tarixi.  Elektr  tizimi 
elementlarining nominal kuchlanishi va neytrallarning ish rejimlari 
 
Jamiyatning  taraqqiyoti  undagi  ishlab  chiqarish  darajasi  va  kishilar  hayoti 
uchun zarur moddiy sharoitlarni yaratish bilan belgilanadi. Shu sababli energiyani 
iste’mol  qilish  bundan  keyin  ham  ishlab  chiqarish  darajasining  oʻsishini 
ta’minlagani holda oshib boradi. 
 
Energiyaga boʻlgan talabning uzluksiz ravishda ortib borishi yangi energiya 
resurslarini  qidirib  topish,  energiyani  bir  turdan  boshqa  turga  oʻzgartirishning 
yangi  usullarini  ishlab  chiqish  zaruratini  yaratdi.  Hozirgi  davrda  turli  xil 
energiyalardan  –  Quyosh  energiyasi,  organik  yoqilg’ining  kimiyoviy  energiyasi, 
daryolar, dengizlar va okeanlar suvlarining mexanik energiyasi, shamol energiyasi, 
og’ir yadrolarning parchalanishida hosil boʻluvchi yadro energiyasidan foydalanish 
an’anaviy hisoblanadi. 
 
Bugungi  kunda  erishilgan  yutuqlarni  sifat  jihatidan  yangi  turdagi 
energiyadan,  xususan  elektr  energiyasidan  foydalanmasdan  turib  ta’minlab 
boʻlmas  edi.  Elektr  energiyasi  hozirgi  davrda  insoniyat  taraqqiyotida  keng 
foydalanilmoqda. U sanoatda va qishloq xoʻjaligida turli mexanizmlarni harakatga 
keltirishda,  bevosita  texnologik  jarayonlarda,  transportda  va  madaniy-maishiy 
hayotda  keng  qoʻllaniladi.  Zamonaviy  aloqa  vositalari  –  telefon,  telegraf,  radio, 
televediniya  kabilarning  ishlashi  ham  elektr  energiyasidan  foydalanishga 
asoslangan. Elektr energiyasisiz kibernetika, hisoblash texnikasi, kosmik texnikasi 
kabilarni  rivojlantirish  mumkin  boʻlmas  edi.  Elektr  energiyaning  asosiy  samarali 
xususiyati  shundan  iboratki,  u  uzoq  masofaga  oson  uzatilishi  bilan  bir  qatorda  u 
kam  isrof  bilan  boshqa  turdagi  energiyalarga  oʻzgartirilishi  mumkin.  Elektr 
energiyasi  hozirgi  davrda  insonlar  tomonidan  eng  koʻp  foydalaniladigan  energiya 
turidir. 
 
Yuqoridagi  sabablarga  koʻra  elektr  energetikasining  taraqqiyotiga  butun 


 

jahonda, shu jumladan bizning mamlakatimizda juda katta e’tibor qaratilgan. 
Oʻzbekiston  energetikasining  taraqqiyoti  uzoq  va  mashaqqatli  yoʻlni  bosib 
oʻtgan.  1917  yilga  kelib  Respublika  hududidagi  elektr  stansiyalarning  umumiy 
quvvati  3  ming  kVt  ni  tashkil  qilib,  ularda  bir  yilda  3,3  mln.  kVt.soat  elektr 
energiyasi  ishlab  chiqarilgan  boʻlsa,  hozirgi  davrda  oʻrnatilgan  uskunalar 
quvvatlarining  yig’indisi  11,0  mln.  kVt  boʻlgani  holda  37  issiqlik  va  gidroelektr 
stansiyalarini  oʻz  ichiga  olgan  Oʻzbekiston  energetika  tizimida  har  yili  50  mlrd. 
KVt.soatdan  ortiq  elektr  energiyasi  ishlab  chiqarilib,  iste’molchilarga  uzatiladi. 
Elektr  energetika  tizimining  asosini  Sirdaryo  (3.0  mln.  kVt),  Toshkent  (1.86  mln. 
kVt), Yangi-Angren (1,8 mln. kVt) va Navoiy (1,25 mln. kVt) singari yirik issiqlik 
elektr stansiyalari tashkil etadi. Ushbu elektr stansiyalarda birlik quvvati 150 – 300 
ming kVt boʻlgan 30 dan ortiq energetika agregatlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 
Hozirgi  davrda  Navoiy  issiqlik  elektr  stansiyasi  (IES)da  2  ta  yuqori  darajadagi 
energetik samaradorlikka ega boʻlgan bug’-gaz qurilmasi ishga tushilib, foydalanib 
kelinmoqda.  Yaqin  kelajakda  Tollimarjon  IES  va  Toshkent  IES  kabi  bir  qator 
stansiyalarda ham bunday qurilmalarni oʻrnatish rejalashtirilgan. 
Gidroelektr energetikasi hozirgi davrda bir nechta unchalik katta boʻlmagan 
quvvatli  GES  kaskadlari  bilan  belgilanadi.  Bulardan  Oʻrta-Chirchiq  GESlar 
kaskadi  tarkibiga  kirib,  suv  omborlariga  ega  boʻlgan  600  ming  kVt  quvvatli 
Chorvoq  va  165  ming  kVt  quvvatli  Hojikent  GESlari  asosan  quvvat  balansini 
rostlovchi  stansiyalar  sifatida  faoliyat  koʻrsatadi.  Qolgan  GESlarning  ish  holatlari 
esa havzadan oqib oʻtuvchi suv miqdori bilan belgilanadi. 
Koʻp  miqdorda  ishlab  chiqariluvchi  elektr  energiyani  masofaga  samarali 
uzatish  va  iste’molchilarga  taqsimlash  turli  kuchlanishdagi  elektr  uzatish 
liniyalaridan 
foydalanishni 
taqozo 
etadi. 
Hozirgi 
davrda 
Oʻzbekiston 
Respublikasidagi barcha nominal kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining umumiy 
uzunligi taxminan 220 ming km boʻlib, 500 kV kuchlanishli liniyalar 1,8 ming km, 
220 kV kuchlanishli liniyalar 4,6 ming km va 0,4-10 kV kuchlanishli liniyalar 170 
ming km ni tashkil etadi. 
 
Elektr  va  issiqlik  energiyani  ishlab  chiqarish,  uzatish,  taqsimlash  va  ularni 


 

iste’mol  qilishni  samarali  tashkil  etish  uchun  barcha  elektr  stansiyalari, 
podstansiyalari  va  elektr  uzatish  liniyalarini  oʻz  ichiga  olgan  yagona  elektr 
energetika  tizimi  tashkil  etilgan.  Bunday  ulkan  tizimning  zamonaviy  talablarga 
javob  beruvchi  samarali  taraqqiyoti  va  faoliyatini  ta’minlash  mos  loyihalash, 
montaj  qilish,  ishga  tushirish,  sozlash  va  ishlatish  faoliyati  bilan  shug’ullanuvchi 
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab borishni taqozo etadi. 
 
Ma’lumki,  texnikada  seriyali  ishlab  chiqarish  imkoniyatiga  ega  boʻlmoqlik 
uchun uskunalarni standartlash, ya’ni ularni katta-kichiklik, massa, tok, kuchlanish 
yoki boshqa parametrlari boʻyicha bir necha turga boʻlib, ishlab chiqarish kerak.  
Elektr  tizimda  past  (220-660  V),    oʻrta  (3-35kV),    yuqori  (110-220kV)  va 
oʻta yuqori (330-1150 kV) kuchlanishli tarmoqlari mavjud. 
Nominal 
kuchlanish. 
Elektr 
tizimining 
uskunalari 
(generatorlar, 
transformatorlar,  liniyalar  va  boshqalar)  moʻljallangan  nominal  kuchlanish  bilan 
harakterlanadi. 
Elektr energiya iste’molchilari va generatorlarning nominal kuchlanshi deb, 
ularni normal sharoitda ishlashi uchun moʻljallangan kuchlanshiga aytiladi. 
Iste’molchilarning  yuklamalari  har  doim  oʻzgarib  turganligi  tufayli 
tarmoqning kuchlanishi har bir nuqtada nominal qiymatdan og’ib turadi. 
Ammo,  50  Gs  li  uch  fazali  tok  tizimida  kuchlanish  nominal  qiymatidan 
og’ishi standart boʻyicha ± 5% dan katta boʻlmasligi kerak.  

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish