Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


 Operativ tok manbalari. Oʻzgaruvchan va oʻzgarmas operativ tok



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/148
Sana08.01.2022
Hajmi3,69 Mb.
#332674
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   148
Bog'liq
fayl 1629 20210826

5.9. Operativ tok manbalari. Oʻzgaruvchan va oʻzgarmas operativ tok 
sxemalari 
Operativ tok zanjirining vazifasi 
 
Vazifalari va umumiy talablar 
Operativ  tok  deb  oʻchirgichni  masofali  boshqarishni  ta’minlovchi  zanjirni, 
rele  himoyasining  operativ  zanjirini,  avtomatika,  telemexanika  va  axborotlarni 
qabul qiladigan uskunalarni ta’minlaydigan tokka aytiladi. 
Operativ  zanjirlar  himoya 
elementlarini,  shikastlangan 
liniya  va 
qurilmalarni,  oʻchiradigan  uskunalarni  tok  bilan  ta’minlashi  juda  muhimdir. 
Shuning uchun operativ tokka qator haqli va muhim talablar qoʻyiladi.  
Podstansiyalarda operativ tokning quyidagi manbalari ishlatiladi: 
-  Akkumulyator  batareyalari  (AB)  dan  ta’minlanuvchi  oʻzgarmas    operativ 
tok manbai; 
-  Himoyalanayotgan  qurilmaning  zanjiriga  ulangan  TT,  TH,  oʻz  ehtiyoji 
transformatorlari va zaryadlangan kondensatorlardan ta’minlanuvchi oʻzgaruvchan 
operativ tok manbai; 
-  operativ  zanjirlarni  ta’minlash  bloki  yoki  qurilmalarining  toʻg’rilagichlari 
yordamida toʻg’rilangan (oʻzgarmas) tokka aylantirilgan oʻzgaruvchan tok manbai. 
Operativ tok tizimlari: 
-bog’liq  boʻlgan  ta’minlash,  ya’ni  operativ  zanjirlarni  ta’minlash  tizimi 
nazorat qilinayotgan elektr qurilmaning ish rejimiga bog’liq; 
-bog’liq  boʻlmagan  ta’minlash,  ya’ni  operativ  zanjirlarni  ta’minlash  tizimi 
nazorat qilinayotgan elektr qurilmaning ish rejimiga bog’liq boʻlmagan guruhlarga 
boʻlinadi. 
Operativ oʻzgarmas tok. 
Oʻzgarmas  operativ  tok  manbai  sifatida  kuchlanishi  110-220  V,  kichik 
nimstansiyalarda  esa  24-48  V  boʻlgan  va  hamma  operativ  zanjirlarni  markaziy 
ta’minlovchi  akkumulyator  batareyalari  ishlatiladi.  Ishonchlilikni  oshirish  uchun 
oʻzgarmas tok liniyalari bir necha qismlarga boʻlinib, har biri alohida batareyaning 


 
146 
ishlash tizimiga ulanadi. (5.28-rasm) 
Himoya  zanjirlari,  oʻchirish  chulg’amlari  asosiy  qism  boʻlib  hisoblanadi  va 
ular boshqarish shinasi (BSh) dan ta’minlanadilar. 
Qoʻshish  shinasi  (QSh)  dan  ta’minlanuvchi  ulash  chulg’amining  zanjiri 
ikkinchi  qism  boʻlib  hisoblanadi.  Bu  QSh  400-500  A  tok  qabul  qiluvchi  moyli 
oʻchirgichlarning oʻchiruvchi va ulovchi chulg’amlarini ta’minlaydi. 
Uchinchi  qismga  kamroq  javobgarlikka  ega  boʻlgan  xabar  (signal) 
shinasidan (XSh) ta’minlanuvchi xabarchilar kiradi. 
Operativ tokning boshqa ta’minlanuvchilari (avariya  vaqtidagi  yoritish,  oʻz 
ehtiyoj motorlari va h.k.) alohida liniyadan tok iste’mol qiladilar. 
Operativ  zanjirlarni  qisqa  tutashuv  tokidan  himoya  qilish  uchun  saqlagich 
yoki  maxsus  avtomatlar  (tokning  oshishiga  ta’sir  javob  beruvchi)  ishlatiladi. 
Saqlagichlarning  ishga  yaroqligi  nazorat  relelari  (RYA)  bilan  kuzatiladi  (9.1-
rasm).  shina  XSh  oʻchirgich  holatini  koʻrsatuvchi  xabar  lampalarini  ulashga 
moʻljallangan. 
 Batareya doimiy zaryadlanish rejimida aniq ishlaydi. 
Oʻzgarmas  tok  shiti  kuch  shinasi  (KSh)  va  boshqarish  shinasidan  iborat. 
BSh  ning  108  ta  elementdan  iborat  akkumulyator  batareyalari  "+"  va  "-" 
shinalardan tashkil topadi. Elementlar soni 108 dan koʻp boʻlganda ular oshirilgan 
kuchlanishli "-" shinaga ulanadilar. 
 BSh doimiy zaryadlanish rejimida 108 ta batareya elementlariga ulanadi. 
 
5.28-rasm. Himoyani operativ zanjirini (boshqarish, qoʻshish, xabar berish 
zanjirlari) oʻzgarmas tok bilan ta’minlashning prinsipial chizmasi 


 
147 
Boshqaruvchi  (ballast)  qarshilik  РР  asosiy  (pq100,  108)  va  qoʻshimcha 
(pq120,128,  140)  elementlarni  bir  xil  zaryadlanish,  zaryad  ostida  boʻlish  va 
razryadlanishini  ta’minlaydi.  Ballast  qarshilik  sifatida  РЗВ-41  (40  A,  4,5  kVt  va 
100  qarshilik  va  yuritmali)  qoʻzg’atishni  boshqargich  (regulyator  vozbujdeniya) 
qoʻllaniladi. 
Akkumulyator batareyalari hohlagan vaqtda etarli qiymatdagi kuchlanish va 
quvvat  bilan  operativ  tok  zanjirlarini  ta’minlab  tura  oladilar  va  bunda  asosiy 
tarmoqqa  hech  qanday  bog’liqlik  yoʻq.  Shuning  uchun  ular  eng  ishonchli 
manbalardan hisoblanadi. 
Lekin  bu  akkumulyator  batareyalari  qimmat,  ularni  zaryadlash  uchun 
maxsus  qurilmalar  kerak,  maxsus  joy  va  malakali  xizmat  talab  etiladi.  Bundan 
tashqari markazlashgan ta’minot boʻlganligi sababli zanjirlarda murakkab, uzun va 
qimmatbaxo tok uzatuvchi simlar ishlatiladi. 
Shuning  uchun  keyingi  paytda  oʻzgaruvchan  operativ  tok  manbalari  keng 
qoʻllanilmoqda.

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish