Oqava suvlarni tozalash uchun ishlatiladigan tindirgichlar
Oqava suvlarni tindirishdan asosiy maqsad undagi osilma moddalarni ushlab qolish va
cho’kma hosil qilishdir.
Cho’kma xo’jalik chiqindi suvlarini tindirish yo’li bilan ajratib olinadi.Cho’kmalar nordon
reaksiya beruvchi, tez chiriydigan, noxush hid tarqatadigan moddadir. U o’z tarkibida ko’p
miqdorda patogen kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar va gelmint tuxumlarini ushlaydi.
O’simlik va hayvonlarning organik moddalari yangi cho’kmalarda o’zining hujayra
tuzilishini saqlaydi va namlikni ushlaydi, shuning uchun ham cho’kmaning qurishiga halal beradi.
Sanitariya xodimlarining vazifasi chiqindi suv tarkibidagi cho’kmani zararsiz holatga
keltirish bo’lib qoldi. Cho’kmada achish jarayonining bo’lishi uning salbiy xususiyatlari
yo’qolishiga sabab bo’ladi. Bunda uning colloid tuzilishi parchalanadi, namligi yo’qolib, hajmi
ancha kamayadi, noxush hidlar ham kamayadi. Nordon reaksiya ishqorli reaksiyaga o’tadi, patogen
mikroorganizmlar va gelmint tuxumlari o’ladi.
Sanitariya xodimlarining vazifasi cho’kmaning achishi uchun sharoit yaratishdir.
Chiqindi suvlarni tindirishga mo’ljallangan hovuzlar ikki guruhga bo’linadi:
• faqat osilma moddalarni tindirishga mo’ljallangan tindirgichlar;
• osilma moddalarni ushlashga va cho’kmani qayta ishlashga mo’ljallangan tindirgichlar.
Birinchi guruhga gorizontal, tik, radial tindirgichlarni kiritish mumkin. Bularning hammasi
ish jarayonini pasaytirib, undagi osilma moddalarni cho’ktiradi.
Gorizontal tindirgichlarning tagi qiya bo’lib, bir tomoni chuqurroq qilib quriladi, chunki
suvdagi cho’kmalar qiya tomonga qarab harakatlanadi. Cho’kma bo’shliqda yig’ilganda suv
harakati natijasida loyqalanib ketmaydi. Tindirgichning chuqurligi 1,5-2 metr, unda suv harakati
sekundiga 7 mm.ga pasayadi.
Tik tindirgichlar. Bu tindirgichlar konus shaklida tuzilgan bo’lib, chiqindi suvlar unga
markaziy qaytargichli trubalardan kirib, tindirgichni to’ldiradi. Qaytargichlarning asosiy vazifasi
suv harakati tezligini pasaytirish, suv harakatini hamma tomonga tindirgich kengligi bo’ylab
tarqatishdir. Suv harakati tezligi sekundiga 0,7 mm.ga teng. Tindirgichning chuqurligi 7-9 metr
bo’lib, eni 10 metr. Ikkala tindirgichda ham suvning tindirilish vaqti 1,5 soatga teng.
Cho’kmalar trubalar orqali chiqariladi. Trubalar tindirgichning tag tomoniga o’rnatilgan
bo’lib, nasos bilan yoki suyuqlik ostidagi bosim ta’sirida tortib olinadi, cho’kma esa trubalar
yordamida metantenk inshootiga yuboriladi.
Radial tindirgichlar chiqindi suvlar hajmi sutkasiga 20000 m
3
.ga yetganda tavsiya qilinadi.
Bunday tindirgichlar suv tarkibida osilma moddalar ko’payganda uni cho’ktirishga mo’ljallangan.
Radial tindirgichlar doira shaklida bo’lib, tag tomoni markazga qiya qilib qurilgan. U diametri 16-
40 metr, chuqurligi o’rtacha 2-2,5 metr bo’lgan hovuz. Cho’kmalar markazga qarab kuraklar bilan
quriladi va moslamalar yordamida nasos bilan tortib olinadi. Suvning harakat tezligi sekundiga 7
mm.ga teng, suvning tindirgichda bo’lish vaqti 1,5 soat.
Ikkinchi guruhdagi tindirgichlarga septik va ikki yarusli tindirgichlar kiradi. Bunday
tindirgichlarda cho’kmalarning achish jarayoni oxiriga yetadi, chunki u katta hajmli bo’ladi. Ikkala
tindirgichda osilma moddalarning cho’kishi gorizontal tindirgichlarnikiga o’xshash bo’ladi, lekin
tindirgichlarning tuzilishi, qurilishi unda achish jarayonining borishi turlicha.
Do'stlaringiz bilan baham: |