Suv ostida biron ishni bajarish masalan ko’priklar uchun tayanch qurish cho’kkan
kemalarni ko’zdan kechirish va suv tagidan ko’tarish, kemalar tagidagi yoriqlarni payvandlash
paytlarida g’ovvoslar yordamga keladi. Ular suv ostida, ko’p hollarda ancha chuqruliklarda qanday
qilib uzoq muddat qollib ishlay oladilar? Axir u yerda nafas olish uchun havo yo’q, buning ustiga
suv ostidagi bosim atmosfera bosimiga nisbatan ancha balandsuvga qancga chuqurlashishi sari
inson bosimi yanada oshganligini ham his etadi. G’avvoslar suvosti ishlarini bajarish uchun suv
o’tmaydigan matorlardan tikilgan maxsusu kostyumlar kiyishadi. Bu kostyumning eng asosiy qismi
shlem (suv o’tkazmaydigan qalpoqdir) shlemda illyuminator bor. Shlemga uzun rezinka turbka
tutashtirilgan bo’lib, u orqali g’ovvosga havo keladi. G’avvos oyoqlariga maxsusu g’ovvoslik
kalishlarini kiyadi. Kalishning uciga misdan qoplama qilingan. Tovonlari esa suv ostida yengil
harakatlanish uchun qo’rg’oshindan yasalgan. Chunki bu qo’shimcha yuklarsiz g’ovvosning vazni
bilan unga ta’sir qiladigan suvning itaruvchi kuchi o’rtasidagi farq kamayib g’avvos suv ostida
yengil harakatlanish uchun qo’rg’oshindan yasalgan. Chnki bu qo’shimcha yuklarsiz g’ovvosining
vazni bilan unga ta’sir qiladigan suvning itaruvchi kuchi o’rtasidagi farq kamayib, g’ovvos suv
ostida o’zini turg’un sezmaydi.
Lekin uncha chuqur bo’lmagan suvlik joylarda maxsusu kastyumsiz ham ishlash mumkin. Buning
uchun havoning o’zi ham yetrali yordamchidir.
Siz bo’sh stakanni to’ntarilgan holda suvli idishga bostiring. Uning ichiga deyarli suvg kirmasligini
o’z ko’zingiz bilan ko’rasiz. Sababi shuki stakan ichida havo bor va u bosim beradi.
Agar juda katta stakan yasalib (albatta, shishadan emas balki pishiq mustahkam qotishmadan) unga
insonni joylashtirib suv ostiga tushirish mumkin. Bunday stakanda inson xuddi uyda o’tirganday
bemalol o’tiradi. Odamlar bu xildagi stakanlarni chindan ham yaratishgan. Ularni g’ovvoslik
qo’n’g’iroqlari va kessonlar yaramaydi chunki suvda qqanchalik chuqurlashsa qo’ng’iroq qalpog’i
va kesson ichidagi havoning bosimi yanada balandlashadi. Baland bosim sharoitida kessonlarda
doimiy ishlagan g’ovvoslarda “kessonlikdardi” paydo bo’lib, bu uning sog’lig’iga jiddiy zarar
yetkazadi.