BILASIZMI…
Plankton nima?
“Plankton” so’zi yunoncha bo’lib, “darbadar”, “suvda qalqib yuruvchi” degan ma’nolarni
anglatadi. Plankton bu milliardlab jimitday tirik organizmlardan tarkib topgan, suvda suzib
yuruvchi tirik massa.
Bunday organizmlarning ayrimlari, masalan zarraday yashil o’simliklar hamisha
planktonligicha qoladi. Boshqa jonivorlar, masalan baliqlar, omarlar (dengiz qisqichbaqalari)
embrion rivojlanishi bosqichida planktondan iorat bo’ladi. Ba’zan planktonlar tarkibiga kattaroq
meduzlar yoki oddiy mikroskoplarda ko’rib bo’lmaydigan moddalar kirib qoladi. Biroq plankton
oqim bilan birga yashashi mumkin.
Planktonning eng kichik organizmlari bir hujayrali o’simliklar, mikroskopda ko’rinadigan
suv o’tlaridir. Mana shunday rang- barang suv o’tlaridan birining nomi diatom yoki kremniy
deyiladi. Ikki litr suvda ularning bir millionga yaqinini ko’rishingiz mumkin.
Planktonlarning hayot tarsi ancha g’alati ulardan birining nomi noksimon (kopepod
“eshakoyoqli chig’anoqcha” degani) kopepoddir. Kopepod mitti panjalarini eshak eshayotganday
ildam harakatlantirib juda chaqqon suzadi. Eng mitti kopepodning uzunligi kamida 13 mm keladi.
Turli-tuman yosh mollyuskalar ham planktondan iborat. Ular sho’r suvda yashydigan
krevetkalar, krablar, omarlar va dengiz o’rdaklari, (chig’anoqsimonlar turi) shuningdek chuchuk
suvda yashydigan langustlar va dengiz burgalaridir. Bu mollyuskalarning lichinkalari yoki endi
rivojlanayotganlari juda mayday bo’lib, faqat mikoroskopda ko’rinadi va rivojlanishining ayni
bosqichida mustaqil harakatlana olmaydilar shu bois ular boshqa planktonlar bilan birga ko’chib
yuradi.
Boshqa mallyuskalar masalan shilliqurt va midiyalar ham o’zlarini shu tarzda tutadi. Ular
rivojlanishining ilk bosqichida planktonlar a’zosi sanaladi. Plankton o’zida hashorotlar tuxumi va
ko’pgina baliqlarning lichinkalarini biriktiradi.
Toza suvda planktonlar tarkibiga ko’pincha rivojlanayotgan hashorotlar kiradi. Bir kunlik,
pashshalar, ninachilar, dengiz qo’ng’izlari va boshqa turli hashorotlar tuxumlarini suvga qo’yadi.
Lichinkalar tuxumdan yorib chiqqanda plankton o’simliklari bilan oziqlanib yashaydi.
Bular plankton tarkibiga kiruvchilarning bir qismi, xolos. Ko’ryapsizmi, ular tarkibiga
qanchalab hayvon va o’simliklar kiradi, shuning uchun ham ularni o’rganish qiziqarlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |