O’rganilgan suv havzalarida minimal harorat qishda (1+1,5º) suv yuzasida kuzatiladi. Suv yuzasining 30-
40 sm. qalinligi muz bilan qoplanadi. Suvning maksimal harorati yoz faslida (26-32º) sholipoyalarda +35º (39º)
gacha ko’tariladi.
Ko’pchilik sun’iy suv havzalarining suvi chuchuk ularning tuzligi 118-1270 mg/l atrofida o’zgarib turadi.
Zovur kollektorlarda suv tuzligi 7765-116021 mg/l gacha yetadi. Suvdagi tuzda sulfat, xlor, kalsiy, magniy natriy
kaliy ionlari ko’p uchraydi. Suvning permaganat oksidlanishi sug’orish kanallarida 0,6 balqichilik hovuzlarida esa
60 mgO
2
/l gacha borsa biologic hovuzlarda 2500 mgO
2
/l ga yetadi. Suvning BPK
5
0,88-11 biohovuzlarda 1072
mgO
2
/l. Suvning aktiv ko’rsatkichi pH±6,7-8,3 ayrim hollarda pH=11 gacha ko’tarilib suv ishqor muhitga o’tadi.
Suvning erigan kislorodga to’yinishi 73- 175% o’g’itlangan baliqchilik hovuzlarida 255-260 bilogik hovuzlarda esa
3005 dan yuqori to’yingan bo’ladi.
Suniy suv havzalarining har birini o’ziga xos morfologiya gidrologiya va gidroximiyasi va o’simlik hamda
hayvonlarning tarkibi miqdori rivojlanish tarqalish kabi xususiyatlari bor.
Sug’orish kanallarining gidrofitosenozlari
Ma’limki turli suv havzalarida uchraydigan gidrobiontlarning rivojlanishi va tarqalishi suv havzasining
xarakteriga bog’liqdir. Ya’ni uning morfometriyasi gidrologik rejimi suvining tuzlar miqdori suining chuqurligi
oqishi termik va gazlar rejimi kabi ekologik omillarning ta’siriga bog’liqdir.
Turkistom kanallarida uchraydigan suvo’tlar asosan fitobentosga xosdir. Bentosga xos suvo’tlar suv
chetlaridagi betonlar toshlar loy- loyqa suv tegib turadigan suv inshootlari o’simliklar uchrayi. Planktonga xos turlar
juda kam bunga suv tiniqligining pastligi oqimning tezligi sababdir.
Sug’orish kanallarida uchraydigan suvo’tlar ichida diatom ko’k- yashil suvo’tlar guruhlarining vakillari
ko’plab uchraydi. Uchragan turlar turli tabiiy zonalar iqlimlardagi suv havzalarida topilgan tur va tur vakillari bilan
ham umumiyligi bordir.
Suvo’tlarning turlar tarkibi sug’orish kanallarining uzunligi bo’yicha o’zgarib turadi. Masalan tog’
daryolaridan boshlanadigan kanallarning (Bozsuv, Hazarbog’, Katta Farg’ona) boshlanishida va etak qismida ham
uchraydigan turlar tarkibi va soni bir-biridan farqlanadi. Kanalni boshlanish va etak qismi uchun umumiy turlar soni
10-12% dan ortmaydi. Rivojlanayotgan turlarning 50-60% i kanlani boshiga yoki etak qismiga xosdir. Maslan, tog’
daryolaridan suv oladigan kanallar planktonida sovuq daryo suvlariga xos suvo’tlarning turlari; Ulothrix zonata,
Hydrurus foetidus, Diatoma hiemale, Ceratonies arcus, Stigeoclonium lubricum, Phomidum incrustatum,
Eucoccneis flexella kabilar uchraydi. Ular kanallarning etak qismida yoki tekislik daryolaridan suv oladigan
kanallarda kuzatilmaydi faqat qish faslida kamdan-kam uchraydi.
Tekislik mintaqasida joylashgan daryolardan boshlanadigan kanallarni boshlanish va etak qismida
uchragan suvo’tlar turlarining umumiyligi 30-40% ga yetadi. Uchragan turlarni ancha qismi (25-30%) kanalga suv
beruvchi daryolar florasi uchun ham xos ham umumiydir. Tekislik mintaqsida joylashgan kanallarning (Janubiy
Mirzacho’l, O’rta Osiyo, Katta Chu boshlanish qismlarining chetlari katta katta toshlar bilan qoplangan yoki
betonlangan. Ularning usti ipsimon yashil suvo’tlar yoki yupqa plyonkalar bilan qoplangan. Shunday joylarda qsih
faslida Ulothrix zonata, Uaequalis, Stigeoclonium lubricum, Hydrurus foetidus, Diatoma hiemale, Phormidium
uncinatum kabi turlar rivojlanadi. Ammo ular yoz faslida kanallarning o’rta va etak qismidan umuman kanallarning
boshlanish qismidan ham yo’qolib ketadilar. Bunga suv haroratining 18- 22º gacha ko’tarilishi sabab bo’ladi.
Bundan tashqari kanallarning etak qismlari chetlarining loy tuproqligi suvo’tlarning yopishib o’sishiga imkon
bermaydi. Loy tuproq bilan suvo’tlar ham yuvilib ketadi. Yoki kanallar uvidagi loyqa uni chetlariga cho’kadi.
Suvo’tlar iplari yoki hujayralarini loy-qum bosib qoladi. Shu ikki sababga ko’ra kanallarda fitobentos yaxshi
rivojlangan emas.
Yoz fasli oxiri va kuzning boshida bahorning o’rtalarigacha O’rta Osiyoning ko’pchilik sug’orish
kanallarida suv to’xtaydi, kanallar qurib qoladi. Katta magistral kanallarda esa suvning sathi pasayadi. Suvning
pasayishi bilan kanal chetlarida suvo’tlarning iplari, plyonkalari yaxshi rivojlanadi. Kanallar tubida to’planib qolgan
ko’lmak suvlarda suvo’tlar ko’p uchraydi. Ularni ko’k-yashillar, diatomlar va ayrim ipsimon yashil suvo’tlar tashkil
qiladilar. Kanallar tubidagi ko’lmak suvlarning qurib qolishi bilan u yerda uchraydigan suvo’tlarning plyonkalari,
ipsimon yashil suvo’tlar ham qurib qoladi, ammo kanallarga suv kelishi bilan ular tezda rivojlanadilar, suv
to’lqinlari bilan bir joydan ikkinchi joyga oqib ketadilar. Betonli kanallarning loyqa to’planib, suv ko’lmaklari hosil
bo’lgan joylarida ipsimon yashil suvo’tlardan
Do'stlaringiz bilan baham: